O'zb  
 
21.12.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI XITOY DAVLAT KENGASHI AZOSI, MUDOFAA VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni mamlakatimizga tashrif bilan kelgan XXR Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Chan Vansyuanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, turli darajadagi aloqalar faollashib, samarali hamkorlik mustahkamlanayotgani mamlakatlarimiz ortasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari jadal suratlarda izchil rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan takidladi.

Joriy yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuv va imzolangan shartnomalarni amalga oshirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari korib chiqildi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xitoy Davlat kengashi azosi, mudofaa vaziri Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Chan Vansyuan Ozbekiston Qurolli Kuchlari salohiyati va mudofaa qobiliyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Xitoy tomoni bu sohada ozaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: