O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.11.2017

TOSHKENT SHAHRIDA SEUL KOCHASI BOLADI

Jo‘liboy ELTAZAROV, Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan ushbu mamlakatga davlat tashrifini televideniye, internet orqali diqqat bilan kuzatdim. Tashrifning juda yuqori darajada, yuksak saviyada tashkil qilingani, butun Janubiy Koreya xalqi uchun haqiqiy bayramga aylangani, ayniqsa, ikki mamlakat ortasida misli korilmagan hujjatlarning imzolanganidan behad quvondim.

Ha, bugun butun dunyo Ozbekistonda boshlangan buyuk islohotlardan yaxshi xabardor. Koreyalik dostlarimiz ham unda faol ishtirok etishni oz oldilariga maqsad qilib qoyishgani kechagi uchrashuvlarda yaqqol namoyon boldi.

Tarixdan ma’lumki, ozbek va koreys xalqlarini kop asrlik dostlik va hamkorlik boglab turadi. Prezidentimizning ushbu davlatga tarixiy tashrifi qadimiy rishtalarni yanada mustahkamlashga, mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalarni yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishiga ishonaman.

...Afrosiyob devoriy rasmlarida Samarqand podshohining chet ellik elchilarni qabul qilish marosimi aks etgan. Diplomatlar orasida qadimiy Koguryo sulolasi elchilari ham borligi xalqlarimiz ortasida VII asrdayoq ozaro bordi-keldi, savdo-sotiq, yaqinlik bolganidan dalolat beradi.

Ota-bobolarimiz koreyslar bilan 1937 yili Ozbekistonga majburan kochirilganida yaqindan tanishgan edilar. Xalqimiz ularni oz bagriga oldi, bir burda nonini beminnat bolishdi. Osha koreyslarning avlodlari bugun Vatanimizning teng huquqli fuqarolari sifatida ozbeklar bilan qolni qolga berib, yurtimiz taraqqiyoti yolida xizmat qilishmoqda.

Janubiy Koreya dunyoning eng rivojlangan va jahonga tinchlik, ezgulik, hamjihatlik taratayotgan mamlakatlaridan biridir. Takidlash joizki, ozbek va koreys millatlarining oxshashlik jihati juda kop. Bizlarni til jihatdan Oltoy tillar oilasi birlashtirsa, hudud jihatidan bir qita, bir mintaqa Yevroosiyo va Sharq umumlashtirib turadi. Tarixiy, madaniy jihatdan ham kop uygunlik mavjud. XIV-XV asrlarda Temuriylar tomonidan buyuk sivilizatsiya barpo etilganida, Mirzo Ulugbek akademiyasida osha davrning eng buyuk ilmiy kashfiyotlari qilinganida, qirol Te Chjong rahbarligida mumtoz koreys madaniyati va adabiyotining nodir namunalari yaratilgan edi.

Koreys xalqi ham ozbeklar singari otmishda kop bor bosqinchilar zulmi ostida yashashga, ularga qarshi kurashishga majbur bolgan. Ana shunday qiyinchiliklar tufayli koreyslar hozirgi tinch va farovon hayotda ham ozlarining tirishqoqligi bilan ajralib turadi, yangiliklarga qol urib, barchani hayratlantiradi.

1999-2000 yillarda Koreya Respublikasining Busan shahridagi Chet tillar universitetida dars berganman. Koreys dostlarimiz 1992 yildan boshlab oliy oquv yurtlarida ozbek tili bolimini ochib, xalqimizning tili va madaniyatini organishni yolga qoygan edilar. Janubiy Koreyadagi faoliyatim davomida bu xalq mehnatkash va zukko ekaniga guvoh bolganman. Uch tarafi dengiz, togu tosh va ormonlardan iborat hududda yuksak innovatsion iqtisodiyotni barpo etgan va texnologik ishlab chiqarishni yolga qoygan xalqning ota mehnatsevarligiga, zamonaviy bilim va texnologiyalarni ozlashtirish hamda ularni doimiy takomillashtirishiga qoyil qolmaslikning iloji yoq. Albatta, bu taraqqiyot va yuksak turmush darajasi oz-ozidan bolmagan. Shu bilan birga, iqtisodiy va texnologik mojizani qadimiy madaniyat, azaliy qadriyat va oziga xos milliy mentalitetni saqlagan holda amalga oshirish mahorati xalqaro ekspertlar tomonidan ham etirof etib kelinadi.

Janubiy Koreyadagi faoliyatimni tugatib, mamlakatimizga qaytgach, «Janubiy Koreya: otmish va bugun» deb nomlangan kitobni yozdim. Bu asarda koreys iqtisodiy va texnologik mojizasining sirlarini qolimdan kelganicha ochib berishga harakat qildim. Koreyaning jadal suratli taraqqiyotining siri koreys yoshlarining zamonaviy bilim va texnologiyalarni ozlashtirish, qayta ishlashga bolgan ishtiyoqi hamda iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda otkazilgan liberal islohotlar ekaniga ishonch hosil qildim. Mazkur kitob bugungi kunda ham yurtimiz universitetlarining koreys filologiyasi fakultetlari talabalari uchun oquv qollanma vazifasini otamoqda.

Prezidentimiz tomonidan Toshkent shahridagi kochalardan biriga Seul nomini berish haqidagi taklifning ilgari surilishi xalqlarimiz tomonidan qizgin kutib olindi. Endi Toshkent shahrida Seul kochasi boladi.

Ozbek-koreys aloqalari dostlik, qardoshlik va samimiylikka asoslangan hamkorlikka aylanmoqda. Ozbekistonning iqtisodiy salohiyati va Janubiy Koreyaning ilmiy-texnologik va boshqa imkoniyatlari, xalqlarimizning bir-biridan qolishmaydigan ishbilarmonligi biz kozlagan maqsad-muddaolarga erishishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonaman.

Barchinoy HAMIDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: