O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.06.2017

OZBEKISTON BMT: TINCHLIK VA FAROVONLIK YOLIDAGI HAMKORLIK

Xabar berilganidek, joriy yil 9—10 iyun kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizda bo‘ladi.

Shuni qayd etish joizki, BMT yangi Bosh kotibi birinchi marotaba Ozbekistonga tashrif buyuradi hamda respublika rahbariyati bilan uchrashadi, Samarqandning diqqatga sazovor joylari va Orolboyi mintaqasidagi ekologik ahvol bilan tanishadi. Eslatib otamiz: turli yillar davomida Bosh kotiblar Kofi Annan (2002) va Pan Gi Mun (2010, 2015) mamlakatimizda bolishgan.

Ma’lumki, Ozbekistonning BMT bilan samarali va kop qirrali hamkorligiga 1992 yil 2 mart kuni zamin qoyilgan osha kuni respublikamiz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli azosi bolgan edi. Toshkent bu tashkilotni umumjahon tinchligi va xavfsizligini qollab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhiti muammolarini hal etish boyicha universal xalqaro tizim sifatida koradi.

Mamlakatimiz ushbu tashkilot va uning ixtisoslashgan tizimlari faoliyatida faol ishtirok etmoqda. BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida (AQSh), Jenevadagi (Shveytsariya) BMT bolimi huzurida va boshqa xalqaro tashkilotlarda hamda Venadagi bolimida Ozbekistonning doimiy vakolatxonalari faoliyat korsatmoqda.

BMTning Ozbekiston taraqqiyotiga komaklashish boyicha doiraviy dasturi (YuNDAF) respublikamizning ushbu global institut bilan hamkorligini belgilaydigan muhim hujjat hisoblanadi. Mamlakatimiz uchun 2016-2020 yillarga moljallangan ushbu yangi hamkorlik dasturi Barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqa ota muhim loyihalar, shuningdek, manfaatdor tomonlar Ozbekiston davlat tizimlari va muassasalari keng doirasining birgalikda taqdim etgan takliflari asosida ishlab chiqilgan.

Ozbekiston tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasidagi asosiy vazifalardan biri Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror rivojlanish zonasiga aylantirish vazifasini amalga oshirish borasida mazkur tashkilot bilan hamkorlikka juda katta etibor qaratilmoqda. Shu boisdan qayd etish orinli boladiki, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nafaqat Ozbekiston uchun, balki keng miqyosli butun mintaqa uchun muhim bolgan tashabbuslar ilgari surilgan edi. Ular dunyoda keng etirof etildi va qollab-quvvatlandi. Ana shunday tashabbuslar orasida hayotga tadbiq etilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish goyasi bor.

2002 yil oktabr oyida BMT Bosh kotibi Kofi Annanning mamlakatimizga buyurgan tashrifi chogida mustaqil Ozbekistonning birinchi yetakchisi taklifi bilan Giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bolishiga qarshi kurash boyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi tuzilgan edi. Shuningdek, Toshkent tashabbusi bilan 2010 yili BMT va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Kotibiyatlari ortasida hamkorlik togrisidagi deklaratsiya imzolandi. Mintaqaviy xavfsizlikning mustahkamlanishida mazkur ikki tizim ishtirokini kengaytirishga yonaltirilgan ushbu hujjat ShHT Kotibiyati hamda BMT narkotiklar va jinoyatchilik boyicha boshqarmasi, shuningdek, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Kotibiyati ortasida memorandumlar imzolanishi bilan yanada mustahkamlandi.

Davlatimizning tinchliksevar siyosati hamda uning xalqaro huquq tamoyillari va meyorlariga rioya etilishiga sodiqligi BMT bilan sheriklikning ustuvor yonalishlarini belgilab berdi. Masalan, xavfsizlikni taminlash jabhasida ozaro konstruktiv hamkorlikning katta tajribasi toplangan. Ozbekiston qurolsizlanish va qurol-yaroglarni tarqatmaslik sohasidagi asosiy xalqaro bitim va shartnomalarning ishtirokchisi hisoblanadi. Respublikamiz terrorizmga qarshi kurash boyicha BMTning 13 ta konvensiyasiga qoshilgan.

Ozbekistonning BMT bilan hamkorligi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarini, eng avvalo, Orol dengizi muammosini ham qamrab olgan. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi BMTning tola huquqli azosi bolganining 25 yilligi munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrishga yollagan qutlovnomasida BMT shafeligida Orol dengizi va Orolboyi hududi boyicha maxsus Trast jamgarmasini tuzishga qaratilgan say-harakatlar qatiy qollab-quvvatlanganini tabrikladi. 2017 yil 10 fevralda BMTning «Orolboyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boyicha kopsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojiasidan zarar korgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash» dasturi amalga oshirila boshlangani bu boradagi muhim qadamlardan biri boldi.

Ozbekistonning BMT bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi ham jadal rivojlanmoqda. Ozbekistonda BMT Bolalar jamgarmasi (YuNISEF) va Aholishunoslik jamgarmasi (YuNFPA) bilan birgalikda aholi salomatligini muhofaza qilish va gender tengligini taminlash boyicha dasturlar amalga oshirilmoqda. Ular, jumladan, bolalar salomatligini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, maktablar va maktabgacha talim muassasalarida tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena meyorlariga rioya etilishini taminlash, shuningdek, ayollarning jamiyatdagi orni, ularning ishga joylashishi, reproduktiv salomatlik sohasidagi xizmatlardan bahramand bolish imkoniyatlarini kopaytirishga yonaltirilgandir.

Keyingi yillar davomida Ozbekistonda BMT agentliklarining bevosita qollab-quvvatlashi bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, Orta asr sharq mutafakkirlarining tarixiy merosi mavzulariga bagishlangan yirik xalqaro konferensiyalar otkazildi. 2014 yil oktabr oyida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi Samarqandda bolib otdi.

YuNESKO Ozbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini asrash va uni ommalashtirishga komak korsatmoqda. Jumladan, uning shafeligida mamlakatimiz tarixiy shaharlari va xalqimizning buyuk ajdodlari yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. YuNESKO komagida 1997 yildan buyon har ikki yilda Samarqandda Sharq taronalari Xalqaro musiqa festivali otkazilmoqda. Ozbekistonning qator kohna shaharlari va yodgorliklari YuNESKO Butunjahon merosi royxatidan joy olgan. Ozbekistonning olti madaniy-tarixiy oziga xosligi Boysun madaniy hududi, Shashmaqom, katta ashula, askiya va Navroz bayrami, shuningdek, milliy taomimiz palov bilan bogliq ananalar YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi royxatiga kiritilgan.

Songgi yillarda BMT bilan har tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boyicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn yaqinda Ozbekistonga tashrif buyurgani va yuqori martabali mehmon Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingani bundan dalolat beradi. Uchrashuv chogida Ozbekiston va BMT, ushbu nufuzli universal xalqaro tashkilotning institutlari ortasidagi konstruktiv hamda ochiq muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligi yana bir bor takidlandi.

Shu tariqa Ozbekiston va BMT ortasidagi kop qirrali hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topmoqda. Shunga asoslangan holda aytish mumkinki, bu omil davlatimiz rahbari va mazkur global tashkilot Bosh kotibining bolajak uchrashuviga alohida mazmun baxsh etadi. Chunki, bizning fikrimizcha, otgan davr mobaynida toplangan samarali sheriklikning bebaho tajribasi ozaro hamkorlik kolamlarini kengaytirish, Ozbekistonda va butun jahonda barqarorlik, rivojlanish va farovonlik manfaatlari yolida birgalikdagi ishlarning yangi yonalishlarini belgilab olish uchun yaxshi zamin yaratadi.

Zamira AZIZXONOVA,

Jahon AA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: