O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.05.2017

HAR BIR HUJJAT VAQTIDA VA SIFATLI IJRO ETILISHI SHART

29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston, Qozogiston, Rossiya, Xitoy mamlakatlariga tashriflari davomida hamda Turkiya rahbari bilan otkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlari yakunlari boyicha imzolangan bitimlar, shartnomalar va muayyan sohalarda ozaro sheriklikni rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish jarayonining holatini tahlil qilish va baholashga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Yigilishda Bosh vazir, uning orinbosarlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yigilishni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqardi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston rasmiy delegatsiyasining Turkmaniston, Qozogiston, Rossiya va Xitoyga joriy yildagi tashriflari 2016 yilgi Prezident saylovidan keyingi ilk xorijiy safarlar bolib, ularning natijalari strategik sheriklar bilan ozaro munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik kolamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Qayd etish kerak, har bir tashrif yakunida bitim va shartnomalar qatorida qiymati bir necha milliard AQSh dollariga teng bolgan koplab loyihalar imzolandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur davlatlar rahbarlari bilan muzokaralar chogida har bir loyihani alohida muhokama qilib, tola amalga oshirishga oid masalalar, jumladan, moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Loyihalarning «yol xaritalari» tasdiqlanib, ularning bosqichlari, ijro mexanizmlari va masul shaxslar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari bu borada muhim kelishuvlarga erishilganiga qaramay, ayrim rahbar xodimlar imzolangan hujjatlar ijrosini taminlashga eskicha yondashayotgani, iqtisodiy hayotimizda ustuvor ahamiyat kasb etadigan, yangi ish orinlari tashkil etish, aholining turmush farovonligini oshirish imkonini beradigan bu masalaga yetarlicha masuliyat bilan qaramayotganini chuqur tahlil asosida, aniq misollar orqali korsatib berdi.

Barcha zarur hujjatlar qabul qilingani, yangi tuzilmalar tashkil etilgani, eksportchi va sarmoyadorlar uchun har tomonlama qulaylik va imtiyozlar berilgani, bir soz bilan aytganda, mamlakatimizdagi xalqaro iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik subyektlarining samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganiga qaramasdan, hozircha aniq natijalar kozga tashlanmayapti, ijro muddatlari ortga surilmoqda.

Buning sabablaridan biri ishonchli xorijiy sherik va moliya manbalari mavjud bolmagan holda samarasiz loyihalar tayyorlash, amalda foyda bermaydigan hujjatlar imzolash holatlari bilan bogliqdir. Bunday loyihalarning monitoringini yuritish boyicha tizimli ish olib borilmayapti. Iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ahvol qoniqarli emas.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu masalada kamchilik va qoloqlikka yol qoyayotgan har bir vazirlik va idora faoliyatiga tanqidiy nuqtai nazardan baho berdi.

Xususan, Turkmanistonga tashrif asnosida qishloq xojaligi texnikasi, mineral ogitlar, avtomobillar, qurilish materiallari, maishiy texnika va boshqa mahsulotlar yetkazib berish boyicha umumiy qiymati 151 million AQSh dollariga teng hujjatlar imzolangan edi. Otgan uch oy davomida eksport hajmi 12 million dollarni tashkil etdi. Bu umumiy kelishilgan miqdorning 8 foizi, xolos.

Qozogiston, Rossiya va Xitoyga tashriflar hamda Turkiya rahbari bilan otkazilgan muzokaralarda ham bir necha milliard dollarlik yirik kelishuvlarga erishildi. Lekin ularning ijrosiga oid natijalar kutilganidek emas.

Davlatimiz rahbari yigilishda hisobot bergan mutasaddi rahbarlar oz masuliyatini keskin oshirishi zarurligini, bajarilmayotgan va kechikayotgan loyiha va shartnomalar uchun ular shaxsan javobgar ekanini alohida takidladi. Har bir loyihaning bajarilishi boyicha birinchi galdagi chora-tadbirlarni aniq-ravshan belgilash, moliyalashtirish va ijro jarayonlari boyicha zamonaviy va tizimli asosda monitoring olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sheriklik togrisidagi hujjatning imzolanishi avvalo uning ijrosi bilan muhimdir. Davlatimiz rahbari faqat qogozda aks etadigan, amalda hech qanday foyda bermaydigan loyihalar tuzishdek eskicha amaliyotdan butunlay voz kechish, bunday odat va kayfiyat bilan ishlashga mutlaqo chek qoyish lozimligiga alohida urgu berdi.

Erishilgan barcha kelishuvlarning moliyaviy manbalari, ijro mexanizmlari, logistikasi, masul idoralar va shaxslar hamda boshqa masalalar toliq hal qilingan bolishi, ish puxta va qatiy amalga oshirilishi kerak.

Prezidentimiz tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga chet davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida maqsadli investitsion strategiya hamda qabul qilingan kelishuvlar ijrosini taminlash boyicha Nizom ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

Ushbu tizimni takomillashtirish maqsadida masul ijrochilarning har haftada bir marta Vazirlar Mahkamasida va har oyda bir marta Prezident huzurida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan joriy va ishlab chiqilishi kozda tutilayotgan yangi investitsion loyihalar yuzasidan hisobot berish tartibi ornatiladi.

Loyihalarning oz vaqtida moliyalashtirilishi, mutasaddilarning ijro intizomi, masul shaxslarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishini nazorat qilish Hisob palatasi va Bosh prokuratura zimmasiga yuklandi.

Yigilishda dabdabali raqamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan quvish emas, yangicha samarali usul va mexanizmlarni tatbiq etish, ahvolni qisqa muddatda sinchiklab organib chiqish va zarur chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli korsatmalar berildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: