O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.05.2017

BANKLAR KREDITLARI EVAZIGA

yoshlar o‘z loyihalarini amalga oshirishmoqda, yangi ish orinlari yaratilmoqda

Oqqorgon tumanida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi va mahalliy Kengashlar deputatlari hamkorligida «Partiyaning Saylovoldi dasturi ijrosi: amaliy ishlar va mavjud muammolar» mavzuida seminar otkazildi.

Unda OzXDP Markaziy Kengashi xodimlari, tumandagi tijorat banklari, Davlat soliq inspeksiyasi, Savdosanoat palatasi hududiy birlashmasi va Bandlikka komaklashish markazi mutaxassislari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Oqqorgon agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida mehnat yarmarkasi otkazildi. Unda barcha tashkilot va korxonalar ozlarining bosh ish orinlari bilan qatnashdi.

— Maktabgacha ta’lim muassasamizda sport, musiqa yonalishlari kabi bir necha togaraklar faoliyat korsatmoqda, deydi 11-MTM xodimi Shohida Avilbekova. Ingliz tili togaragi ham tashkil qilmoqchimiz. Mazkur yarmarkaga ushbu tilni chuqur biladigan mutaxassis topish maqsadida keldik. Ota-onalar ham farzandlari ingliz tilini organishini xohlashmoqda. Shuningdek, bizga oliy malumotli psixolog va hamshira ham kerak.

Mehnat yarmarkasida olti bosh ish orni bilan qatnashayapmiz, deydi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi tuman bolimi ish yurituvchisi Rano Aliasqarova. Toshkent tibbiyot akademiyasi ikki nafar bitiruvchisi bilan uch tomonlama shartnoma imzoladik.

Bankdan kredit olib, oz ishini boshlaganlar safi kundan-kunga kengaymoqda, deydi Agrobank tuman filiali bosh mutaxassisi Jaloliddin Tolipov. Kopchilik issiqxona qurish, asalari boqish va parrandachilikni yolga qoyish maqsadida bizga murojaat qilmoqda. Bugungi yarmarkada ham kredit olishni istaganlarga maslahatlar va amaliy yordam berdik. Dastlab bank xodimlari aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun xonadonma-xonadon yurgan edi. Buning natijasida tuman aholisining ish bilan bandligi sezilarli darajada oshdi.

Mehnat yarmarkasi yakunlangach, shu yerda oquvchilar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda banklar tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar, tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyishi yuzasidan maslahatlar, malumotlar berildi.

Seminar davomida kochma Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan fuqarolar qabul qilindi.

Bugungi amaliy seminarda ishtirok etgan yoshlar bilan suhbat qurganimizda ularning mustaqil fikri, intilishlari, pishiq-puxta oylangan biznes loyihalari borligiga guvoh boldim, deydi OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov. Bundan korinib turibdiki, yoshlarimiz mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning kuzatuvchisi emas, balki ishtirokchisiga aylanmoqda. Markaziy bankning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarning tashabbuslarini qollab-quvvatlash, bandligini taminlash maqsadida imtiyozli kredit olish imkoniyatini beruvchi sertifikatlar topshirdik.

Odamlarda ertangi kunga bolgan ishonch tobora mustahkamlanmoqda, deydi OzXDP Markaziy Kengashi Deputatlik birlashmalarining ishini muvofiqlashtirish va Jamoatchilik qabulxonalari bilan ishlash bolimi mudiri Boymurod Yusupov. Seminarga banklar xodimlarini bekorga taklif qilganimiz yoq. Ular yoshlarga kerakli yol-yoriqlarni korsatishadi. Bu ularga nafaqat ozini, balki tengqurlarini ham ish bilan taminlash imkoniyatini beradi. Oddiy bir misol: bitta yaxshi payvandchi bolsa, ertaga u ozi va 5-6 kishini ish bilan taminlaydi. Hamma joyga payvandchi kerak. Demak, mana shu nuqtai nazardan yoshlarga qorqmasdan banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozli kreditlarni olib ish boshlash kerakligini tushuntirishimiz zarur.

Tadbirkorlik bilan shugullanish maqsadida Mikrokreditbankdan imtiyozli kredit olish imkoniyatini beruvchi sertifikatga ega boldim, deydi Agrosanoat va tadbirkorlik kolleji bitiruvchisi Abdulaziz Xolmatov. 20 sotix yerimiz bor. Kichik issiqxona qurganmiz. Mazkur kreditga issiqxonani kengaytirmoqchiman.

Seminar yakuniga yetgach, banklar tomonidan imtiyozli kredit olib ishini boshlagan yosh tadbirkorlarning uylariga borildi.

Bedanachilik bilan shugullanish maqsadida Mikrokreditbank-dan 7 million 400 ming som miqdorida kredit olgan edim, deydi Islomobod mahallasida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Saidjon Sharifxojayev. Ushbu mablagga 2500 joja oldim. Bugun bedanalarni parvarish qila boshlaganimga 20 kundan oshdi, ozgarish katta. Yana 20 kundan song tuxum olishni boshlaymiz. 50-55 kun ichida ularning 70-80 foizi tuxumga kiradi. Ishlarimiz yurishib ketsa, faoliyatimizni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz.

Agrobankdan 6 million som miqdorida imtiyozli kredit olganman, deydi yosh tadbirkor Rustam Bakirov. Ushbu mablag hisobidan 2 sotix yerga 2 ta issiqxona barpo qildik. Bittasiga bulgor qalampiri, ikkinchisiga bodring ekdik.

Oglim Rustamning ishlaridan konglim toq, deydi Rahmonali Bakirov. Yoshlarimizga doimiy etibor berayotgani uchun davlatimizdan minnatdorman. Togrisini tan olish kerak, bundan 3 oy oldin bitta issiqxona qurishga ham qurbimiz yetmas edi. Bank krediti evaziga issiqxonani tezda ishga tushirdik. Buning natijasida oilamiz iqtisodi yaxshilandi. Hamma foydali mehnat bilan band. Oglim kelgusida faoliyatini rivojlantirib, yangi ish orinlari yaratmoqchi. Men ham unga oz maslahatlarimni berib turibman. Kelajakdan umidimiz katta...

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: