O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.12.2017

DEHQON BU HAYOTNING BAQUVVAT USTUNI, TIRIKLIKNING MUSTAHKAM TAYANCHI

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 9-dekabr kuni Qishloq xojaligi xodimlari kuniga bagishlangan tantanali yigilish bolib otdi.

Anjumanda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Tadbirni videoselektor orqali 157 mingdan ziyod soha xodimlari kuzatib bordi.

Davlatimiz rahbari barcha yigilganlarni yurtimizda birinchi marotaba nishonlanayotgan Ozbekiston Respublikasi Qishloq xojaligi xodimlari kuni bayrami bilan muborakbod etdi.

Mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlari dunyodagi eng sharafli kasb egalaridir. Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa qanchalik totli va shirinligini hamma yaxshi biladi. Dehqon deganda, bepoyon dalalar, bog-roglar, dasturxondagi turli noz-ne’matlar, toyu-tomosha, xursandchilik kunlarimiz, butun hayotimiz koz oldimizda namoyon boladi.

Prezidentimiz aytganlaridek, dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchidir. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz olam ahlining toqligi, quvonchi, avvalo, yerga urug sochib, bebaho noz-nemat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir deb, mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho bergan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yil yakuniga yetayotgan hozirgi pallada agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini tahlil qilish va kelasi yil uchun eng muhim chora-tadbirlarni belgilab olish dolzarb vazifa ekanini takidladi.

Qayd etilganidek, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xojaligi shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ziyod yonalishda samarali faoliyat yuritmoqda. Keyingi ikki yilda kop tarmoqli fermer xojaliklari 45 foiz kopayib, ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab ish orinlari yaratildi.

Joriy yil mamlakatimizda 8 million 377 ming tonna galla, 2 million 930 tonnadan ziyod paxta, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna gosht va sut mahsulotlari yetishtirildi.

Mamlakatimizda birinchi marta shafran ekish yolga qoyildi, soya ekish kengaydi.

Qishloq xojaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. 856 million dollarlik 724 ming tonna hol meva xorijga sotildi.

Chorvachilik tarmogini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal yetishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan koplab xojaliklar faoliyati yolga qoyildi. Zotdor qorabayir otlarini kopaytirish va ot sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va yurtimizning boshqa hududlarida ham bunday majmualar barpo etilmoqda.

Baliqchilik sohasini tiklash uchun Ozbekbaliqsanoat uyushmasi tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 baliqchilik xojaligi kiritildi. Joriy yilda 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar suniy kollarda 100 ming tonnadan ortiq baliq yetishtirildi.

Yana bir muhim yonalish asalarichilik sohasini rivojlantirish maqsadida Ozbekiston asalarichilar uyushmasi tashkil etilib, unga asal yetishtiradigan 14 mingdan ortiq tadbirkor azo boldi.

Suv resurslari cheklangan mintaqamizda dehqonchilik qilish ancha ogir va mashaqqatli. Shu bois suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlarni qollab-quvvatlab, ularning tashabbuskori bolgan xojalik va tashkilotlarga qoshimcha imtiyoz va preferensiyalar yaratib berilmoqda. Natijada bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar yerda tomchilatib sugorish texnologiyasi joriy qilindi.

Lekin bu yutuqlar xotirjamlik uchun asos bololmaydi, albatta, dedi Prezidentimiz. Qishloq xojaligi sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar, oz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham mavjud.

Avvalo, yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish eng muhim vazifalardan biridir. Mamlakatimizda sugoriladigan yerlar atigi 3 million 300 ming gektar bolib, uni kopaytirishning iloji yoq.

Yana bir muammo sugorish inshootlari eskirib, tarmoqlar yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Oqibatda 830 ming gektar yerni sugorishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Aholini sifatli gosht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan talab darajasida taminlash ham eng asosiy vazifalardan. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, bunga erishish uchun qoshimcha zotdor qoramol boqishni yolga qoyish, parranda boqishga moljallangan xojaliklarni kopaytirish kerak.

Shuningdek, meva-sabzavot yetishtirishni kopaytirish, sifatli tarzda aholiga yetkazish, imkon qadar koproq qayta ishlash va eksport qilish ishlarini yanada faollashtirish maqsadga muvofiq ekani takidlandi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning atigi 15 foizi qayta ishlanadi, 8 foizi eksport qilinadi, xolos. Bu raqamlar Ozbekistonning salohiyatiga mos emas.

Mamlakatimiz boyicha 445 ming gektar eng unumdor yer aholiga tomorqa sifatida berilgan. Lekin undan foydalanish talab darajasida emas. Tomorqada sitrus mevalar yetishtirishga moljallangan ixcham issiqxonalar barpo qilish, yongoq, unabi va boshqa kochatlar yetishtirishni yolga qoyish yaxshi foyda keltiradi.

Qishloq xojaligi texnikasining holatini yaxshilash ham dolzarb masala bolib turibdi. Mamlakatimizdagi 146 ming 295 dona qishloq xojaligi texnikasining 38 foizi butunlay eskirgan. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bog va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yigib olishga moljallangan texnika bilan 34 foizgina taminlangan, xolos. Bu esa mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab bolmoqda.

Qishloq xojaligini rivojlantirishda ilm-fan hayot talablaridan orqada qolayotgani jiddiy muammolardan biridir. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xojaligi vazirligiga qarashli ilmiy-tadqiqot institutlari agrar fan va seleksiyani rivojlantirish, ilgor agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, har bir hududda tuproq va iqlim sharoitiga mos ekin navlarini yaratish va joylashtirish borasidagi orni va rolini keskin oshirish lozimligini qayd etdi.

Bu ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi zamonaviy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini bermaydi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta ozlashtirgan kadrlar yetishmaydi. Ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida veterinar mutaxassislarga ehtiyoj katta.

Davlatimiz rahbari bu holatlarning barchasini hisobga olib, sohaga ilmiy yondashuvni yolga qoyish hamda malakali kadrlar tayyorlash uchun Veterinariya instituti tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Terini qayta ishlash sohasi ham jiddiy etibor talab qiladi. Mamlakatimizda 12 million donadan ziyod terini yigish, chuqur qayta ishlash, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot tayyorlash boyicha ishlarni faollashtirish maqsadga muvofiqdir.

Prezidentimiz mamlakatimizda parrandachilikni rivojlantirishni ilmiy asosda yolga qoyish maqsadida Parrandachilik ilmiy markazini tashkil etishni taklif qildi.

Malumotlarga kora, xalqimizni eng kop istemol qilinadigan mahsulotlardan biri bolgan kartoshka bilan tola taminlash uchun yiliga ortacha 50 ming tonna sifatli kartoshka urugini yetishtirish talab etiladi. Shavkat Mirziyoyev buning uchun Gollandiya, Polsha, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy laboratoriya uskunalariga ega bolgan mahalliy urugchilik markazi va maxsus korxonalar tashkil etish zarurligini takidladi.

Fermer xojaliklarida yerdan unumli foydalanish, daromad hajmini oshirish masalasiga ham alohida etibor berish zarur. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga kora, 2 million 626 ming gektar maydonning umumiy uzunligi 385 ming kilometr bolgan chekka qismlarida sabzavot va poliz ekinlari ekishni yolga qoyish orqali 415 ming tonna qoshimcha mahsulot yetishtirishga erishish mumkin. Har bir fermer xojaligi dalasida bir boshdan, jami 14 ming sogin sigir, 21 ming 125 fermer xojaligining har birida 50 boshdan, jami 1 million 57 ming parranda, 66 ming fermer xojaligining dala chetlarida 329 ming quti asalari boqish hisobidan 7 ming 200 tonna asal yetishtirish imkoniyati mavjud.

Jiddiy yondashuvni talab etadigan yana bir masala yengil sanoat korxonalarini sifatli tola bilan taminlash. Malumotlarga kora, shu munosabat bilan 2018-yilda 1 million 200 ming tonna paxta tolasini yurtimizda toliq qayta ishlab, xorijga faqat tayyor mahsulot eksport qilishni yolga qoyish rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari takidlaganidek, qishloq xojaligining yuqori samaradorligini taminlash uchun barcha darajadagi rahbarlar, ayniqsa, tumanlardagi 4 sektor rahbarlari masuliyatini oshirish talab etiladi. Barcha rahbarlar qishloq xojaligi masalalari, yani oziq-ovqat xavfsizligini taminlash boyicha tashabbus korsatib ishlashi, eng muhimi, natijadorlikka erishmogi shart.

Anjumanda Prezidentimiz ushbu qutlug bayram arafasida agrar sohada ulkan yutuqlarni qolga kiritgan, yurtimiz qishloq xojaligining rivojlanishiga salmoqli hissa qoshgan, bu borada oziga xos maktab yaratgan fidoyi yurtdoshlarimizdan bir guruhi Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanganini elon qildi, ularni tantanali ravishda egalariga topshirdi.

Tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbari tomonidan aytilgan reja va dasturlarni amalga oshirish uchun ozlarida kuch va imkoniyat, bilim va tajriba yetarli ekanini, yurt ravnaqi yolida gayrat bilan mehnat qilishlarini takidladilar.

Anjuman yakunida Ozbekiston sanat ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Farhod Qurbonboyev (surat), OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: