O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.05.2017

10 IMKONIYATDAN 9 OLTIN MEDAL

Poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Ilgari xabar qilganimizdek, final janglarining birinchi kuni 4 nafar bokschimiz ringga chiqib, barchasi galaba qozongan edi. Final oyinlarining ikkinchi kuni 5 nafar bokschimiz chempionlik uchun jangga chiqib, ularning har biri yuksak mahorat namoyish etib, Osiyo chempioni boldi. Shunday qilib, musobaqada qatnashgan 10 nafar bokschimizdan 9 nafari oltin medalni qolga kiritdi. Bokschilarimiz bu yorqin galaba bilan Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olishdi. Ozbekiston sporti yuksalib borayotganini yana bir bor namoyish etishdi.

Barcha muxlislar mahoratli bokschimiz Hasanboy Dosmatov (-49 kg.) ringga chiqishini hayajon bilan kutayotgandi. U raqibi mogulistonlik Gan Erdene Ganxuyang bilan bolgan uchrashuvda ishonchli harakat qilib, galabani qolga kiritdi. Rio Olimpiadasi oltin medali sovrindori hisoblangan hamyurtimiz ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo chempioni unvoniga sazovor boldi.

-52 kg. vazn toifasida Osiyo chempionatida qatnashgan bokschimiz Jasurbek Latipov finaldagi jangida Janubiy Koreya vakili In Kyu Kim ustidan galaba qozondi.

Iqboljon Xoldorov (-64 kg.) Moguliston terma jamoasi a’zosi Chinzorig Batarsuxga qarshi bolib otgan jangda raqibidan ustunligiga hech kimda shubha qoldirmadi.

Bokschimiz Shahram Giyosovning (-69 kg.) final jangini barchamiz alohida qiziqish va hayajon bilan kutgandik. Yurtdoshimiz qozogistonlik taniqli bokschi Ablaixon Jusupov ustidan ishonchli galabaga erishdi.

Eng ogir vaznli bokschilar ortasida ringga kotarilgan Bahodir Jalolov finalda Qozogiston vakili Qamishbek Konkabayevni maglubiyatga uchratdi.

Musobaqa yakunlariga kora, ozbekistonlik charm qolqop ustasi Hasanboy Dostmatov musobaqaning eng yaxshi bokschisi, deb topildi. Unga qitaning eng yaxshi bokschisi uchun beriladigan mukofotni Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Serik Qonaqbayev topshirdi.

Malumot uchun aytish kerakki, Ozbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medalni qolga kiritib, qita chempionati tarixida oziga xos rekord ornatdi.

Shu kungacha Osiyo chempionatlarida ikki marta Janubiy Koreya terma jamoasi (1965 yil Seulda, 1987 yil Quvaytda) 8 ta oltin medalga ega bolgan edi. Ozbekiston Osiyo rekordini yangilagan holda joriy yilning 23 avgust — 4 sentabr kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida bolib otadigan jahon chempionatida toliq tarkib bilan ishtirok etish huquqiga ega boldi.

Osiyo chempionatida Ozbekiston terma jamoasi birinchi (9 ta oltin medal), Qozogiston vakillari ikkinchi (1 oltin, 3 ta kumush va 4 bronza), Hindiston va Moguliston terma jamoalari esa uchinchi orindan joy olishdi (2 tadan kumush va bittadan bronza medal).

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: