O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
14.12.2017

2018 YIL UCHUN MOLJALLANGAN

Byudjet loyihasi muhokama qilindi va takliflar berildi

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2018 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining loyihasi» togrisidagi masala muhokama etildi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari — moliya vaziri J.Qochqorov ma’ruza qildi.

Byudjet loyihasi Ozbekiston XDP fraksiyasining majlisida ham atroflicha korib chiqildi.

Kelgusi yil uchun moljallanayotgan asosiy makroiqtisodiy korsatkichlar prognozi, soliq va byudjet siyosatining muhim yonalishlari qanday?

Byudjet loyihasida makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, yuqori iqtisodiy osish suratlariga erishish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholi turmush darajasini oshirish boyicha rejalar belgilangan. Unga kora, 2018 yilda byudjet daromadlari 62,2 trillion somni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,4 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetiga tushumlar yalpi ichki mahsulotning nominal osishiga mos ravishda 25,9 foizga ortadi.

OzXDP fraksiyasi azolari 2018 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining loyihasini partiya dasturiy maqsadlari va Saylovoldi platformasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, atroflicha muhokama qildi. Takidlandiki, Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yonalishlarga asosan shakllantirilgan bosh moliyaviy hujjat loyihasida islohotlar tizimliligi va samaradorligini davom ettirish nazarda tutilgan.

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Fraksiyamiz loyihada xarajatlarning ijtimoiy yonaltirilganligi saqlab qolingan holda, Davlat byudjeti muvozanati taminlanishi partiyamiz elektorati manfaatlariga tola mos kelishini alohida etirof etadi. Shu bilan birga, arzon uy-joylar qurish boyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy himoyalashning manzilliligi va davlat tomonidan qollab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan tamoyilni hayotda aks ettirish boyicha aniq mexanizm ishlab chiqish, bu borada mufassal hisob yuritish orqali kozlangan natijaga erishish mumkin.

2018 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish xaqi, pensiya va nafaqalar, stipendiyalar miqdorini inflatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshirish davom ettirilishi kozda tutilgan. Natijada aholining real daromadlari osishi, turmush darajasi va xarid qobiliyati yanada oshishiga erishiladi.

Kelgusi yilda talim xarajatlari joriy yilga nisbatan 22,9 foizga osishi rejalashtirilgan. Ushbu mablaglar 260 maktabgacha talim muassasasini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 157 muassasani mukammal tamirlash hamda jihozlash, maktabgacha talim muassasalarini joriy saqlash, oliy talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yonaltiriladi. Bu esa talim sifatiga ozining ijobiy tasirini korsatishi shubhasiz.

Aytish kerakki, Davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga, talim, sogliqni saqlash tizimi xodimlarini qollab-quvvatlashga etibor qaratilmoqda. Barcha tumanlarga xalq talimi va sogliqni saqlash sohasiga ish haqi hamda ajratma tolash uchun byudjet transfertlari berilishi soha vakillarining oylik ish haqlari oz vaqtida tolanishida muhim ahamiyatga ega. Xususan, ijtimoiy xarajatlarning kelasi yil uchun 55,8 foiz etib belgilanishi mamlakat aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bunyod ESHONQULOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

2018 yilda sogliqni saqlash xarajatlari 9,6 trillion somni tashkil etib, joriy yilga nisbatan 30,9 foizga osishi kutilyapti. Bu tizimni isloh etish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlarni moliyalashtirish imkonini beradi. Tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, oilaviy poliklinikalarni dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan taminlash, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga 915,4 milliard som (2017 yilga nisbatan 2,5 barobar kop) mablag yonaltirish kozda tutilgan. Bu sogliqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Fraksiyamiz aholi xonadonlarini davlat kadastridan otkazish boyicha belgilanayotgan narxlarni yanada oydinlashtirish kerak, deb hisoblaydi. Aholining ehtiyojmand qatlami turmush darajasini inobatga olgan holda, ular uchun qoshimcha imtiyozlar kiritilishi maqsadga muvofiq boladi.

Muhokamalar jarayonida mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, hududlarda ijtimoiy islohotlar kolamini oshirish boyicha izchil choralar korish kozda tutilayotgani takidlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov sozga chiqdi.

Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining sozga chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining loyihasini, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlarini qollab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.