O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
14.12.2017

YER RESURSLARI, GEODEZIYA VA KADASTR SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 13 dekabr kuni yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi rahbarlarining soha faoliyatini takomillashtirish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Ma’lumki, yer va kochmas mulk kadastri ishlarini yaxshilash maqsadida joriy yilda «Ergeodezkadastr» davlat qomitasi tarkibiy tuzilmasi va faoliyat yonalishlari qaytadan tasdiqlandi.

Qomitaning asosiy faoliyat yonalishlari etib yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati boyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taminlash, yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish boyicha davlat dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, kochmas mulk obyektlarining elektron malumotlar bazasini takomillashtirish va doimiy yangilab borish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda, davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar korsatish belgilandi.

Qomita qoshida Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgarmasi tashkil etildi. Qomita rahbariyati butunlay yangilandi. Qomita tizimiga qoshimcha 937 shtat birligi berildi va moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.

Jumladan, davlat qomitasi organlari tizimiga qoshimcha ravishda kiritilayotgan shtat birliklarini saqlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun joriy yil Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 45 milliard somdan ziyod mablag sarflanishi belgilangan.

Takidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi qarori bilan 2016-2017 yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bolgan kochmas mulk obyektlari yalpi xatlovdan otkazildi.

Bunda mamlakatimizdagi barcha 8 ming 901 mahallada xatlov ishlari yakunlandi. 6 million 190 mingdan ziyod kochmas mulk obyekti xatlovdan otkazildi. Xususan, 5,8 million turar joy obyekti, 267 ming 963 noturar joy obyekti, 38 ming 373 dala hovlida xatlov ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kungacha Davlat soliq qomitasiga real vaqt rejimida 6 million 30 mingdan ortiq (97 foiz) kochmas mulk obyekti togrisidagi kadastr malumotlari taqdim etildi.

Qomita tizimi idoralari tomonidan fuqarolarga hamda tadbirkorlik subyektlariga korsatilayotgan davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qollash orqali 7 davlat xizmati interaktiv usulga otkazildi.

Uchuvchisiz uchish apparatlarini iqtisodiyotning real sektorida samarali qollash orqali joylarda yer nazorati, qishloq xojaligi ekinlari ekilishi va boshqa agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishini taminlash maqsadida kvadrokopterlar olib kelindi.

Yigilishda Ergeodezkadastr davlat qomitasi rahbariyatida yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, tasirchan nazoratni taminlashda tashabbus yetishmayotgani qattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, sohada hal etilishi talab qilinayotgan koplab muammolar borligi qayd etildi.

Jumladan, joriy yilda agrotexnik tadbirlar bajarilishi va shartnomada kozda tutilgan ekinlarni toliq ekish ustidan tizimli monitoring ornatilmagani oqibatida 833 fermer 13 ming gektarga paxta va galla ekish boyicha shartnomaviy majburiyatini bajarmagani korsatib otildi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Bosh vazir orinbosari Z.Mirzayevga yerdan samarali foydalanish, fermerlar tomonidan tuzilgan shartnomalar ijrosini qatiy taminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Yigilishda davlat kadastr xizmati tomonidan 2016-2017 yillarda kochmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan otkazib, aniqlangan hujjatsiz mol-mulkni royxatga qoyish ishlari ham toliq yakunlanmagani alohida qayd etildi.

Xususan, xatlovda 1 million 100 mingta uy-joyning hujjati 15 yildan ortiq vaqt mobaynida rasmiylashtirilmagani, 145 mingta kochmas mulk obyektidan 15 yildan kam muddat mobaynida hech qanday hujjatsiz foydalanib kelingani, shuningdek, noqonuniy egallangan 8,5 ming gektar yerda va muhofaza zonalarida 67 mingta obyekt qurilgani aniqlangan.

Biroq kadastr xizmati organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan ushbu obyektlarning kadastr hujjatini tayyorlash, ular boyicha mulk huquqini rasmiylashtirish, ozboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan obyektlarni buzish yoki ularga egalik huquqini berish ishlari toliq yakunlamagani qatiy korsatib otildi. Jumladan, 15 yildan ortiq vaqt foydalanib kelingan 1,1 millionta uy-joydan 751 mingtasi yoki 68 foizi boyicha kadastr hujjatlari tayyorlangani, ushbu ishlar nazoratdan chetda qolgani takidlab otildi.

Shundan kelib chiqib Bosh vazir orinbosari Z.Mirzayev, Ergeodezkadastr davlat qomitasi raisi A.Abdullayevga hududiy hokimliklar bilan birga kadastr hujjati yoq uy-joy va yerlarni toliq royxatga olish, ozboshimchalik bilan egallangan yer va qurilgan uylar masalasini hal etish boyicha qaror, dastur va jadval ishlab chiqib, amalga oshirish topshirigi berildi.

Sohaga axborot kommunikatsiyalarini, jumladan, kochmas mulk hisobini yuritish boyicha yagona axborot tizimini joriy qilish, soliq organlari bilan kunlik axborot almashinuv ishlarida sustkashlikka yol qoyilgan.

Davlat soliq qomitasi raisi B.Parpiyevga xatlovga kora aniqlangan hujjatsiz uy-joy va yerlarni kadastr organlarida royxatga qoyish, ular boyicha kadastr va soliq organlaridagi malumotlar bazasi toliq bolishi va yangilanib borishini taminlash uchun Ergeodezkadastr qomitasi bilan hamkorlikda ish olib borish vazifasi yuklatildi.

Yer va mulkni royxatga olish tartibini takomillashtirish zarurligiga yigilishda alohida urgu berildi. Xususan, Jahon banki elon qilgan reytingda Ozbekiston mulkni royxatga olish korsatkichi boyicha 73-orinda ekanligiga etibor qaratildi.

Shuning uchun, Ergeodezkadastr davlat qomitasi raisi A.Abdullayevga bir oy muddatda kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni yagona darcha orqali avtomatlashgan tarzda amalga oshirish, bu borada soliq va notarius idoralari bilan malumotlar almashinuvini yolga qoyish yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Shuningdek, qishloq xojaligi yerlarini va ekish ishlari nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ni xarid qilish ishlarini yakunlash, bunday apparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni yolga qoyish maqsadida innovatsion markaz tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: