O'zb  
 
19.12.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV JANOBI OLIYLARIGA

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif davomida menga va Qirgiziston delegatsiyasiga korsatilgan ehtirom va mehmondostlik uchun chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Mening tashrifim joriy yilda mamlakatlarimiz ortasida yanada mustahkamlangan oliy darajadagi ishonchli muloqotning mantiqiy davomi boldi.

Ozaro anglashuv va ishonch muhitida otgan muzokaralardan goyat mamnunman.

Qirgiziston bilan Ozbekistonning xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik dostlik aloqalari, yaxshi qoshnichilik va qardoshlik munosabatlariga asoslangan strategik sherikligini yanada mustahkamlash boyicha erishilgan kelishuvlardan juda xursandman.

Yolovchi transporti qatnovini qayta tiklash, tranzit tashishlarni ta’minlash va transport yolaklari ochish, shuningdek, eksport-import aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qoshma rejalarning hayotga tatbiq etilishi oddiy fuqarolar turmush farovonligini oshirish hamda ozaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishiga ishonchim komil.

Oylaymanki, Qirgiziston — Ozbekiston davlat chegaralarining qolgan qismini delimitatsiya qilish ishlari ozaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida faol suratda davom etadi.

Sizning diplomatiyada yangi ananalarga asos solayotganingiz, davlatlararo ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda nostandart va samarali yondashuvlarni namoyon qilayotganingiz tahsinga sazovor. Siz nafaqat Qirgiziston va Ozbekiston, balki butun mintaqa mamlakatlari ortasidagi hamkorlikka ijobiy surat bagishladingiz.

Qirgiziston Sizning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish togrisidagi tashabbusingizni toliq qollab-quvvatlaydi. Biz bu tashabbusni amalga oshirish yolida barcha say-harakatlarimizni ishga solamiz.

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Ortamizda dostlik va birodarlik munosabatlari qaror topganidan goyat mamnunman.

Sizning tashrif davomida bir necha bor yangragan «dardingizni oz dardimiz, galabangizni oz galabamiz sifatida qabul qilamiz», degan sozlaringiz qirgiz xalqiga ezgu munosabatingiz ifodasi bolib, qalbimdan chuqur joy oldi.

Sizga mustahkam soglik, baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, Ozbekiston xalqiga tinchlik va taraqqiyot tilayman.

Hurmat bilan,

Sooronbay JEENBEKOV,

Qirgiziston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: