O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.06.2017

OMONATCHILARGA QULAY IMKONIYATLAR YARATILMOQDA

Yaqinda «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda bank tomonidan naqd pul mablaglarining bankdan tashqari aylanmasini keskin qisqartirish va aholining bosh pul mablaglarini omonatlarga jalb qilish boyicha olib borilayotgan ishlar togrisida ma’lumot berildi.

— Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamgarmasiga otkazilgan mablaglar miqdori joriy yilning 1 iyun holatiga 3 milliard somni tashkil etdi, deydi Asaka aksiyadorlik tijorat bankining pul muomalasi va chakana bank xizmatlari departamenti mudiri Bahodir Mirboboyev. Aholi omonatlarining asosini tashkil qiluvchi muddatli omonatlar qoldigi 2017 yil 1 iyun holatiga 699 milliard somni tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 133 milliard somga yoki 123 foizga osishi taminlandi. Hozirda omonatchilar soni 1,9 million nafardan ziyodni tashkil etmoqda. Bu otgan yilning shu davriga nisbatan 194 ming nafarga kopayganidan dalolatdir. Bugungi kunda aholi uchun qulay shartlardagi 39 omonat turi joriy etilgan bolib, 26 tasi milliy valyutada va 13 tasi xorijiy valyutadagi omonatlar hisoblanadi. Shundan milliy valyutadagi 3 ta yangi omonat turi joriy qilindi.

Bankda korsatilayotgan xizmatlar kolamini kengaytirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, SMS-xabarnoma xizmati joriy qilingan bolib, ushbu xizmat turi omonatchilarga ixtiyoriy ravishda ornatiladi. Uning qulayligi omonatchi depozit hisob-varagidagi barcha ozgarishlardan mobil telefoni orqali doimiy ravishda xabardor bolib turadi.

Shuningdek, tadbirda mijozlarga oz omonatlariga hisoblangan foizlarni bankning internet sayti orqali bilish imkoniyatini yaratish boyicha dastur ishlab chiqilayotgani togrisida malumot berildi.

Anjuman songida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Oz muxbirimiz.



DB query error.
Please try later.