O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
07.12.2017

DEPUTATLAR YANGI SHAROITLARDA OAVNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUN LOYIHALARINI MUHOKAMA QILDILAR

Harakatlar strategiyasida hozirgi vaqtda O‘zbekistonni izchil taraqqiy ettirishning belgilab berilishi jurnalistlar oldiga yanada dolzarbroq vazifalarni — oz materiallarida zamon voqeligini, hayotning barcha sohalarida kechayotgan islohotlar ahamiyati va natijalarini tezkor va xolis aks ettirish, shuningdek, odamlarda faol fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirishga xizmat qilish vazifalarini qoyadi. Mamlakatimizda matbuot sozi erkinligi va mas’uliyatini taminlash, mass-media xodimlarining mustaqilligi uchun shart-sharoitlar yaratish ham kop jihatdan ana shu samarali ishga alohida turtki beradi.

Shu yil 6 dekabr kuni otkazilgan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga, shuningdek, jurnalistlarning kasb faoliyatini himoya qilishga daxldor qonun loyihalari birinchi oqishda korib chiqildi.

Deputatlar oz ishini «Ommaviy axborot vositalari togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini korib chiqishdan boshladilar.

Takidlandiki, mazkur qonun loyihasi rivojlangan demokratik mamlakatlar: AQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasini, shuningdek, OAV sohasidagi xalqaro shartnomalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Parlament vakillari fikriga kora, qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarining faoliyati erkinligini, axborotlardan erkin foydalana olishini, ularni davlat organlarining gayrihuquqiy qarorlaridan, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qilishni taminlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. OAVni royxatdan otkazish togrisidagi arizalarni korib chiqish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, internet global tarmogidagi veb-saytlarni OAV sifatida royxatdan otkazish tartibini takomillashtirish muhim jihat hisoblanadi.

Bundan tashqari, jurnalistlar va ijodiy jamoalarni ularga soliqlar va boshqa majburiy tolovlar boyicha imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish, moliyaviy va ijtimoiy yordam korsatish yoli bilan davlat tomonidan qollab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlari belgilanadi. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, fondlar faoliyatini tashkil etish, shuningdek, tahririyatlar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida etibor qaratiladi.

Shundan song Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi korib chiqildi.

Shu narsa takidlandiki, ushbu qonun loyihasini qabul qilishning dolzarbligi jurnalistlik faoliyati erkinligini, hozirgi zamon xalqaro tajribasini va qonun hujjatlarini hisobga olgan holda jurnalistlarning huquqiy maqomi, akkreditatsiya qilish instituti tushunchasi hamda akkreditatsiya qilingan jurnalistlarning huquqlari belgilanishini taminlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish zarurati bilan bogliqdir.

Deputatlarning takidlashicha, qonun loyihasi davlat organlari faoliyatining ochiqligini taminlashda hamda jamoat manfaatlariga molik dolzarb masalalarni yoritishda jurnalistlarning nufuzini oshirish maqsadini kozlaydi. Mass-media vakillariga jurnalistlik faoliyatini amalga oshirishda qoshimcha huquqlar beriladi.

Qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida manfaatdor davlat organlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari vakillari, shuningdek, soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida muhokama otkazildi. Loyihalarni takomillashtirishga doir aniq takliflar bildirildi. Shuningdek, hujjatlar regulation.gov.uz portalida omma uchun muhokamaga qoyildi.

Muhokama yakunlariga kora, deputatlar mazkur qonun loyihalarini konseptual jihatdan maqullab, birinchi oqishda qabul qildilar. Masul qomitaga kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ushbu hujjatlarni ikkinchi oqishda korib chiqish uchun tayyorlash topshirildi.

Shuningdek, majlis davomida deputatlar Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan qator qonun loyihalarini korib chiqdilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining

Axborot xizmati.



DB query error.
Please try later.