O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.05.2017

HARAKATLAR STRATEGIYASI XALQARO NASHRLARDA

Koreya Respublikasining «The Korea Post» nashrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasiga bagishlangan maqola chop etildi.

Maqolada Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur strategiyani nafaqat Ozbekiston xalqi, balki xalqaro hamjamiyat ham katta qiziqish bilan qabul qilgani qayd etilgan. Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini qabul qilishda maxsus media maydonlar tashkil etilgani, bu borada fuqarolar, aholining turli qatlamlari va jamoatchilik faollari ortasida qizgin bahs va munozaralar olib borilgani, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet ellik investorlar fikr va takliflari inobatga olingani alohida takidlangan.

Harakatlar strategiyasi loyihasi muhokamasiga bagishlangan koplab xalqaro anjumanlar otkazilgani tilga olingan. Xususan, Toshkent shahrida joriy yilning yanvar oyida otkazilgan xalqaro davra suhbatida mazkur loyiha chuqur muhokama etilib, taklif va tavsiyalar bildirilgani qayd etilgan. Ushbu anjuman ishtirokchilari amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida Ozbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotganini, barcha sohada yolga qoyilgan xalqaro hamkorlik, hayotga tatbiq etilayotgan qoshma loyihalar ozining yuksak samaralarini berayotganini alohida takidlagan.

Taraqqiyot strategiyasi markazi azolari Koreya Respublikasida bolib, mamlakatimizning Harakatlar strategiyasiga bagishlangan qator uchrashuv va tadbirlar otkazgan. Harakatlar strategiyasining kolami va mohiyati The Korea Post nashrida qiziqish uygotgan.

Malumot ornida aytish joizki, yirik on-layn portaliga ega mazkur nashr xalqaro siyosat, iqtisodiyot, sanoat, madaniyat va turizm kabi mavzularni yorituvchi nufuzli OAV hisoblanadi. The Korea Post Ozbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi ortasida dostlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shuningdek, ozbek xalqining boy madaniy, manaviy va tarixiy merosini, Ozbekistonda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targib qilishga ulkan hissa qoshib kelmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: