O'zb  
 
14.12.2017

200 DAN ORTIQ SHAXS OILASI BAGRIGA QAYTADI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish togrisida»gi farmoni xalqimizga xos insonparvarlik, kechirimlilik va bagrikenglik kabi yuksak fazilatlarning amaldagi ifodasi boldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 29 sentabrda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo otayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoyish qabul qilingan edi. Farmoyishga muvofiq, joylarda huquq-tartibot idoralari va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boyicha komissiya bilan hamkorlikda mahkumlar bilan yakka tartibda suhbat otkazdi. Bu jarayonda mahkum sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, jinoyat tufayli yetkazilgan zarar qoplanganiga alohida ahamiyat berildi. Oz qilmishidan chin kongildan pushaymonligi, yoshi, sogligi, oilaviy ahvoli hamda yengillashtiruvchi boshqa omillarga e’tibor qaratildi. Jabrlanganlar va jamoatchilikning, mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlari organildi.

Surxondaryo viloyatida ham shu asosda yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasidan ijobiy tavsif berilgan, qilmishidan chin dildan pushaymon bolib, togri yolga qaytgan 200 dan ortiq shaxsning oilasi bagriga qaytishi uchun qulay imkoniyat berildi. Jamiyatimizda yuz berayotgan ozgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bolishi uchun keng sharoit yaratildi.

Ushbu hujjat bilan mamlakatimiz tarixida ilk marta afv etilayotgan mahkumlarning jamiyatda oz ornini qayta topishi uchun har tomonlama komaklashishga alohida hozirlik korildi.

— Jazoni ijro etish muassasalarida tuzalish yoliga otib, qilmishining qonunlarimizga nomuvofiqligini chuqur anglab yetgan shaxslarni kechirish, ularga jamiyatning faol azosiga aylanishga komaklashish yuksak fazilatga aylangan, deydi Surxondaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligi, podpolkovnik I.Xalilov. Viloyatda jazoni ijro etish muassasalaridan afv etilayotgan shaxslarni profilaktik hisobga qoyish, konikma markazi tomonidan moddiy yordam korsatish, ularni tibbiy korikdan otkazish, bandligini taminlash va boshqa masalalar boyicha zarur vazifalar belgilab olingan. Salomatligidan shikoyat qilgan yoki biron kasallik aniqlangan shaxslarning davolanishiga, fuqarolik pasportini yoqotgan bolsa, uni qayta olishiga, shu kabi boshqa hayotiy masalalarda muammoga duch kelganlarga yaqindan komaklashiladi. Londa qilib aytganda, ularning barchasi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-manaviy qollab-quvvatlanib, jamiyatda oz ornini topishiga yordam beriladi. Bu yurtimizda inson hayoti, qadr-qimmati, shani, erkinligi va boshqa huquqlari oliy qadriyat ekanining yaqqol tasdigidir.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.