O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.05.2017

HARAKATLAR STRATEGIYASI HUDUDLAR TARAQQIYOTIGA XIZMAT QILADI

Olim RAVSHANOV, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari:

— 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar taraqqiyotimizni yangi bosqichga kotarishga xizmat qilmoqda.

Ma’lumki, ushbu muhim hujjatning uchinchi yonalishi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yonaltirilgan. Unga kora, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy osish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xojaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish masalalarida muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuni alohida takidlash joizki, Qashqadaryo viloyati istiqlol yillarida har jihatdan rivojlandi, obod va korkam maskanga aylandi. Hududdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Viloyat iqtisodiyotida ham ozgarishlar yuz bermoqda.

Mustaqillikdan avval viloyat iqtisodiyoti koproq xomashyo yetkazib berishga moljallangan bolsa, bugun yangi sanoat tarmoqlari izchil rivojlanmoqda.

Viloyatda sanoat ishlab chiqarilishini yangilash va rivojlantirish uchun investitsiya dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, yangi korxonalar qurilmoqda, eskilari qayta ixtisoslashtirilmoqda, kichik biznes va tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratilmoqda. Birgina otgan yilning ozida viloyatda 1740 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan. Ular bugun ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Viloyat ozining yuksak iqtisodiy salohiyati va sanoati bilan mamlakatimizda muhim orin tutadi. Otgan yili viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 trillion 896 milliard 900 million somni, 2015 yilga nisbatan osish surati 5,9 foizni tashkil etdi. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 51,6 foizga yetdi.

Harakatlar strategiyasi asosida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy osish suratlarini saqlab qolish, qabul qilingan orta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institutsional ozgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori osish suratlarini taminlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Shuni alohida qayd etish joizki, tadbirkorlikning qollab-quvvatlanayotgani, uni rivojlantirish uchun keng yol ochib berilgani tufayli viloyatda bu sohada keyingi yillarda ulkan ozgarishlar kozga tashlanmoqda. Ishbilarmonlar oz korxonalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab, sifatli, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ichki bozorni zarur mahsulotlar va xizmat turlari bilan toldirishning samarali, bozor talablariga juda tez moslashuvchan shakli hisoblanadi. Eng muhimi, u aholini ish bilan taminlash, bandlik muammolarini hal qilishning samarali vositasidir. Bu esa partiyamiz Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va goyalarga tola mos keladi. Oz navbatida, partiya faollari va deputatlar ham bu borada yanada tashabbuskor bolishlari talab etiladi.

Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ana shunday islohotlar natijasida keyingi 5 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 barobar oshgan, hududiy eksport hajmi 100 million dollarga yetgan va 2011 yilga nisbatan 2,5 barobar kopaygan. Bunday osish suratlari natijasi odamlarning turmush sharoitida, viloyat, shahar va qishloqlarimiz qiyofasida namoyon bolmoqda.

Harakatlar strategiyasida qishloq xojaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilgan. Qashqadaryo viloyati nafaqat sanoat, ishlab chiqarish, balki qishloq xojaligi sohasida yuqori salohiyatga ega hudud hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xojaligi sohasini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish maqsadida islohotlar samarali davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda fermer xojaliklari kop tarmoqli fermer xojaliklariga aylantirilmoqda. Hosildorligi past paxta maydonlari qisqartirilib, orniga koproq daromad beradigan kartoshka, meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish yolga qoyilmoqda.

Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi turdagi sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni kopaytirish, qator mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida ham viloyatda yirik tadbirlar, loyihalar amalga oshirilmoqda.

Alohida takidlash kerakki, tuman, shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari rejalashtirilgan ishlar va loyihalarning oz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishi boyicha deputatlik nazoratini kuchaytirmoqda. Chunki loyihalar amalga oshishi, yuqori haq tolanadigan ish orinlari yaratilishi, oilalarning daromad manbai kopayishi partiyamiz goyalarining asosini tashkil etadi.

Bularning barchasi taraqqiyotimizni yuksaltirishga, hayotimizni farovonlashtirishga, barqaror ish orinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: