O'zb  
 
30.05.2017

MUROJAATLARNING AKSARIYATI JOYIDA HAL ETILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqotning zamonaviy va samarali mexanizmi hayotga tatbiq etilayotgani odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va hal etish, fuqarolarning keng kolamli islohotlar jarayonida faol ishtirokini ta’minlash, adolatga, davlatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan bevosita muloqoti turli muammolarning joyida yechimini topishda yuksak samaralar bermoqda. Buni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati vakillari Andijon viloyatida otkazgan sayyor qabullar misolida ham korish mumkin.

Izboskan, Jalaquduq, Boz va Buloqboshi tumanlarida otkazilgan sayyor qabullarda qator sohalar boyicha vazir orinbosarlari, viloyat hokimining orinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, tumanlar hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Qabullarda murojaat qiluvchi har bir fuqaroning fikri tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish boyicha hokimlar, masalaga daxldor vazirlik, boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida zarur choralar korildi. Ijtimoiy-iqtisodiy, salomatlikni tiklash, nafaqa, yer ajratish, inson huquqlari buzilishi bilan bogliq aksariyat masalalar shu yerning ozida hal etildi, murojaat qiluvchi fuqaroning talabi qondirildi. Atroflicha organishni taqozo etadigan murojaatlarni hal etish boyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchiga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

— Tikuvchilik hunarim bor, lekin ishsizman, oilamiz uy-joyga muhtoj, deydi Asaka tumanida yashovchi uy bekasi Muqaddamxon Umarova. Ishga joylashish va uy-joy qurish uchun yer ajratilishini sorab, murojaat qilgan edim. Bugungi sayyor qabulda ish masalasi hal boldi, menga tikuv mashinasi va material berildi. Endi uyimda tikuvchilik bilan shugullanib, daromad topadigan boldim.

Men bir necha yil oldin Oltinkolpilla korxonasidan nafaqaga chiqqanman, deydi mehnat faxriysi Davlatbek Karimov. Lekin osha paytda korxonada mablag yetarli bolmagani uchun 7 million som ish haqimni ololmagandim. Sayyor qabulga ushbu masala boyicha yordam sorab keldim. Ochigi, ololmagan ish haqimdan umidimni uzib bolgandim, lekin Prezidentimizga rahmat, bugungi qabulda murojaatim ijobiy hal etilib, qolib ketgan ish xaqim hammasi tolab beriladigan boldi.

Sayyor qabullarda uy-joy, kommunal xizmat, ijtimoiy muhofaza, tibbiyot, talim, huquq-tartibot, bank idoralari faoliyati va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy masalalardagi 500 ga yaqin murojaat korib chiqilib, ularni hal etish boyicha tegishli choralar korildi. Murojaatlarning aksariyati oz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar organib chiqish uchun masalaga daxldor tashkilotlarga taqdim etildi.

Qabullar davomida nogiron, kam taminlangan oilalar vakili bolgan 60 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari berildi.

Xalq dardi, quvonchu tashvishiga sherik bolayotgan, odamlarning ogirini yengil qilish yolida ezgu ishlarni amalga oshirayotgan davlatimizdan minnatdormiz, deydi Respublika Manaviyat targibot markazi Buloqboshi tumani bolimi qoshidagi Faxriy ayollar bilan ishlash jamoatchilik guruhi raisi, Shuhrat medali sohibasi Rano Jumaniyozova. Bunday alohida etibor va gamxorlik odamlarning adolatga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

F.UBAYDULLAYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: