O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
10.06.2017

HUAWEI: BIZ BIRGALIKDA YUKSAK MARRALARNI EGALLAYMIZ

O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan ozaro manfaatli hamkorlikni tobora kengaytirib bormoqda. Har bir shartnomaga mamlakat taraqqiyoti va istiqboli nuqtai nazaridan yondashilmoqda. Ozbekiston ozining muhim strategik hamkori — Xitoy bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Biz ishonchli hamkorlarimizdan biri Huawei kompaniyasining Shenchjendagi qarorgohida bolib, uning tashqi aloqalar bolimi vitse-prezidenti Uolter Djennings bilan uchrashdik va kompaniya faoliyati, Ozbekistonga moljallangan loyihalar haqida suhbatlashdik.

Huawei dunyo reytingida juda tez rivojlanib borayotgan kompaniyalardan biri, deb etirof etiladi. Buning asosiy sababi nimada deb oylaysiz?

Bilasizmi, men ozim ham shu savolga hamisha javob izlayman. Mana qarang, bundan 30 yil avval, yani 1987 yilda janob Jen Chjenfeya atigi 5680 dollar nizom jamgarmasi bilan ish boshlagan. 2016 yilda kompaniya 75,6 milliard dollarlik tovar aylanmasiga erishdi. Aql bovar qilmas yuksalish! Biz uchun chegaralangan ish vaqti degan tushunchaning ozi yoq. Biz har doim, kabinetda, korxonada, tushlikda, brifinglarda, kunu-tun ish jarayonida bolamiz, ish haqida oylaymiz va sozlaymiz. Ishoning, ayrim loyihalar muhokamasi hatto tushimda ham davom etadi.

Kompaniyaning kattadan kichigigacha hammasi fidoyi odamlar. Bu, balandparvoz gap emas. Kompaniya iqtisodiy ravnaqi, daromadi, nufuzidan barcha barobar manfaatdor. Janob Jen Chjenfeyaning goyat muhim ish yuritish uslublaridan biri shuki, kompaniya azosi, u ishchimi, muhandismi, boshqaruvchimi, qaysi lavozimda bolmasin aksiyador bolishi kerak. Shunda u pirovard natijadan manfaatdor boladi. Endi unga nasihatning keragi yoq. Hozir Huaweida 170 mingdan ziyod odam ishlaydi. Aksiyalar ular orasida taqsimlangan. Kompaniya asoschisi janob Jen Chjenfeya esa ozida 1,4 foiz aksiya qoldirgan, xolos.

Simsiz aloqa va telekommunikatsiya sohasida yetakchi bolib turish oson bolmasa kerak?

Albatta. Huawei loyihalari dunyoning 170 mamlakatida qollanilmoqda. Lekin biz bu natija bilan toxtab qolmoqchi emasmiz. Dunyoning yuzdan ziyod poytaxt shaharlarida bizning «Xavfsiz shahar» loyihamiz ishga solingan. 300 dan ziyod moliya idoralari, avvalo, eng yirik va mashhur banklar tizimi, suv kemalari, temir yol harakati sohasida bunday xizmat turlaridan foydalanilmoqda. Birgina 2016 yilda Huawei brendi bilan 130 million dona smartfon sotildi... Kompaniyamiz 56 mingta ixtiro litsenziyasini olgan. Dunyoning 16 mamlakatida yirik ilmiy markazlar tuzganmiz va ular mahsulotlarimizni takomillashtirish, yangi loyihalar ishlab chiqish ustida izlanyapti. Biz har yili daromadning 10-15 foizini ana shu ilmiy markazlarga sarflaymiz. 2016 yilda u 7,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu raqamlar ortida ilmiy asoslangan goyat mashaqqatli mehnat turibdi.

Bugun Ozbekistonda ham Huawei mahsuloti kirib bormagan, uning xizmatidan foydalanmaydigan biron xonadonni topish qiyin...

Bizning mahsulot yoki xizmatdan dunyoning har uchinchi odami foydalanyapti.

1999 yilda Ozbekiston aloqa va telekommunikatsiya bozoriga kirib keldik. Yunitel, Bilayn, Ozmobayl bizning loyihalar asosida ishladi. Hozir yurtingizdagi bolinmamizda 300 dan ziyod mutaxassis bor, ularning 75 foizi mahalliy yoshlardir. Biz Ozbekistonda faqat biznesimizni rivojlantirmayapmiz, Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga otaliq yordami ham korsatamiz. Yangi ishlanmalar, yosh olimlar, iqtidorli talabalarni ragbatlantirish jamgarmasi bor. 200 dan ziyod talaba va mutaxassis Huawei kompaniyasida malaka oshirdi. Bu yildan INXA universiteti talabalari ham Xitoyda amaliyot otaydilar. Bundan tashqari, mamlakatingizda stol tennisi, boks federatsiyalarini qollab turamiz. Hozir esa Ozbektelekom bilan hamkorlikda juda katta sigimga ega elektron axborot bankini, Xalq talimi vazirligi bilan elektron talim tizimini yaratmoqdamiz. Transgaz tarmogiga SCADA Telecom loyihasini taqdim etdik. Bularning har biri Ozbekiston uchun ahamiyatli loyihalardir.

Ozbekiston xorijiy investorlar uchun qulay muhit va qonunchilik asoslarini yaratgan. Qolaversa, dunyoda ozbek xalqidek ochiq kongil, mehmondost odamlarni uchratmaganman. Shuning uchun Huawei Ozbekistonda faoliyatini kengaytirish, hamkorlik tarmoqlarini kopaytirish niyatida. Har bir ishlab chiqarish korxonasini komputerlashtirish, simsiz aloqa axboroti xavfsizligini mustahkamlash, smartfon, fotoapparat ishlab chiqarishni yolga qoyish, raqamli texnologiyani keng joriy etish, informatsion texnologiyalar ilmiy markazini ochish kabi loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Oylaymanki, ularning joriy etilishi Ozbekiston iqtisodiyotiga ijobiy tasir qilish bilan birga aholi turmush darajasi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Kompaniyaning shiori qanday?

Ochiqlik, dostlik, intilish. Bu bizni yetaklayotgan goyalar. 170 minglik jamoa bir tanu bir jondek ishlamasa, bugungi natijaga erishib bolmasdi. Biz har birimizga ishonib ishlashimiz kerak. Shuning uchun ichki siyosatda ochiqlik prinsipini tanlaganmiz. Hatto kompaniya boshqaruvida ham shunday. Raisning uchta orinbosari bor va ular navbat bilan olti oydan kompaniyani boshqaradilar.

Insoniy dostlik tuygusi qalbimizda. Natijadan qoniqmaslik, olga intilish muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaymiz.

Dunyo ONLAYN axborot tizimiga otib boryapti. Biz shunday uslubda axborot matni va tasvirini uzatadigan smartfonlar ishlab chiqarishni besh barobar kopaytirmoqchimiz....

Strategik rejalarimiz, bu kompaniyaning ichki xizmat axboroti bolsa-da, uni ozbekistonlik hamkorlardan yashirmaymiz.

Qiziqarli suhbatingiz uchun tashakkur.

Biz Ozbekistondagi islohotlarni qollab-quvvatlaymiz va ularni amalga oshirishga biroz bolsa-da ulushimiz qoshilishidan baxtiyormiz. Ozbekiston Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi goyat samarali boldi va imzolangan hamkorlik shartnomalarining biri Huawei kompaniyasi bilan ekani bizda faxr uygotadi. Biz birgalikda yanada yuksakroq marralarni egallaymiz.

Suhbatdosh

Muhammadjon OBIDOV

Toshkent-Pekin-Shenchjen.



DB query error.
Please try later.