O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
07.05.2017

TINCHLIKNING QADRIGA YETISH KERAK

O‘zXDP «Istiqbol» yoshlar qanoti faollari urush qatnashchilari xonadonlarida bolishdi

Biz — tinchliksevar xalqmiz. Totuvlikda yashash, ozaro hurmat, mehr-oqibat tushunchalari qon-qonimizga singib ketgan.

Bir oylab koraylik. Notinch yurtda halovat boladimi? Tunu kun oilasi, farzandlari va yaqinlari omonligini oylab yashaydigan odam ozini baxtli his qila oladimi? Yoq, albatta. Aksincha, tinchlik, osoyishtalik bolgan joydagina bunyodkorlik boladi, taraqqiyot boladi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori tashabbusi bilanToshkent viloyatining Bostonliq tumanidaKeksalarimiz yoshlar e’zozi va etiboridaloyihasi doirasida amaliy tadbir tashkil etildi.

Partiya faollari bilan dastlab Gazalkent qishlogi tomon yol oldik.

Bugungi kunda tumanimizda 12 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi yashaydi, deydituman partiya kengashi raisi Olim Boboyev. Ularni tez-tez yoqlab turamiz. Urush xotiralarini tinglaymiz. Kopincha partiyamizning yosh azolarini ozim bilan birga olib kelaman. Ular otaxon va onaxonlarning sozlarini diqqat bilan tinglashadi, maslahatlarini olishadi. Bugun erta tongdan bir guruh yoshlar kelishdi. Maqsad urush qahramonlari holidan xabar olish.

Gazalkent qishlogida yashovchi urush nogironiXolim Xoltayevxonadoniga kirib borishimiz bilan otaxon yoshlar qurshovida qolib ketdi. Suhbat davomida Xolim bobo yigit-qizlarga urush xotiralarini sozlab berdi.

Urushni unutishni istayman, lekin ochmas xotiralar dilni ortaydi, bolam, deydi u. Urush bizning yoshligimizni, orzularimizni ogirladi. Kunu tun uxlamagan paytlarimiz bolgan. Yaradorlar, halok bolganlar ohi-zori hamon quloqlarim ostida eshitiladi. Urush millionlab odamlarning yostigini quritdi, qanchadan-qancha bolalarni yetim qildi.

Boboning urush yillaridagi xotiralarini tinglar ekanmiz, tinchlik eng ulug nematligiga yana bir bor amin boldik.

Xondoyliq qishlogida yashovchiKabir Umarovnihamma biladi. Chunki u urush qatnashchisi.

Bolam, urush qanchadan-qancha yosh yigit-qizlarning umriga zomin boldi, dedi otaxon. Hamma ham jang maydonlarida halok bolgan emas. Qahraton sovuqqa dosh berolmay vafot etganlar qancha. Kechalarni zax yertolalarda otkazganmiz. Jang maydonlaridan yaradorlarni yelkalab olib chiqayotganda qancha hamshira qizlar halok bolishdi. Bazilar bir necha kunlab yarador holida qolib ketardi. Kimdir oyoqlaridan ajralgan, kimdir qolidan... Har birining ortidan qancha odam qon yiglab qoldi. Xullas, bundaylar kop edi. Bir yaqin safdoshim oyogidan yarador boldi, noiloj ikki oyogini kesib tashlashdi. U hali juda yosh edi. Bu ahvolda yashashning nima keragi bor, deb faryod urib yiglab chiqardi.

Kabir bobo bilan suhbatlashgach, u kishining uzoqlarga tikilgan nigohlarida nimalar aks etganini anglaganday boldik. Bobo urushning mudhish oqibatlarini, quroldoshlari boshidan otkazgan qiyinchiliklarni kop oylar ekan...

Yana bir urush qatnashchisiToshturgun Shogiyosovxonadoniga borganimizda, otaxon oila azolari bilan dasturxon atrofida ekan. Keyin bilsak, farzand va nevaralari bobodan xabar olgani kelishgan ekan. Biz ham ularning qatoriga qoshildik. Yonimizdan joy olgan Muxtabar opa bilan suhbat qurdik.

Otam negadir urush xotiralarini sozlashni unchalik xush kormaydi, dedi u. Bir kuni otamning kozida yosh kordim. Xavotirlanib hol-ahvol soradim. Quroldosh bir dostining gapi yodiga tushib ketgan ekan. Men urushga kelayotganimda xotinimning oy kuni yaqin edi. Bolam uchun sog-salomat qaytaman, deb vada bergandim. Farzandim tugilib qolgandir..., degan edi. Lekin u vadasining ustidan chiqolmadi, urushda mardlarcha halok boldi.

Toshturgun bobo ana shunday xotiralarini bizga ham gapirib berdi.

Qoranqul qishlogida yashovchiMirxoliq ota Ismanovham urush qiyinchiliklarini boshidan otkazgan. Partiyamizning Istiqbol yoshlar qanoti azolari otaxonning xonadonida ham bolishdi. Uy yumushlariga yordam berib, esdalik sovgalari topshirishdi.

Bu yoqlovlar konglimizni togdek kotaradi, dediMirxoliq bobo. Bugungi tadbir tashkilotchilariga rahmat.

Xullas, katta taassurotlar bilan poytaxtga qaytdik. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan suhbatimiz, ular aytib bergan voqealar yol boyi xayolimizni tark etmadi. Bu xulosa edi, saboq edi: Tinchlikning qadriga yetish kerak.

OzXDP Markaziy Kengashi Istiqbol yoshlar qanoti yetakchisi Umurbek Bektemirovuchrashuvlardan olgan taassurotlarini sozlab berdi:

Bugungi uchrashuvlardan juda hayajonlandim. Urush qatnashchilari oldida qarzimiz kopligini yanada chuqurroq angladim. Ming afsuski, ularning safi yildan-yilga kamayib bormoqda. Ulardan eshitganlarimiz bizga hayot yolida asqotishi tabiiy. Bunday suhbatlar yoshlarning har tomonlama ogoh va hushyor bolib ulgayishida, hayotni chuqurroq tushunib yetishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylayman.

Darhaqiqat shunday. Nuroniy kishilar bilan dildan suhbatlashish, ularning xotiralarini tinglash biz, yoshlar uchun katta saboqdir...

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: