O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.05.2017

AHOLI KOPROQ QANDAY MASALALARDA MUROJAAT QILYAPTI?

Prezidentimiz tomonidan 2017 yil yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinganida aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etishning yangi mexanizmlaridan foydalanish kerakligi alohida uqtirib otildi. Bu barcha darajadagi rahbarlar, deputatlar oldiga yangi va masuliyatli talablarni qoydi. Inson manfaati hamma narsadan ustun, degan tamoyil mamlakatimiz siyosatining bosh mezoniga aylandi.

Deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bolib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini organib, tahlil qilishi, rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari muhokamasiga kiritishi hamda ular faoliyatiga tegishli xulosalar berishiga oid bandi ijrosi parlamentimiz faoliyatida yangi bosqichni boshlab berdi, desak mubolaga bolmaydi. Bu jarayonda nafaqat Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz azolari, balki mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz ham faol ishtirok etmoqda.

Xosh, bugun deputatlarga aholi qaysi masalalarda koproq murojaat qilyapti? Ularni hal etish boyicha qanday chora-tadbirlar korilmoqda, qanday tashabbuslar ilgari surilmoqda? Deputatlarimizga ana shu savollar bilan murojaat qildik.

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

— Xabaringiz bor, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar azolari har oyning birinchi 10 kunligida joylarga chiqib, bittadan tumanni kompleks organishmoqda. Hokimiyat, huquq-tartibot idoralari xodimlari, talim, sogliqni saqlash sohalaridan tortib barcha yonalishlarda odamlarni qiynayotgan masalalar tizimli ravishda organilib, muammolar hal etilmoqda. Buni xalq bilan muloqotning samarasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, har bir deputat har oyda oz hududidan 50 tadan xonadonga kirib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot olib boryapti. Bu jarayonda mahalliy Kengashlar deputatlari bevosita ishtirok etmoqda. Natijada hududlardagi bazi masalalarni sessiyalarga kiritish tizimi takomillashtirilyapti.

Misol uchun, mart oyida Namangan viloyatining Uychi tumanida boldik. Aprel oyida Toraqorgon tumanida uyma-uy yurib, odamlarning turmushi bilan tanishdik, ularni tashvishga solayotgan masalalarni organdik. Muammolarga yechim topish boyicha mahalliy hokimliklarga, tarmoq, tashkilot va idoralarga murojaat qildik.

Organilgan masalalar boyicha mahalliy hokimiyat organlariga deputatlik sorovlari yuborilyapti, ular ijrosiga ham etibor qaratyapmiz.

Qishloq vrachlik punktlarida optimallashtirish jarayonini olaylik. Bu orqali bugungi kun talablariga javob bermaydigan, moslashtirilgan binolardagi qishloq vrachlik punktlari joylashuvi qayta korib chiqilmoqda. Samarasiz ishlayotgan punktlarga sarflanayotgan mablaglar talab yuqori bolgan QVPlarni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlashga yonaltirilmoqda. Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi, vrach u yerda yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga etibor qaratilyapti. Biz ham oz navbatida, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosi bilan yaqindan tanishyapmiz. Masul xodimlar, rahbarlarning bu masalaga etibori qandayligi bilan qiziqyapmiz.

Uchrashuvlar, muloqotlar davomida xalqimiz ongida katta ozgarishlar bolayotgani sezilmoqda. Qay bir hududga bormaylik, odamlarning ichki va tashqi siyosatda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqishi har qachongidan ortganiga guvoh bolyapmiz. Murojaatlarda shaxsiy manfaatdan kora, xalq dardu tashvishi ustunlik qilayotgani ham kishini quvontiradi. Ichki yollarni tamirlash, ichimlik suvi, tibbiyot masalasi, kommunal sohani rivojlantirish, eng asosiysi, xalqning haq-huquqini, qonun ustuvorligini taminlash, ichki ishlar tizimi, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga bolgan ishonchni oshirish boyicha olib borilayotgan islohotlardan xalqimiz minnatdor bolyapti.

Gulomjon SAPAYEV, OzXDP Xorazm viloyat kengashi raisi:

Bugun hayotning ozi siyosiy partiyalar oldiga yuksak vazifalarni qoymoqda. Chunki bugungi saylovchi kechagidan keskin farq qiladi. Ular partiyadan amaliy ish kutmoqda. Shu nuqtai nazardan partiyamiz tashkilotlari oz ishini qaytadan korib chiqdi. Deputatlik birlashmalari hamda partiya tashkilotlari ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, elektoratimizga daxldor bolgan muammolar yechimiga alohida etibor qaratilmoqda.

Xorazm viloyatida partiyamizdan saylangan 118 nafar deputat, 12 ta deputatlik guruhimiz bolsa, ularning har biri uchun aniq vazifalar belgilandi. Yani har bir guruh har chorakda kamida 4 masalani organishi, kamida 1 masalani sessiyaga kiritishi va muammo yuzasidan hayotiy takliflar berishi lozim.

Shu orinda otgan yilgi holatga toxtalib otmoqchiman. 2016 yil davomida Xorazm viloyati boylab 38 deputatlik sorovi amalga oshirildi. Joriy yilning shu kuniga qadar 30 ga yaqin deputatlik sorovi yuborilgan. Ularda joylardagi tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, aholining dori vositalariga bolgan ehtiyojini taminlash va yana boshqa koplab masalalar kotarilgan. Misol uchun, xalq deputatlari Bogot tuman Kengashidagi OzXDP guruhi tomonidan tumanda dori vositalarining taminoti, narx-navoning mutanosibligi tahlillar asosida organildi. Mazkur masala tegishli doimiy komissiyada muhokama qilindi va dori vositalarining sifati hamda bahosi ustidan deputatlik nazorati ornatildi.

Mahalliy Kengashlar deputatlari Oliy Majlis Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari bilan aholi xonadonlari, maktab, kollej, tibbiyot muassasalari, mehnat jamoalarida bolib, haqiqiy ahvol bilan yaqindan tanishib chiqyapti. Muammolarni hal etish, taraqqiyot rejalarini amalga oshirish yuzasidan odamlar ham oz mulohazalari, takliflarini bildirishmoqda.

Yaqinda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi yigilishida maktabgacha talim muassasalari moddiy-texnik ahvoli va u yerda mavjud muammolarning yechimi boyicha masala muhokama qilindi. Viloyat xalq talimi boshqarmasining axboroti eshitildi va bir qancha yechimini kutayotgan masalalar borligi malum boldi. Masalan, bazi maktabgacha talim muassasalari binolari oz vaqtida ishga tushirilmagan. Ayrimlari mebel jihozlari bilan yetarli taminlanmagan. Bu masalani taklif va tavsiyalar asosida doimiy komissiyada, zarurat bolsa, sessiyada korib chiqish boyicha qaror qabul qilindi.

Bandlik masalasini olaylik. Deputatlar bu borada ham tizimli ishlar olib bormoqda. Xususan, kollejlardagi mutaxassisliklar boyicha osha hududning ehtiyoji qandayligi organilmoqda. Monitoring davomida malum boldiki, bazi kollejlarda komputer mutaxassisligi boyicha har yili yuzlab oquvchi bitiradi. Lekin osha hududda bu mutaxassislikka ehtiyoj u qadar katta emas. Yoki aksincha, bazi joylarda asosan qishloq hojaligi sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlanyapti. Natijada bu ishsizlikni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun kvotalash masalasi boyicha taklif va tavsiyalar berilmoqda.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: