O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.08.2012

Gapirishdan oldin oylash kerak

yoki «Adolat» SDP o‘z elektorati borasida hamon aniq bir toxtamga kelolmayotgani xususida

KOPPARTIYaVIYLIK TIZIMI ShAROITIDA HAR BIR SIYoSIY PARTIYa OZINING MUQOBIL DASTUR VA GOYaLARINI JAMIYaTGA TATBIQ ETISh UChUN KURAShADI. BU SIYoSIY KURASh HAR BIR PARTIYaNING OZ ELEKTORATI MANFAATIDAN KELIB ChIQADI. TABIIYKI, BUNING UChUN SIYoSIY KUChNING ELEKTORATI ANIQ BOLIShI TALAB ETILADI.

Yaqinda Adolat SDP saytida e’lon qilingan va kopchilikni taajjubga solgan Jurnalistlar — bizning elektoratimiz sarlavhali maqolaga munosabat bildirgan edik. Unda qanday mezonlarga, qaysi asosga tayanib, ushbu fikr ilgari surilgani togrisida masala qoyilgan edi. Adolat gazetasida unga javob tarzida bosilgan Jurnalistlar ham ijtimoiy adolat tarafdori sarlavhali maqolani oqigach, adolatchilar asosiy masala bir chetda qolib, gapni boshqa yoqqa olib qochgani ayon bolib qoldi.

Maqolada qayd etilishicha, Adolat tuygusi jurnalistning yoki jurnalistikaning mohiyatini belgilaydi. Adolat tuygusidan yuzini chetga buradigan birorta jurnalist borligiga ishonmaymiz. Shunday ekan, Ozbekiston ovozi gazetasi ijodkorlari ham adolatdan yuz ogirolmasa kerak. Adolat degan soz, tuygu, tushuncha emasmi, har qanday jurnalistning qalbini titratgan. Yoq dengchi? Yoq deydigan jurnalist oz tanasiga oylab korsinchi?!.

Shu orinda ozgina bolsa-da soglom fikrlab koraylik. Biz nima degan edigu, adolatchilar nimalar deyishayapti? Bahsning asosiy mavzusi bir chetda qolib, safsatabozlikka otishganidan korinib turibdiki, ular aytishga aytib qoygan davolarini isbotlay olmay qiynalishayotganga oxshaydi.

Maqolada yana bir galati savol ortaga tashlanadi: Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari xodimlari Ozbekistonni kuchli, obroli, ozini ozi taminlay oladigan davlat sifatida korishni, millatlararo totuvlik va ijtimoiy adolat hukm suradigan jamiyatda yashashni istaydiganlar sirasiga kirmaydimi?

Agar masalaga adolatchilar nuqtai nazaridan kelib chiqib yondashadigan bolsak, demak, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro Adolat partiyasining elektorati bolib chiqadi-ku!

Bunday davoni ilgari surishdan oldin adolatchilar oylab korishlari kerak edi: Qaysi jurnalist OzLiDeP dasturida aks etgan kichik biznes va tadbirkorlik yoki fermerlik harakati rivojiga qarshi boladi? Yoki kim OzMTDP goyalari milliy ananalar va qadriyatlarimizni asrash, rivojlantirish tarafdori emas? Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, yani, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar, pensionerlar, kam taminlangan va boquvchisini yoqotgan oilalarni qollab-quvvatlashdek ezgu maqsadlarga kim xayrixoh emas? Bunaqada siyosiy partiyalarning har biri hammani oz elektorati hisoblashi mumkin.

Biz masalani aniq qoygan edik. Adolat partiyasining dasturi yoki boshqa hujjatida jurnalistlar Adolat SDP elektorati ekani togrisida malumot uchramaydi. Adolatchilar qanday qilib birdaniga jurnalistlarni oz elektorati hisoblab qoldi?

Xosh, jurnalistlar Adolatning elektorati ham deylik. U holda partiya ularning manfaatini himoya qilish uchun qanday chora-tadbirlarni belgilagan? Ommaviy axborot vositalari xodimlari muammolariga daxldor qanday masalalarni kotardi?

Bizningcha, ular bu mantiqsiz gapni aytib qoyib, endi xatoni tan olgisi kelmay, chalkash fikrlarni ilgari surishmoqda.

Tajribadan malumki, soglom va konstruktiv raqobat taraqqiyotga erishishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Afsuski, Adolat nashrida soglom, professional bahsdan yiroq chiqishlar oz emas. Bundan birinchi navbatda adolatchilarning ozlari ziyon korishadi.

Dilshod NARZULLAYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: