O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.05.2017

XALQIMIZ FAROVONLIGINI YUKSALTIRISH, TURMUSH SHAROITINI YANADA YAXSHILASH ASOSIY VAZIFAMIZDIR

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Istiqlol yillarida poytaxtimiz o‘zgacha tarovat va zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bir-birini takrorlamaydigan ma’muriy binolar, turar joylar, keng va ravon kochalar, zamonaviy kopriklar, muhtasham savdo majmualari, bozorlar bunyod etildi.

Prezidentimiz Shayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome masjidida boldi.

Mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bagrikenglik tamoyillarini taminlash, ularning qonuniy asoslarini yaratish va rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida milliy urf-odat va qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas dinimizni, aziz avliyolar va ulamolarimizning boy merosini organish, ularning qadamjolarini obod qilish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash yolida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Suzuk otaning ismi Mustafoqul bolib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviy qizi Gavhari Hushtojning kenja ogli bolgan. Bolalik chogida bobosi u kishini erkalab Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!, degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga orgatgan. 1363-1364 yillarda buyuk bobokalonimiz Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.

Mustaqillik yillari bu muqaddas qadamjo qayta tiklanib, obodonlashtirildi. Suzuk ota mahalla fuqarolar yiginida besh mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada hunarmandlik, duradgorlik, oymakorlik rivojlangan.

Bunday masjid va maqbaralar manaviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu yerda ham hunarmandlar markazi va kutubxona tashkil etish lozim.

Prezidentimiz mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish boyicha topshiriqlar berdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, milliy qadriyatlarimizni tiklash, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kelajagimiz egalari bolgan barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi say-harakatlar, keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari samarasi barchamizga cheksiz faxr-iftixor baxsh etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent issiqlik markazi aksiyadorlik jamiyatining 3-issiqlik markazida boldi. Mazkur issiqlik markazi 1970 yillarda qurilgan bolib, tumandagi 937 obyektga issiqlik quvvati yetkazib beradi.

Bugungi kunda qozonxona va tarmoqlar texnik va manaviy eskirgani, markaziy qozonxonalar istemolchilardan uzoq masofada joylashgani sababli, issiqlik yetkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Toshkent shahrini toliq energiyatejamkor lokal qozonxonalarga otkazish zarur, dedi Prezidentimiz.

Shu yerda Shayxontohur tumanida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti bolib otdi.

Tijorat banklari aholiga bank xizmatlari korsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, daromadini oshirish, ish bilan taminlashda ham samarali ishlar olib bormoqda. Taqdimoti otkazilgan loyihalarda ana shunday masalalar oz ifodasini topgan. Unda tijorat banklari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi malumotlar keltirildi. Loyihalarda yaratiladigan ish orinlariga qarab kreditning yillik stavka foizi pasayib boradi. Bitta ish orni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz, beshta va undan ortiq ish orni yaratgan tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilanadi.

Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Shuning uchun har bir loyihani sifatli va oz vaqtida bajarishga alohida etibor berish kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Joriy oquv yilida tumandagi 9 kasb-hunar kollejini 4,5 mingdan koproq oquvchi tamomlaydi. Ularning aksariyati bilan tort tomonlama shartnoma tuzilgan, bitiruvchilar iqtisodiyot kompleksiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot otamoqda.

Tumandagi kollejlarda oquvchilar qaysi sohalar boyicha oqishni tamomlayotgani, kredit olib, oz tadbirkorligini boshlamoqchi bolgan yoshlar haqida malumot berildi.

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarning birontasi ham bosh qolmasligi, ularning ishga joylashishini qatiy nazoratga olish zarurligini takidladi.

Tumanda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kop tarmoqli sanoat klasteri istiqbolli loyiha sifatida baholandi.

Shayxontohur tumanida sanoatni yanada rivojlantirish kerak, dedi Prezidentimiz. Buning uchun sohani atroflicha organish va chet ellik investorlarni jalb qilish zarur.

Tashkil etilayotgan klasterda trikotaj, farmatsevtika, charm-poyabzal, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga keng orin beriladi. 2 ming ish orni yaratilishi kozda tutilgan loyihaning umumiy qiymati 250 million dollarni tashkil qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan moliyalashtirilayotgan qogoz ishlab chiqarish loyihasida qogoz mahsulotlariga bolgan ehtiyoj, joriy qilinayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot berildi.

Mamlakatimizda xususiy tibbiyot tarmogi ham jadal rivojlanmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 1 apreldagi Sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bu borada muhim bosqichni boshlab berdi. Shayxontohur tumanida amalga oshiriladigan loyihalarda bu sohaga ham alohida etibor qaratilgan.

Trust medikal centre masuliyati cheklangan jamiyati ochayotgan tibbiy markazga rivojlangan davlatlardan yuqori sifatli jarrohlik uskunalari keltirib ornatilmoqda. Joriy yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladigan mazkur klinikada 60 ish orni yaratiladi.

Zangiota zam-zam MChJ Savdogarbank kreditlari evaziga otoloringologiya va ginekologiya sohasida zamonaviy tibbiy xizmat korsatish boyicha loyihaga qol urgan. 2018 yilning ikkinchi choragida toliq ishga tushirilishi kutilayotgan loyihada 30 kishining bandligi taminlanadi.

Tumanda 2017 yilda sanoat va xizmat korsatish sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiyalar haqida ham malumot berildi.

Kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, mebel va qogoz, oziq-ovqat, toqimachilik, farmatsevtika, charm-poyabzal, qandolatchilik, mehmonxona xojaligi, elektrotexnika sohalaridagi loyihalarga ajratiladigan kreditlar miqdori, yangi korxonalarda yaratiladigan ish orinlari haqida batafsil axborot berildi.

Shavkat Mirziyoyev Beltepa va Jarariq kochalari kesishgan joyda barpo etilayotgan kongilochar istirohat bogi qurilishini kozdan kechirdi.

Mazkur bog konsepsiyasida milliy memorlik ananalari va zamonaviy shaharsozlik talablari uygunligiga alohida etibor qaratilgan. Bog hududi 10 gektar bolib, bu yerda kongilochar maskanlar, zamonaviy attraksionlar, qishki bog, charxpalak, musiqali favvoralar, skeytbord va changi uchish joylari, velosiped yolaklari, bog boylab dor yoli, kafelar, 5 qavatli avtomobillar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu bogdagi yopiq kongilochar maskanlar yilning tort faslida ham odamlar hordiq chiqarishi uchun keng imkoniyat yaratadi. Bog hududiga quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan yoritish ustunlari va zamonaviy soyabonlar ornatiladi.

Hudud musaffoligini taminlash maqsadida boqqa kashtan, qaragay, yapon saforasi, magnoliya, qayin kabi havoni tozalovchi va kislorod bilan boyituvchi daraxtlar, turli butalar ekiladi.

Istirohat bogida ommaviy tomoshalar, konsert dasturlari, korgazma, sport musobaqalari va boshqa turli tadbirlar otkazish imkoniyati yaratiladi. Turli hunarmandlik, sport togaraklari, mahorat darslari tashkil etiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 18 million dollar, ikkinchi bosqichda 22 million dollar mablag ozlashtirilishi moljallanmoqda.

Bogning birinchi bosqichini 2018 yilda, ikkinchi bosqichini 2019 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bog toliq ishga tushgach, 350 kishi ish bilan taminlanadi.

Davlatimiz rahbari bog loyihasi bilan tanishar ekan, mazkur maskan poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining sevimli dargohlaridan biri bolishi, odamlar hordiq chiqarishi uchun barcha zarur qulayliklar, atrof-muhit musaffoligini taminlaydigan infratuzilma barpo etish lozimligini takidladi.

Bizning asosiy vazifamiz — odamlarning samarali mehnati va kongilli dam olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iborat, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yerda sayr qilish uchun imkoniyat yaratish va turli attraksionlar ornatish bilan cheklanmay, bu maskanni katta-yu kichik uchun sevimli hordiq maskaniga aylantirish zarur.

Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarida manzarali daraxt va butalarni koproq ekish boyicha zarur korsatmalar berildi.

Prezidentimiz korsatmasiga muvofiq poytaxtimizda bunyod etiladigan Qoraqamish istirohat bogi, Eski shahar savdo markazi, kop qavatli turar joylar, talabalar milliy ilmiy-marifiy markazi, Islom madaniyati markazi loyihalari yanada takomillashtirildi.

Islom Karimov kochasida 3,5 ming orinli Universal sport saroyi, Maxtumquli kochasida Ashxobod bogi, Shayxontohur tumanida zamonaviy savdo markazi, Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogida Yozuvchilar uyushmasi binosini qurish boyicha loyihalar ishlab chiqildi.

Ushbu loyihalar qurilishini tezlashtirish boyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz raisligida Davlat soliq qomitasi binosida otgan yigilishda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Unda davlatimiz rahbari asos solgan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqotning noyob tizimiga aylangani, turli masalalarga oz vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani takidlandi. 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kotarishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Yigilishda aholiga barcha zarur sharoitlar yaratish, yangi ish orinlari tashkil etish, kommunikatsiya tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalarga alohida etibor qaratildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: