O'zb  
 
03.06.2017

QORIQLASH XIZMATIGA

zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoriqlash bosh boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani otkazildi.

— Bugungi kunda boshqarmamiz fuqarolar va obyektlar xavfsizligini ta’minlash, sohaga ilgor zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida etibor qaratib kelmoqda, deydi IIV Qoriqlash bosh boshqarmasi boshligi Tohriddin Najimov. Hozirda boshqarmamiz tarkibida faoliyat korsatayotgan 180 texnik qoriqlash punkti tomonidan on uch mingdan ortiq obyekt, 9 mingdan ortiq fuqaro xonadonlari qoriqlanadi. Joriy yilning otgan 4 oyi davomida 1500 dan ortiq obyekt va 1400 ga yaqin xonadon yangidan texnik qoriqlash punktlari muhofazasiga olingan. Soha xizmatini takomillashtirish maqsadida integrallashgan malumotni uzatuvchi «Pritok-A» qurilmasi xizmatga joriy etilmoqda. Mazkur tizim qoriqlanayotgan obyektlar va xonadonlar qorigini yagona tarmoqqa birlashtirib, ulardan tushayotgan axborotlarni markazlashtirgan holda yigish, kuzatish va tezkor choralar korish, qoriqlashning ishonchlilik darajasini oshirish imkonini beradi. Qurilma internet tarmogi, raqamli, modemli telefon tarmoqlari, GSM uyali aloqa kanallari hamda ultra-qisqa tolqinli radio tarmoqlarida ishlaydi.

Tadbirda qoriqlash xizmatining hammabopligini taminlash maqsadida xizmat haqini kamaytirish choralari korilayotgani malum qilindi. Qoriqlashga olinadigan obyektlar va ularda saqlanayotgan moddiy boyliklarni ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda, toifalarga bolish va tariflarni 40 foizgacha chegirmalar ajratish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, matbuot anjumanida avtotransport vositalariga UzGPS milliy monitoring tizimi trekerlari ornatilgani hamda ular markazlashtirilgan texnik qoriqlash kuzatuv punkti tomonidan nazorat qilinayotgani haqida ham axborot berildi.

Oz muxbirimiz.



DB query error.
Please try later.