O'zb  
 
19.12.2017

VAZIFALAR IJROSI QORAQALPOGISTON RIVOJIGA YANGI SURAT BAGISHLAMOQDA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-16 dekabr kunlari Qoraqalpogiston Respublikasida boldi.

Davlatimiz rahbari 16 dekabr kuni Nukus shahrida barpo etilgan Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyurdi.

«Bu yer hali zor boladi», Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting, Kongil kongildan suv ichar, Qoraqalpoqni kop maqtama kozimcha, Bir odamni bir odam... Ibroyim Yusupov qalamiga mansub bu satrlar xalqimiz konglidan chuqur joy olgan, dunyoning onlab tillariga tarjima qilingan.

Mustaqillik yillarida shoir ijodi munosib qadrlandi. Uning she’r va publitsistik asarlari kop ming nusxada chop etildi. I.Yusupov El-yurt hurmati, Dostlik ordenlari bilan taqdirlandi. 2004 yil unga Ozbekiston Qahramoni unvoni berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 21 yanvar kuni Nukus shahrida Qoraqalpogiston va Ozbekiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi maktab bunyod etish, maktab oldida shoir haykalini ornatish, bosmaxona tashkil qilish boyicha topshiriqlar bergan edi.

Shunga muvofiq, Nukusda uch qavatli zamonaviy maktab barpo etildi. Ibroyim Yusupov haykali ornatilgan joy ijodkorlar, yoshlar uchun yana bir xiyobonga aylandi. Maktab qoshida kitob tarjima qilish va chop etish markazi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari maktabda oqituvchi va oquvchilar, qoraqalpogistonlik adiblar bilan uchrashdi. Maktab oquvchilari Ibroyim Yusupov sherlaridan oqib berdi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerni manaviyat maskaniga aylantirish, atoqli shoir va yozuvchilarimiz ijodini xalqimizga va butun dunyoga keng targib etish zarurligini takidladi. Buning uchun mamlakatimizda tashkil etilgan Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf nomidagi maktablar bilan mustahkam aloqa ornatish, ular ortasida ijodiy tanlovlar otkazish kerak. Jamiyatda kitobsevarlik muhitini shakllantirish, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bolgan qiziqishi har tomonlama ragbatlantirilishi lozim.

Prezidentimiz maktab-internatda yaratilgan sharoitlarni kozdan kechirdi. Maktab jamoasiga avtobus sovga qilish boyicha korsatma berdi.

Nukus shahrida ish boshlagan Samsung zavodiga kiraverishda tosh lavhaga shunday sozlar yozilgan: Ushbu maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish zavodi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 21 yanvardagi Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifi davomidagi tashabbusi asosida barpo qilindi. 2017 yil 14 oktabrda zavod dastlabki mahsulotini ishlab chiqardi.

Sobiq Nukus Remmash masuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qoshimcha binolar qurish hisobiga barpo etilgan zavodda televizorning tort va changyutgichning on uch turi ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu zavodni borib kordi. Ishlab chiqarish jarayonini kozdan kechirdi, mahsulotlar sifati va kolami bilan qiziqdi.

Bugun Samsung brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari kirib bormagan xonadon bolmasa kerak. 200 dan ortiq kishi bandligi taminlangan yangi korxona eng songgi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan.

Bugun mamlakatimizda maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish hajmi oshdi. Aholining bu boradagi talabi qondirilmoqda. Endi bu sohada eksport hajmini oshiradigan vaqt keldi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilda Qoraqalpogiston Respublikasida qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Birgina Ozeltexsanoat AK tomonidan umumiy qiymati 27,5 milliard somlik 12 loyiha hayotga tatbiq qilindi.

Prezidentimizga Ozeltexsanoat AK tomonidan kelgusida Qoraqalpogiston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdim qilindi. Loyihalar yarimavtomat kir yuvish mashinalari, elektr shkaflar va suv isitish moslamalari, isitish moslamalari va radiatorlar, energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarish, maishiy texnika vositalarini sotish va texnik xizmat korsatish kabi yonalishlarni qamrab olgan.

Mamlakatimizning boshqa shaharlari qatori Nukus shahri qiyofasi ham yildan-yilga gozallashib, zamonaviy turar joylar, istirohat boglari, sport majmualari bunyod etilmoqda.

Davlatimiz rahbari Nukusda yangidan qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Sportning erkin va yunon-rum kurashi, ogir atletika, dzyudo, taekvondo, boks, qilichbozlik, badiiy gimnastika singari 11 turi bilan shugullanish imkoniyati yaratilgan yangi sport majmuasini bunyod etish uchun 15 milliard somlikka yaqin qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy sport jihozlari bilan taminlangan 7 sport zali, yotoqxona, oshxona, mashgulotlar uchun suniy qoplamali sport maydonchalarida 700 dan ziyod ogil-qiz sport bilan muntazam shugullanishi mumkin.

Takidlash joizki, ushbu sport kompleksi yuqorida qayd etilgan sport turlari boyicha Qoraqalpogiston terma jamoalari oquv-yigin mashguloti otkazadigan bazaga aylantiriladi. Majmua oquv-yigin mashgulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlari boyicha mamlakatimizda yagona hisoblanadi.

Prezidentimiz yosh sportchilar bilan muloqot qildi.

Avvalambor shunday zamonaviy sport inshooti bilan sizlarni tabriklayman, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu maskanda sport bilan shugullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishish kerak.

Davlatimiz rahbari majmuada Qoraqalpogiston sport murabbiylarining malakasini oshirish markazini tashkil etish boyicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Prezidentimiz nomidan ogir atletika boyicha nufuzli turnirlar sovrindori Rustam Jangaboyevga uy, dzyudochi Elyor Masharipovga Malibu avtomobili, qilichbozlik boyicha xalqaro turnirlar sovrindori Zaynab Dayibekovaga Nexia mashinasi berildi. Yosh sportchilarga esdalik sovgalari topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Nukus shahar bosh rejasi asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Nukusning bosh rejasi shaharni 2035 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma va aholi turar joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng kolamli bunyodkorlik loyihalarini qamrab olgan.

Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifi chogida Nukusning Yernazar Olakoz kochasini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish boyicha taklif va tavsiyalar bergan edi. Rejaga kora, ushbu markaziy kocha kengaytirilib, transport harakati uchun yanada keng qulaylik yaratish, yol boyida kop qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari qurish belgilangandi.

Ayni paytda bu yerda zamonaviy loyihalar asosida 5 qavatli 30 turar joy binosi qurib bitkazilmoqda. Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan ushbu uylarda zamonaviy qulayliklar yaratiladi. Uylar 2018 yilda foydalanishga topshiriladi. Kelasi yili ushbu kochada yana 20 uy quriladi.

Shaharning Abdambetov kochasida ham arzonlashtirilgan uylardan iborat turar joy massivi barpo etilmoqda. Joriy yilda qurilgan kop qavatli 7 uy shu kunlarda oz egalariga topshirilmoqda.

Massivda zamonaviy mahalla markazi, xizmat korsatish shoxobchalari, Gozallik saloni, mini-bank, bolalar oyin maydonchalari barpo etiladi, hudud obodonlashtiriladi.

Davlatimiz rahbari aholining arzonlashtirilgan uy-joylarga qiziqishi ortib borayotganini inobatga olib, kelgusi yili bu yerda yana 15 kop qavatli uy qurish boyicha topshiriq berdi.

Shu yerda Prezidentimizning Sergeli tumaniga tashrifi chogida bergan korsatmalari asosida kop qavatli uylarning 1-qavatida bolalar bogchasi va oilaviy poliklinikani joylashtirish boyicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimoti ham otkazildi.

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy shaharsozlikning ilgor yechimlarini ozida mujassamlashtiradigan, aholiga har tomonlama qulaylik yaratadigan ushbu uylarning afzalligiga etibor qaratdi, loyihani takomillashtirish, kop farzandli oilalar va keksalarga qoshimcha sharoitlar yaratish kerakligini takidladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali shifoxonasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va rekonstruksiya ishlari, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining yangi bosh oquv binosini qurish, Dian-plast masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yumshoq yuk konteynerlari, polietilen qoplar va sumkalar ishlab chiqarish loyihalari ham muhokama qilinib, bu borada topshiriq va korsatmalar berildi.

Prezidentimiz Nukus shahridagi Imom eshon Muhammad jome masjidida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpogistonga qilgan tashrifi davomida Nukus shahridagi Imom eshon Muhammad jome masjidida bolib, bu yerda imom-xatiblar malakasini oshirish oquv markazi, yotoqxona, kutubxona barpo etish, masjid hududini obodonlashtirish va atrofiga devor qurish, novvoyxona tashkil qilish, hovuz, favvora va boshqa qulayliklar yaratish boyicha korsatmalar bergan edi.

Bu yerda otgan 11 oy davomida keng kolamli qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Masjid mamuriy binosining birinchi qavatida Ozbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogistondagi vakilligi idorasi joylashgan bolib, uning barcha xonalari qayta tamirdan chiqarildi. Ikkinchi qavatida axborot-resurs markazi, kutubxonalar tashkil etildi. Issiq pol qurildi, eshiklari yangisiga almashtirildi. Namoz oqiydigan maskan rekonstruksiya qilinib, gumbaz qayta ishlandi. Masjid yonida minora, hovuz, novvoyxona, avtomobillar uchun toxtash joyi va boshqa qulayliklar bunyod etildi. Manzarali daraxt va gullar ekildi.

Shuningdek, masjid yonida imom-xatiblar malakasini oshirish oquv markazi tashkil etilib, zamonaviy jihozlar bilan taminlandi.

Prezidentimiz nuroniylar va imom-xatiblar bilan suhbatlashdi.

Buyuk ajdodlarimiz hayoti va manaviy merosini chuqur organish uchun barcha sharoitni yaratamiz. Aholi ziyorat qilib, chinakam manaviy ozuqa oladigan bunday manaviy-marifiy maskanlarni yanada obod qilib, kelajak avlodlar uchun saqlashimiz kerak, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Bugun Qoraqalpogistonda hayot butunlay ozgarmoqda. Barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullar yangicha chiroy ochmoqda, zamonaviy korxonalar, talim, tibbiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy sohaning boshqa maskanlari, kommunikatsiya tarmoqlari barpo etilmoqda. Bu esa Qoraqalpogiston Respublikasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan orni tobora ortib borayotganidan dalolatdir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: