O'zb  
 
12.12.2017

QIRGIZISTON PREZIDENTINING OZBEKISTONGA TASHRIFIGA DOIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qilishicha, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlari boyicha davlat rahbarlarining Qoshma bayonoti, turli sohalardagi ozaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: