O'zb  
 
12.12.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2017 yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ozbekiston Respublikasining 2018 yilga moljallangan asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasiga bagishlangan kengaytirilgan majlis bolib otdi.

Qayd etildiki, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini yanada qisqartirish, tadbirkorlik faoliyati davlat kafolatlari va himoyasini kuchaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qollab-quvvatlash boyicha korilayotgan chora-tadbirlar belgilangan makroiqtisodiy korsatkichlarga erishishga komaklashdi.

Tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirib hamda kozda tutilgan barcha xarajatlarni ijro etgan holda 2017 yil byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi kutilayotganligi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 14 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida belgilangan defitsitsiz byudjet togrisidagi vazifaga muvofiqdir.

Mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va daromad bazasini mustahkamlash, qoshimcha daromad manbalarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qoshimcha manbalarni jalb etish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar Davlat byudjeti parametrlarining ijro etilishiga ijobiy ta’sir korsatdi.

Majlisda hududlarning real imkoniyatlaridan kelib chiqib, yechimini kutayotgan mavjud muammolarni va joylardagi ishlarning haqiqiy holatini organgan holda ishlab chiqilgan kelgusi yil mamlakatning asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozlari, byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlari boyicha yondashuv va takliflar har tomonlama va chuqur muhokama qilindi.

2018 yilda soliq va byudjet siyosatini takomillashtirishga, byudjet mablaglaridan foydalanish samaradorligini oshirishga va byudjetlararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish nazarda tutilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari xarajatlarida qabul qilingan davlat dasturlarini, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga tashriflari yakunlarida bergan topshiriqlarini, shuningdek, valyuta siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablaglar nazarda tutilgan.

Mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini yanada mustahkamlash, ularning daromadlar boyicha vakolatlarini va daromadlar prognozi oshirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etishda mustaqilligini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar ortasida byudjetlararo munosabatlarning yangi mexanizmi joriy etilmoqda.

Majlisda qayd etildiki, valyuta va narx-navo siyosatini erkinlashtirish sharoitlarida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qollab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma, uy-joy kommunal xojaligi obyektlarini, shu jumladan, yollar qurish, suv taminoti boyicha tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish hamda yillar davomida oz yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish asosiy vazifalardan biri bolib qolmoqda. Mazkur yonalishda vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan ishlar olib borilmoqda va bularning natijasi bugungi kundayoq sezilmoqda.

Majlis ishtirokchilari tomonidan 2018 yilga moljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yonalishlari har tomonlama korib chiqildi, unda soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy tolovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablaglardan oqilona foydalanish va byudjetga tushumlarning toliqligini taminlash, jumladan:

— foyda soligi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini birlashtirish orqali umumiy bazaviy stavkani 15,5 foizdan 14,5 foizgacha kamaytirish;

Pensiya jamgarmasi, Respublika yol jamgarmasi, Talim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarmasiga ajratmalarni yagona tolovga davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalarga birlashtirish orqali umumiy stavkani 3,5 foizdan 3,2 foizgacha kamaytirish, bu, oz navbatida, xojalik yurituvchi subyektlar tasarrufida qariyb 411 milliard som mablag qoldirish imkonini berishi;

jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamgarib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish va bu fuqarolarning jamgarmalarini umuman 450 milliard somdan koproqqa oshirish;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatiy belgilangan soliqning aholi tadbirkorlik faolligini oshirishga qaratilgan stavkasini ortacha 30 foizga pasaytirish;

hududlar xususiyatlari va faoliyat korsatish joyi hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslarning mol-mulk soligi, yer soligi va qatiy belgilangan soliqlar boyicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 0,7-1,3 gacha kamaytiruvchi va kopaytiruvchi koeffitsiyentlarni qollash huquqini berish nazarda tutilmoqda.

Majlis ishtirokchilarining etibori, shuningdek, soliq mamurchiligini takomillashtirish, daromad zaxiralarini aniqlash, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini yanada oshirish, iqtisodiyotni qollab-quvvatlashni taminlash, inflatsiya darajasini kozda tutilgan parametrlar doirasida saqlashni hamda qabul qilingan davlat dasturlarini va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari sozsiz moliyalashtirilishini nazarda tutuvchi byudjet siyosati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi.

2018 yilda ham otgan yillardagi kabi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash xarajatlari ustuvorligi saqlab qolinadi. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion som mablag yonaltirish nazarda tutilmoqda.

2018 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida qabul qilingan Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trillion somdan ortiq mablag yonaltirish taklif etilmoqda, xususan:

2017-2021 yillarda Maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha talim muassasasi obyektini qurish, 256 ta obyektni rekonstruksiya qilish, 157 ta obyektni mukammal tamirlash va jihozlash uchun 815 milliard som mablag (shundan 193 milliard somi xalqaro moliya institutlari mablaglari) yonaltirish, bu 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar kopdir;

48 ta oliy talim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard som ajratish kozda tutilgan, bu 2017 yildagiga nisbatan 1,5 baravar kopdir;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tamirlash ishlariga 753,6 milliard som yonaltiriladi;

tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalarni, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni oshirishga 915,4 milliard som yoki 2017 yil parametrlarida kozda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar kop mablag sarflanadi;

tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlarini va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qoshimcha jihozlash uchun 50 milliard som ajratish kozda tutilmoqda.

Takidlandiki, uy-joy kommunal xizmatlar korsatish ishlariga xarajatlar 228,6 milliard somni tashkil etadi, shu jumladan, kop qavatli turar joylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard som, kop qavatli turar joylar fondining lift uskunalarini tamirlash va almashtirishga 22,4 milliard som yonaltiriladi.

Yangi tashkil etilgan «Toza hudud» davlat unitar korxonalari orqali 2017-2021 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni toplash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard som ajratiladi.

Toza ichimlik suvi jamgarmasi hisobidan ichimlik suvi taminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining bajarilishiga 584,7 milliard som yonaltirish kozda tutilgan.

Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 milliard som va respublika hududlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga 568,6 milliard som yonaltirish nazarda tutilmoqda.

Qayd etildiki, Davlat byudjetini birinchi marotaba yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz miqdorida profitsit bilan tasdiqlash taklif etilmoqda.

Majlisda kun tartibidagi masalalar muhokamasi doirasida bir qator vazirliklar, idoralar va xojalik birlashmalari rahbarlarining, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi orinbosarlari hisobotlari eshitildi.

Vazirliklar, idoralar va xojalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga, byudjetdan ajratiladigan mablaglardan manzilli foydalanish, byudjetga tushumlarni oz vaqtida va toliq tushirish, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini kopaytirish yuzasidan masuliyatni oshirish hamda davlat soliq xizmati va moliya organlari hududiy bolinmalari oldiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kopaytirish va zaxiralarini aniqlash boyicha aniq vazifalar yuklandi.

Muhokamalar yakunlari boyicha Ozbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat byudjeti loyihasini Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga yuborish togrisida qaror qabul qilindi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: