O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
03.06.2017

BILIMLI, TASHABBUSKOR VA TASHKILOTCHI

yoshlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Partiyamizning yosh a’zolari, faollari, xayrixohlari «Kamolot» YoIH Markaziy Kengashi binosida Yosh siyosatchi — 2017 Toshkent shahar bosqichi boshlanishini kutishmoqda. Ayniqsa, golib bolishni niyat qilgan 12 nafar ishtirokchining hayajoni cheksiz.

Suhbatlashganimizda, yoshlarning aksariyati oz biznesini tashkil etish, yangi ish orinlari yaratish niyatida ekani, yangi loyihalar ustida ishlayotgani haqida gapirdi. Olmazor tumani sharafini himoya qilayotgan Bekzod Mustafoyev shunday deydi:

Ozbekiston Milliy universitetida magistratura bosqichida oqiyapman. 13 yoshimda baxtsiz voqea sabab kozim kormay qoldi. Albatta, boshida tushkunlikka tushdim. Vaqt otgan sari oldinga intilish kerakligini angladim. Oqidim, hunar organdim.

Ozimga oxshagan imkoniyati cheklangan insonlarning turmush sharoitini yaxshilash va jamiyatdagi faolligini oshirish uchun nima qilsam ekan, degan oy menga tinchlik bermay keladi. Bizga kim, qanday yordam bera olishini organa boshladim. OzXDPning goyalari mening rejalarimga hamohang ekan. Shu partiyaga azo boldim. Yosh siyosatchi 2017 korik-tanlovining tuman bosqichida golib bolib, Toshkent shahar bosqichiga otdim.

Bugun uchinchi shartda taqdim etmoqchi bolgan loyiham kozi ojiz va zaif koruvchilarni inklyuziv kasb-hunarga yonaltirishga bagishlangan. Bu loyiha amalga oshsa ishsiz, imkoniyati cheklangan kishilar hunarli boladi, hayotda oz ornini topadi.

Olmazor tuman partiya kengashi raisi Kamoliddin Akramovning hayajoni Bekzodnikidan kam emasligiga suhbat mobaynida amin boldik.

Odatdagidek ish kunlarining birida telefonim jiringladi, deydi u. Bir yigit salom-alikdan song partiyamizga azo bolmoqchiligini, dasturimiz bilan tanishib chiqqanini aytdi. Safimizga qabul qildik. Natijasini korib turibsiz. Bir yil bolmasdan korik-tanlovning tuman bosqichidan otib, shahar bosqichiga yetib keldi. Ishonamanki, u bugun faxrli orinlardan birini egallaydi.

Tanlov davomida ishtirokchilar uch shart asosida bellashishdi. Oz imkoniyatlari, bilim darajalarini sinovdan otkazishdi. Partiyamizning Saylovoldi dasturi, siyosiy partiyalar faoliyati, Oliy Majlis palatalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatiga oid savollarga ishtirokchilar dadil javob qaytarishdi.

Korik-tanlovning ikkinchi notiqlik mahorati shartida shayxontohurlik ishtirokchi Kenjapolvon Abdunazarov Men deputat bolsam... mavzusini mahorat bilan ochib berdi. U tumandagi muammolar va ularga yechim topish masalalarida oz taklif-mulohazalarini aytib otdi. Bu chiqish hakamlar hayati tomonidan yuqori baholandi.

Uchinchi shartda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan qator loyihalar namoyish etildi.

Istiqbol yoshlar qanoti tarkibida bitiruvchilarni ishga joylashtirishga komaklashuvchi guruh tuzish masalasi ilgari surilgan loyihani taqdim etdim, deydi Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik-litsey oquvchisi Xonzoda Xolmatova. Loyiha doirasida Sergeli tumani kollej va tashkilotlari qamrab olingan. Bir oylik tajriba natijasiga kora, 15 nafar bitiruvchi ishga joylashish arafasida.

Togrisi, tanlovni kuzatib, partiyamiz safida salohiyatli yoshlar kopligidan xursand boldim, deydi OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi Haydar Boboxonov. Ularning har biri oz mahorati, bilimini namoyon qila oldi. Kelajakda ulardan yaxshi mutaxassislar yetishib chiqishiga ishonaman.

Hakamlar hayatining yakuniy xulosasi elon qilindi. Unga kora, Mirzo Ulugbek tumanidan Eldor Vohidov birinchi, Olmazor tumanidan Bekzod Mustafoyev ikkinchi, Yoshlik talabalar shaharchasidan Sanatbek Muzaffarov uchinchi orinni egalladi.

Qator nominatsiyalar boyicha ham sovrindorlar aniqlandi.

Maxliyo ALIQULOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: