O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.12.2017

DAVLATIMIZNING YUKSAK MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qoshgan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-marifiy sohalarda fidoyilik korsatgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Toshkentda 7-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bolib otdi.

Davlatimiz rahbari yigilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bolgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barcha vatandoshlarimizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi bilan muborakbod etdi.

Shavkat Mirziyoyev bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar Konstitutsiyamiz va Harakatlar strategiyasiga asoslanishini alohida takidladi. Yakuniga yetib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga toxtalar ekan, xalq bilan muloqotda bolib, odamlarning ogirini yengil qilishga asosiy etibor qaratilganini qayd etdi.

Darhaqiqat, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida oddiy odamlar bilan muloqotning mutlaqo yangi va samarali tizimi yolga qoyildi. Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1,5 milliondan ziyod murojaat kelib tushdi va ularning 1 milliondan ortigi ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda dunyodagi nufuzli ekspert va mutaxassislar ham xalq bilan muloqotning bunday usuli katta samara berayotganini etirof etmoqda.

Xalqimiz Yaratgandan avvalo tinchlik-xotirjamlikni soraydi. Shundan song oz uyim, boshpanam bolsa, oilam, bola-chaqam bilan sog-salomat yashasam, deydi. Biz xalqimizning ana shunday orzu-niyatlarini royobga chiqarish uchun ikkita masalaga, yani ichki ishlar va sogliqni saqlash tizimini isloh qilishga alohida etibor qaratayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada, albatta, ulkan ishlar amalga oshirildi. Uchastka profilaktika inspektorlariga xizmat mashinalari va uy-joylar ajratilmoqda. Haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” sifatida belgilandi. Xavfsiz shahar loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, yoshlarimiz uchun ularning soglom tugilishidan to mustaqil hayotga qadam qoygunicha barcha zarur sharoitlar yaratib berilayotgani etiborlidir. Davlatimiz rahbari sentabr oyida BMT Bosh assambleyasi sessiyasida Yoshlar huquqlari togrisida xalqaro konvensiya ishlab chiqish tashabbusini ilgari surgani bu boradagi yana bir muhim qadam boldi.

Joriy yilda Ozbekiston yoshlar ittifoqi tuzilib, barcha davlat organlari va mahallalarda yoshlar masalalari boyicha rahbar orinbosari lavozimlari tashkil etildi.

Ayolni ezozlash, ayolga ehtirom korsatish xalqimizning eng olijanob qadriyatlaridan hisoblanadi. Shu manoda, Respublika Xotin-qizlar qomitasi va uning hududiy bolinmalari faoliyatini jonlantirish, xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi orni va tasirini oshirish, ularning mehnatini munosib baholash va ragbatlantirish, hayotiy manfaatlarini taminlash masalalari davlatimizning doimiy etiborida bolib kelmoqda.

Shu bilan birga, sogliqni saqlash sohasida ulkan yangilanishlar roy berdi. Dori-darmon taminoti, tez tibbiy yordam, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan yaxshilash, hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar faoliyatini yolga qoyish bilan bogliq muhim vazifalar amalga oshirildi. Qishloq vrachlik punktlari negizida 800 ga yaqin oilaviy poliklinika, 400 dan ortiq tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etildi. Qishloqda ishlaydigan 700 ga yaqin shifokor xizmat uylari bilan taminlandi.

Xorijdagi nufuzli klinikalarda ishlayotgan 60 ga yaqin ozbekistonlik malakali shifokor yurtimizga qaytdi va qulay sharoitlar bilan taminlandi. Ular aholi salomatligini mustahkamlash yolida xizmat qilmoqda. Shuningdek, xorijdagi yirik tibbiyot maskanlarining shifokorlari Ozbekistonga kelib, murakkab operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Hududlarda respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining filiallari tashkil etildi. Patronaj va skrining masalasiga eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda yol-transport infratuzilmasi, kommunal xizmat darajasini yaxshilashga ham alohida etibor berilmoqda. Qishloq joylarga toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish boyicha katta-katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi madaniyat va istirohat boglari, dam olish maskanlari, kinoteatrlar, korgazma zallari, kutubxonalar bunyod etilmoqda.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish mavzusiga toxtalib, onlab yangi sanoat korxonalari bunyod etilayotgani, valyuta bozori liberallashtirilib, somning erkin konvertatsiyasi yolga qoyilganini alohida takidladi.

Takidlash joizki, tadbirkorlarga qoshimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, bu sohani jadal rivojlantirishga qaratilgan amaliy say-harakatlar tufayli yurtimizda yangi-yangi sanoat korxonalari, xizmat va servis shoxobchalari tashkil etilmoqda, eng muhimi, minglab odamlar ish bilan taminlanmoqda.

Bu yilgi mavsumda murakkab iqlim sharoiti, ob-havo injiqliklariga qaramasdan, mirishkor dehqon va fermerlarimiz ulkan galla va paxta xirmonlari kotarib, barcha qishloq xojaligi ekinlaridan mol hosil yetishtirishga muvaffaq boldi. Shavkat Mirziyoyev shuni takidlar ekan, bu yil yurtimizda Qishloq xojaligi xodimlari kunini belgilash togrisida qonun qabul qilingani, shu kunlarda barcha viloyat va tumanlarda ana shu sana hosil bayrami sifatida keng nishonlanayotganini qayd etdi.

Ilm-fan, adabiyot, sanat va madaniyat sohalarini rivojlantirish boyicha ham qator qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbari ushbu sohalar vakillari bilan bir necha bor uchrashib, ular oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qildi. Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag va resurslar ajratildi. Yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani bu borada muhim yangilik boldi.

Ilm-fan taraqqiyot asosi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion goyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yoq. Faqat ilm va marifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan Ozbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz.

Keyingi bir yilda yuz bergan va yaqqol kozga tashlanadigan yana bir voqea qoshni mamlakatlar bilan dostlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga kotarilgani boldi. Chegara masalalarida tarixiy kelishuvlarga erishildi. Yurtimizdagi millatlararo totuvlik va ozaro hurmat muhiti yanada mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbari 2017-yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, xalq bilan bamaslahat ish olib borgan odam ham, davlat ham hech qachon kam bolmasligiga, har qanday qiyinchiliklarni yengib, ozining ezgu maqsad-muddaolariga albatta erishishiga barchamiz kundalik hayotimizda ishonch hosil qilayotganimizni alohida takidladi.

Shunday ekan, bu yolda boshlangan xayrli ishlar kelgusida ham albatta davom etaveradi.

Ozbekiston Respublikasi sanat arbobi, adabiyotshunos olim Ibrohim Gofurov, Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan madaniyat xodimi, shoir Baxtiyor Genjemuratov, Davlat mukofoti sovrindori, Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh vrachi orinbosari Vera Belotserkovets, «El-yurt hurmati» ordeni sohiblari mehnat faxriysi Kallibek Kamalov, Nuroniy jamgarmasining Namangan viloyati bolimi raisi Ikromxon Najmiddinov, Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Iqtidorli yoshlarni qollab-quvvatlash Ulugbek jamgarmasi rahbari Oqil Salimov, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori Azmiddin Sadriddinov, Boz tumanidagi 26-ixtisoslashtirilgan umumiy orta talim maktab-internati direktori Galina Soy, Dostlik ordeni sohibi, Nuroniy jamgarmasining Samarqand viloyati bolimi raisi Hasan Normurodov va boshqalar kamtarona mehnatlarini yuqori baholab, davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib korgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Sarvar Ormonov (surat), OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: