O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.05.2017

ODAM SAVDOSI DAVR MUAMMOSI

Hududiy partiya kengashlari odam savdosiga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlab davra suhbati otkazmoqda.

Toshkent shahar va Mirobod tuman kengashlari hamkorligida Toshkent farmatsevtika institutida otkazilgan tadbirda «Istiqbolli avlod» Toshkent shahar ijtimoiy-axborot markazi xodimi Shohida Qosimova markaz faoliyati haqida sozlab berdi.

— Odam savdosi qurbonlari orasida oliy ma’lumotli kishilar, ayollar, voyaga yetmaganlarning borligi achinarli hol, deydi u. Faoliyatimiz davomida turli vaziyatlarga duch kelamiz. Odam savdosi qurboniga aylanganlar yon-atrofdagilarning salbiy munosabati oqibatida yashash manzilini ozgartirishi, oz joniga qasd qilishi holatlari ham uchrab turadi. Bizning markazimiz bu ogir jinoyatdan jabrlanganlarni Vatanga qaytarish bilangina cheklanib qolmaydi, balki ularning tibbiy, ruhiy holatlari tiklanishiga komak beradi. Murojaat qiluvchi haqidagi barcha malumotlar sir tutiladi. Bizning asosiy vazifamiz jabrlanuvchilarga togri yordam korsatishdan iborat.

OzXDP Olmazor tuman kengashi tomonidan shu masalaga bagishlab Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida tadbir otkazildi. Unda yoshlarni yot goyalardan asrashda targibot ishlarining orni va ahamiyati xususida soz yuritildi. Mutaxassislar hayotiy misollar keltirgan holda, oquvchi-yoshlarga odam savdosining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berdi.

Talim muassasalarida, mahallalarda targibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, eng muhimi, yoshlarning bosh vaqtlarini mazmunli otkazishga erishish lozim, deydi Olmazor tuman IIB jinoyat qidiruv va uyushmagan jinoyatchilikka qarshi kurashish bolimi xodimi Ulugbek Fayziyev. Bitiruvchi yoshlarning bandligini taminlash, doimiy daromad manbaini yaratish bilan bogliq masalalar hammamizning etiborimizda bolishi kerak.

Tadbir yakunida odam savdosidan jabrlangan insonlar hayoti aks etgan videorolik namoyish etildi.

Mahliyo RUSTAMOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: