O'zb  
 
06.06.2017

ANDIJON VILOYATI IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHI

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-3 iyun kunlari Andijon viloyatida boldi.

Davlatimiz rahbari 2 iyun kuni aholining dam olishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish, yengil sanoat va qishloq xojaligi korxonalari tashkil etish, eksportni kengaytirish loyihalari bilan tanishdi, yangi namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylarda bolib, odamlar bilan suhbatlashdi. Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish boyicha yigilish otkazdi. Ushbu tadbirlarda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi, jumladan, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Prezidentimiz 3 iyun kuni Andijon shahridagi Yoyilma mahalla fuqarolar yiginiga tashrifi chogida mahalla hayoti bilan tanishdi, odamlar bilan muloqot qildi. Mahalla fuqarolar yigini guzari qurilishi loyihasi, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini kozdan kechirdi. Bu yerda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xizmat xonalari bolishi kozda tutilgan. Bundan tashqari, kutubxona, minimarket, qariyalar dam olish joyi, bolalar maydonchasi, favvora, trenajyor maydoni, sartaroshxona, Gozallik saloni, novvoyxona qurilmoqda.

Mahalla ahli bilan muloqotda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash va adashganlarni togri yolga qaytarishda nuroniylarning boy tajribasidan foydalanish masalalari haqida soz yuritildi.

Farzandlarimizni bolaligidan gozal xulqli, madaniyatli qilib tarbiyalashimiz lozim, dedi Prezidentimiz. Buning uchun munosib sharoit yaratishimiz kerak. Ular chiroyli, obod joylarda yashasa, kop kitob oqisa, ma’naviy olami boy, vatanparvar bolib voyaga yetadi.

Yoyilma mahallasidagi 60 dan ortiq kop qavatli uyda 5 ming 800 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Hududda 8 bolalar maydonchasi, mini-futbol, basketbol, futbol maydonlari bor. 1 kollej, 1 umumtalim maktabi, 2 maktabgacha talim muassasasi faoliyat korsatmoqda.

Prezidentimiz mahalladagi kop qavatli uylar, kollej, maktab va maktabgacha talim muassasalari atrofini yanada obodonlashtirish boyicha mutasaddilarga korsatmalar berdi. Mahalla profilaktika inspektori Farrux Ganiyev xonadonida boldi.

Profilaktika inspektorlarini mahallalar markazida xizmat uylari bilan taminlayotganimiz bejiz emas, dedi Shavkat Mirziyoyev. Profilaktika inspektori mahallada yashab, faollar bilan bamaslahat ish olib borsa, hududda manaviy muhit yaxshilanadi, jinoyat sodir etilmaydi. Bu aholining adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini oshiradi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 22 noyabrdagi qaroriga muvofiq Andijon shahrida kop qavatli 37 zamonaviy uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Bugungi kunda Sulton Jora nomidagi mahalla fuqarolar yiginida 294 xonadonga moljallangan yettita kop qavatli turar joy bunyod etilmoqda.

Bu turar joylar birinchi galda uyga muhtoj odamlarga beriladi. Yosh oilalarning oyoqqa turib olishi, mustaqil, emin-erkin yashashi uchun sharoit yaratadi.

Andijon shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihalari taqdimoti otkazildi.

Andijon shahrining bosh rejasiga muvofiq shahar hududini kengaytirish rejalashtirilgan. Kop qavatli uy-joylar, talim, tibbiyot va sport muassasalari qurilishi moljallangan.

Universal sport majmuasi ulardan biri. Majmua loyihasini takomillashtirish, faoliyatini kengaytirish boyicha korsatmalar berildi. Majmua kop tarmoqli, koplab sport turlariga ixtisoslashgan boladi. Sport federatsiyalari shu yerga joylashadi. Majmuada xalqaro musobaqalar, ommaviy-madaniy tadbirlar otkazish uchun zarur sharoit yaratiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Andijon shahrida Ozbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xiyoboni va maktabi tashkil etilmoqda. Bu boradagi rejalar bilan tanishuv chogida xiyobonda Muhammad Yusuf haykalini ornatish, maktab faoliyatini zamon talablari asosida yolga qoyish boyicha tavsiyalar berildi.

Andijon shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallarini tashkil etish, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash rejalashtirilgan.

Bu shifoxonalar ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, murakkab jarrohlik amaliyotlarini viloyatning ozida otkazish, kasalliklarni samarali davolash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi hayoti, salomatligi bilan bogliq bu shifoxonalarni tezroq ishga tushirish, viloyat tumanlarida ularning subfiliallarini tashkil etish, malakali mutaxassislar tayyorlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish boyicha zarur korsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari eski Andijonmash aksiyadorlik jamiyatida boldi. Bu yerda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kichik sanoat zonasi loyihasi bilan tanishdi.

Bosh turgan yer maydoni 19,16 gektar bolgan mazkur hududda tashkil qilinadigan sanoat zonasida yengil sanoat, elektrokabel, charm-poyabzal mahsulotlari, eshik-rom, mebel, dori-darmon, plastmassa va qurilish materiallari ishlab chiqariladi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari qayta ishlanadi. 2 ming yangi ish orni ochiladi.

Sanoat zonasida tadbirkorlar va tijorat banklari tomonidan 127 milliard somlik 15 loyiha amalga oshirilishi kozda tutilgan.

Engelberg Group MChJning yangi fabrikasi ana shu loyihalardan biri. Alyumin profilli romlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona Turkiya va Germaniyadan keltiriladigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Rohat savdo servis MChJ tomonidan suspenziyalar, tibbiy mazlar, ampulalar, sirop va tabletkalar ishlab chiqariladi.

Prezidentimizning 2017 yil 23 fevraldagi Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosi yuzasidan viloyatda izchil ishlar olib borilmoqda.

Viloyatdagi xususiylashtirilgan va bosh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar togrisida malumot berildi. Bu borada shahar va tumanlarda qoshimcha xatlov ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar 5 ming 697 bino-inshoot xatlovdan otkazilib, ularning 283 tasi bosh turganligi aniqlangan. Shulardan 210 tasida yangi loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Prezidentimizga taqdim qilingan loyihalar kichik va yirik GESlar qurish, gaz taminoti tizimini takomillashtirish, sement va ohak ishlab chiqarish kabi yonalishlarga moljallangan.

Buloqboshi tumanida Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 21 ming tonna kimyoviy choktirilgan bor mahsuloti ishlab chiqarishga moljallangan loyiha Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Mahsulot toliq mahalliy xomashyo — ohaktoshdan olinadi. Korxona ishga tushgach, chet eldan sotib olinayotgan shu turdagi mahsulotga bolgan talab qondiriladi, uni eksport qilish yolga qoyiladi.

Davlatimiz rahbari loyiha tashabbuskorlari tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Ozfarmsanoat kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan 2017-2018 yillarga moljallangan farmatsevtika sohasini rivojlantirish dasturi loyihasiga alohida etibor qaratildi.

Trastbank tomonidan Andijon tumanida Zamin Bio Health jamiyatida yillik quvvati 10 million flakon insulin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyiha amalga oshirilgach, 100 kishi ish bilan taminlanadi.

Ozeltexsanoat aksiyadorlik kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan 2017-2018 yillarga moljallangan mazkur sohani rivojlantirish dasturi loyihasi yaratiladigan ish orinlarining kopligi bilan etiborni tortdi.

Prezidentimiz Ozavtosanoat aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatida amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalar bilan tanishdi. Yangi avtomobil rusumi Chevrolet trackerni ishlab chiqarish boyicha malumot berildi.

Bunda yengil avtomobillarning uskuna va jihozlarini modernizatsiya qilish, yengil avtomobillar qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi modeldagi avtomobillar uchun interer, shtamplangan, payvandlangan panellar, radiator, konditsioner tizimlari, orindiqlar, ovoz sondirgich tizimi qismlari, gaz chiqarish tizimlari ishlab chiqarishni yolga qoyish kozda tutilgan. Loyihalarni yanada takomillashtirish boyicha tavsiyalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib kordi. Andijon shahri Milliy tiklanish kochasi, 24-uyda joylashgan mazkur qabulxonada xalq bilan muloqot qilish, murojaatlarni korib chiqish uchun yaratilgan sharoitlarni kozdan kechirdi.

Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi odamlar bilan samimiy muloqotlar, safar davomida belgilab berilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yangi bosqichga kotarishga xizmat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: