O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.12.2017

INSON SHANI, QADR-QIMMATI MUQADDASDIR

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Prezident ma’ruzasi xalqimiz tomonidan katta qiziqish hamda hayajon bilan kutib olindi, qaysi sohada faoliyat yuritishimizdan qati nazar, ishimizni yaxshilashga, yangi marralar sari dadil qadam tashlashga undadi. Maruzada ochiq aytilgan otkir muammolar, ilgari surilgan goyalar va vazifalar ahamiyati haqida partiyamiz faollari, deputatlar, turli soha vakillarining fikr-mulohazalari kelishi davom etmoqda.

Elbek TURGUNBOYEV, Jinoyat ishlari boyicha Chilonzor tuman sudi sudyasi:

— Maruzada sud-huquq sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga alohida etibor qaratildi. Tizimdagi ozgarishlarning tub mohiyati sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bu yil sudlarning 30 foizdan ortigi sayyor korinishda bolib otmoqda. Huquqbuzarlikka yol qoygan shaxsning ozi yashayotgan mahalla, ishlaydigan jamoasi oldida sud qilinishi jazoning tarbiyaviy ahamiyatini oshiryapti.

Tan olish kerakki, huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga ham yol qoyilgan. Jinoyat ishlarini tergov qilish, korib chiqish jarayonida, jumladan, dalillar toplash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda qonuniylik hamda xolislikni taminlashga tosqinlik qiluvchi boshliqlar bor edi. Bu esa fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga salbiy tasir korsatib kelardi. Aholining asosli etirozlariga, huquqni muhofaza qilish organlari hamda sudlarga bolgan ishonchning pasayishiga sabab bolayotgandi. Prezidentimizning 30 noyabr kuni qabul qilingan «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi farmoni bu kamchiliklarni bartaraf etishga katta hissa qoshadi, deb ishonaman.

Ayrim hollarda, tergov, surishtiruv jarayonlarida ayblanuvchiga, uning yaqinlariga nisbatan tazyiq otkazilgani, zorlik ishlatilgani achchiq haqiqat. Sudlar mazkur vajlarni tekshirish jarayonida aniq dalilga ega bolmas, bazan holatga u qadar etibor berilmas edi. Endilikda shunday etiroz bildirilsa, sudlar ularni tekshirib korishi, hatto ekspertiza tayinlashi zarur. Qonun buzilishi va ruxsat etilmagan uslublar, yani qiynoqqa solish, ruhiy va jismoniy tazyiq, boshqa shafqatsiz, gayriinsoniy, qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlariga yol qoygan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi hamda olingan korsatmalar nomaqbul hisoblanadi.

Bundan buyon himoyachi korilayotgan ish boyicha dalillarni toplash va taqdim etish huquqiga ega bolib, ular jinoyat ishi materiallariga qoshiladi. Surishtiruv, dastlabki tergov otkazish va uni sudda korib chiqish vaqtida majburiy tekshiriladi hamda baholanadi. Ushbu tartib sud majlisida protsessual qonunchilikda belgilangan tortishuvchanlik tamoyili amalda ishlashini taminlaydi. Himoyachi taqdim etgan dalillar sud qarorida inobatga olinadi.

Sud majlislari jarayonida stenografiya yuritilishi, Elektron jinoyat ishi tizimi joriy etilishi, tergov va hisobxonalarda doimiy videokuzatuv moslamalari ornatilishi fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishi kafolatini mustahkamlaydi.

Olim RAVSHANOV, Ozbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi:

Maruzada xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda taminlash boyicha olib borilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Ijtimoiy adolat tamoyilini taminlash, yordamga muhtoj kishilar, nogironligi bolgan shaxslarning tolaqonli hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish masalalariga alohida urgu berilgani esa partiyamiz tashkilotlari va deputatlik birlashmalari zimmasiga katta masuliyat yuklaydi.

Maruzani gazeta orqali oqir ekanman, shu vaqtga qadar amalga oshirgan ishlarimizni koz oldimdan otkazdim. Togri, ijobiy natijalarimiz oz emas. Ammo hozirgi qoyilayotgan talab bugun kechagidan, ertaga bugungidan kora yaxshiroq va samaraliroq ishlashni talab etyapti.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qollab-quvvatlash, malakali tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish, kasbga oqitish, bandlikni taminlash masalalarida oldimizda keng kolamli vazifalar turibdi.

Prezidentimizning Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilinganiga hali kop vaqt bolgani yoq. Uning amaldagi ijrosi ustidan hozirdan tizimli ravishda monitoring yuritishimiz kerak. Nogironligi bolgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish ularga faqatgina moddiy yordam korsatishdan iborat, desak, xato boladi. Chunki ularda barcha bilan bir xil huquq va majburiyatlar bor. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlaridan tolaqonli foydalanishi, ozini jamiyatimizning faol azosi sifatida his etishi uchun tosiqsiz muhit yaratilishi zarur.

Togri, biron ijtimoiy masala yuzasidan deputatlik nazorati ornatish zarurligi haqida kop gapiriladi. Lekin bu ishni aynan qanday qilib amalga oshirish kerak, degan savol har doim ochiq qolib ketadi. Bu katta kamchilik va uni bartaraf etishimiz kerak.

Shuning uchun partiya xodimlari va deputatlarning malakasini oshirish, bilim va konikmalarini mustahkamlash maqsadida partiya tashkilotlari hamda mahalliy Kengashlar hamkorligida maxsus oquvlar tashkil etilyapti.

Nogironligi bolgan shaxslar uchun qulay sharoit yaratish masalalari boyicha masul rahbarlar hisobotini eshitish, partiya guruhlarimizning mahalliy Kengashlar sessiyalarida faol ishtirokini taminlash biz uchun dolzarb masalalardan biridir.

Shuningdek, sessiya qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati ornatish ishlarini yanada jonlantirish suv va havodek zarur. Aks holda, mahalliy vakillik hokimiyati tomonidan qabul qilingan qarorlar, meyoriy-huquqiy hujjatlar inson manfaatlariga emas, qogoz qoralash uchun xizmat qilgan bolib qoladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: