O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.05.2017

EL-YURTGA SADOQAT BILAN XIZMAT QILISH ASOSIY BURCHIMIZDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 6 may kuni Yashnobod tumanida boldi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda poytaxtimizni kelgusi besh yilda rivojlantirish boyicha oz dasturini taqdim qilgan va bu borada aniq takliflar ilgari surgan edi.

Dunyo bozorida raqobatbardosh sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar korsatishni tashkil etish, yangi ish orinlari yaratish, kop xonadonli arzon uy-joylar qurish, tadbirkorlarga qoshimcha imtiyozlar berish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, kop qavatli uylarni ta’mirlash va ular hududini obodonlashtirish, shahar aholisini toza ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan taminlash, ekologiya va sanitariya muhitini yaxshilash, metro, avtomobil yollari va kopriklar qurilishini davom ettirish, profilaktika inspektorlari institutini mustahkamlash, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, dori-darmonlarga narx belgilashni tartibga solish. Bu masalalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda aytilgan reja va tadbirlarning bir qismi.

Otgan vaqt mobaynida yuqorida sanab otilgan masalalarning barchasi boyicha farmon, qaror va boshqa tegishli hujjatlar qabul qilinib, ijrosi izchil taminlanmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Oybek kochasidagi kop qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor texnologiyalarni borib kordi.

Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz taminlash boyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 20 apreldagi «2018-2022 yillarda issiqlik taminoti tizimini rivojlantirish dasturi togrisida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga kotarishda muhim omil bolmoqda.

Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahrida issiqlik taminoti tizimini yangilash va modernizatsiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bolgan mahalliy qozonxonalar qurish, kop qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarida lokal issiqlik taminoti tizimini rivojlantirish boyicha keng kolamli vazifalar belgilangan.

Poytaxtimizdagi markazlashgan issiqlik taminoti tizimi uskunalari va tarmoqlar texnik va manaviy eskirgani, markaziy qozonxonalar istemolchilardan uzoq joylashgani sababli issiqlik yetkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda.

Prezidentimiz qaroriga asosan poytaxtimiz tumanlarida zamonaviy qozonxonalar qurish, quyosh energiyasi bilan suvni isitadigan gelioqurilmalar negizida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiqlik bilan taminlash boyicha dastur ishlab chiqilmoqda. Dasturga kora, joriy yilda poytaxtimizda 211, jumladan, kop qavatli uylar tom qismida 134, mavzelar hududida 77 qozonxona quriladi. Ushbu maqsadlar uchun sarflanadigan 170 milliard som mablag tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Oybek kochasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan qozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. Bu qozonxona ananaviy markazlashgan isitish tizimiga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Qozonxonada zamonaviy texnologiya asosida quyosh nuridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, suv xonadonlarga taqsimlanadi. Bu tabiiy gazni tejash, istemolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishda yoqotishlar va avariya holatlarining oldini olish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Qozonxonada soatiga 416 kilovatt issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 460 million som bolib, xarajatlar Toshissiqquvvati ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan qoplangan. Uy yuqorisidagi texnik qavatda qozonxona, tomda quyosh kollektorlari ornatilgan.

Quyosh suv isitgichlari ekologik tozaligi, kop xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. Bunday texnologiyalar nafaqat quyoshli, balki bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara oladi.

Bu ishlardan kozlangan asosiy maqsad kop qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishdir, dedi Prezidentimiz. Kommunal sohani yanada takomillashtirish va korsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun quyosh energiyasi asosida ishlaydigan issiqlik energiyasi tizimiga otishni hayotning ozi taqozo etmoqda. Toshkent shahrida kelgusi uch yilga moljallangan alohida tizim ishlab chiqiladi. Bu tizim quyosh energiyasi yordamida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv va energiya bilan uzluksiz taminlash, energiya resurslarini tejash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari gelioqurilmalar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlari bilan tanishdi.

Qozonxonalar qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qollash, malakali mutaxassislarni jalb etish borasida zarur korsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent qogozi masuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xalqimizning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xojaligi, turistik va mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent qogozi masuliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud. Bu salohiyatdan foydalanish maqsadida jamiyat hududida kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yolga qoyish zarurligini takidladi.

Shu yerning ozida Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar taqdimoti otkazildi.

Tumanda sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boyicha aniq reja ishlab chiqilgan.

Yashnobodda qaysi yonalishlarga ehtiyoj kopligidan kelib chiqib alohida tizim yaratish kerak. Biznes-inkubatorlar tashkil etish orqali odamlarning ishonchini oshirish, dunyoqarashini ozgartirish, tadbirkorlikka jalb etish lozim. Bozorni organib, talab yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarga keng imkoniyat berish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tijorat banklari komagida tumanda dori va tibbiyot vositalari, maxsus kiyimlar, qogoz, laminat panellar, yog va yem mahsulotlari, travertin va marmar plitalar, sim oramlari ishlab chiqarish, kongilochar maskanlar, zamonaviy bozor va xususiy klinika tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarning tashabbuskori bolgan tadbirkor va investorlar bilan suhbatlashdi. Rejalarni oz vaqtida amalga oshirish, ishbilarmonlarga qoshimcha imtiyozlar yaratish boyicha mutasaddilarga tegishli korsatmalar berdi.

Prezidentimiz kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi.

Davlatimiz rahbari poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Tibbiyot muassasasining samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati korsatishni yanada kuchaytirish zarurligini takidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, poliklinikani tamirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish, tibbiy yordam qamrovini kengaytirish boyicha topshiriqlar berdi.

2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilinganida ham katta mano mujassam. Zero, inson manfaatlari deganda insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan tolaqonli foydalanishi ham nazarda tutiladi.

Prezidentimiz sogliqni saqlash sohasi vakillari bilan bir necha marotaba uchrashib, birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillashtirish boyicha korsatmalar berdi. Soha rivojiga qaratilgan bir nechta farmon va qarorlar qabul qilindi, ularning ijrosi izchillik bilan taminlanmoqda.

32-oilaviy poliklinika 27 ming 300 ga yaqin aholiga tibbiy xizmat korsatmoqda. Bolalar va tugish yoshidagi ayollar, keksalar chuqurlashtirilgan tibbiy korikdan otkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizdagi har bir poliklinikaga tez tibbiy yordam mashinalari ajratildi. 32-oilaviy poliklinikada ham tez tibbiy yordam punkti faoliyati yolga qoyilmoqda.

Prezidentimiz shu yerda mahalla aholisi bilan muloqotda boldi.

Ozbekistonda xalq istemoli tovarlari ishlab chiqarish jadal suratda rivojlanayotir. Bu borada, ayniqsa, elektr texnika sanoati yuqori natijalarga erishmoqda. Tarmoqqa katta hajmdagi investitsiyalar jalb etilgan holda yangi-yangi korxonalar tashkil qilinmoqda. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bu korxonalarda eksportbop istemol mahsulotlari ishlab chiqarish yolga qoyilmoqda.

Bugungi kunda Artel brendi ostida muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, konditsioner, mikrotolqinli pech, changyutgich, qol telefoni kabi eng songgi rusumdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahsulotlar turi, sifati va ishchi orinlari bilan qiziqdi.

Artel brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar korgazmasi namoyish etildi. Prezidentimiz korgazma bilan tanishib, mahsulotlar turini kopaytirish boyicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Shu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yigilish bolib otdi. Unda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqotning muhim tizimiga aylangani, turli masalalarga oz vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani takidlandi. 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishi qayd etildi. Aholiga barcha zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: