O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.12.2017

YUKSAK ETIROFDAN BOSHIMIZ KOKKA YETDI

Ra’no VALIYEVA, Qiziltepa tumanidagi «Valiobod» fermer xo‘jaligi rahbari, El-yurt hurmati ordeni sohibi, OzXDP faoli:

— Tuman hokimligidan qongiroq qilib, Toshkentga, bayram tadbiriga borishimni aytishganida, juda hayajonlandim. Mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan Qishloq xojaligi xodimlari kuni bayramida ishtirok etish, Prezident bilan uchrashib, yangi rejalar haqida suhbatlashish men uchun yuksak baxt edi...

Poyoniga yetayotgan 2017 yil men uchun omadli boldi. Chunki mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasida El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan edim. Konstitutsiyamizning 25 yillik tantanasida ushbu yuksak mukofotni Prezidentimizning ozlaridan qabul qilib olganim hayotimdagi eng baxtli onlardan biri boldi.

Menday oddiy bir ayolga korsatilgan bunday etibor qalbimni quvonchga toldirdi. Osha ondagi hayajonimni soz bilan tariflash qiyin.

1976 yildan buyon qishloq xojaligining turli tarmoqlarida faoliyat yuritdim. 10 yildan ortiq mexanizator bolib ishladim. 1999 yilda Qiziltepa tumanining Ortachol hududida 78 gektar yer olib, Valiobod fermer xojaligini tashkil etdim. Kopchilik tasarrufimizdagi yerdan yaxshi hosil olishimizga ishonmagan edi. Lekin biz astoydil mehnat qildik. Yildan-yilga daromadimiz oshib, ishimiz yaxshilanib bordi. Hozir fermer xojaligimizning umumiy maydoni 125 gektarni tashkil etadi. 100 dan ziyod tovuq, 30 dan ortiq qoramolimiz bor. Bu yil 31 gektar yerda 120 tonna paxta, 52 gektar maydonda 300 tonnadan ortiq galla yetishtirib, shartnomaviy rejani ortigi bilan bajardik. Galladan boshagan maydonlarga mosh, sabzi, sholgom, kunjut ekib, mol hosil oldik. Daromadimiz ikki barobar oshdi.

Prezidentimizning Qishloq xojaligi xodimlari kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan vazifalar, ilgari surilgan goyalar barcha dehqon va fermerlarni yanada ruhlantirdi. Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi. Togrisi, oddiy dehqonga berilgan bunday yuksak tarif, yuksak etirofdan boshimiz osmonga yetdi.

Prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashriflari chogida paxtachilikda mutlaqo yangi uslubni joriy qilamiz, degan edilar. Shu asosda tumanimizda paxtani yetishtirishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bolgan bosqichni oz ichiga qamrab olgan klaster usuliga otildi. Quvonarlisi, bu istiqbolli tajribani keng yoyish maqsadida mamlakatimizdagi ottizdan ziyod yengil sanoat korxonasiga tort yuz ming gektardan ortiq paxta maydoni biriktirilishi takidlandi. Bunday imkoniyat fermerning daromadini yanada oshiradi.

Biz fermer xojaligimizning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda bozor yukini yengil qilish uchun kelgusida asalarichilik va baliqchilikni yolga qoymoqchimiz. Nasib etsa, bu rejalarni tez fursatda amalga oshiramiz. Har bir qarich yerdan unumli foydalanib, ekin maydonlarining chet qismlariga makkajoxori, qovoq va kungaboqar ekish orqali qoshimcha daromad olyapmiz.

Biz, fermerlar xalqimiz dasturxoni tokinligi, farovon hayotimiz uchun bor kuch-gayratimizni ishga solamiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Ilhom SATTOROV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: