O'zb  
 
21.12.2017

QIRGIZISTON DELEGATSIYASI SAMARQANDDA

Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi raisi D.Jumabekov boshchiligidagi delegatsiya 20 dekabr kuni Samarqand shahrida boldi.

Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida bolib, Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Buyuk Yurtboshimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Majmuada amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, mahobatli maqbara, milliy uslubdagi ayvon va boshqa inshootlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Qirgiziston delegatsiyasi vakillari buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Ulugbek rasadxonasi va boshqa tarixiy obidalarda boldi. Mehmonlarga osori-atiqalar tarixi va viloyatda keyingi yillarda olib borilgan bunyodkorlik-obodonchilik ishlari haqida hikoya qilindi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: