O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.05.2017

HARAKATLAR STRATEGIYASI TARAQQIYOT KAFOLOTI

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashida 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi, unda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatiga bagishlangan oquv-seminar otkazildi.

Mazkur oquvda partiya faollari, deputatlar, tuman kengashi raislari qatnashdi.

Yunusobod tumanidagi 52-oilaviy poliklinika bosh shifokori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Kimyo Shokirova Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosining elektorat manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida maruza qildi. Shu asosda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar uchun turli xildagi tadbirkorlik ishlarini tashkil etishga komaklashish, ehtiyojmand aholi qatlamiga tizimli yordam berib borish muhim masala ekanini takidladi.

— Inson manfaati har narsadan ustun, deydi u. Ana shu ulugvor goyalardan kelib chiqib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bu, albatta, partiyamizning Saylovoldi dasturiga hamohangdir. Masalan, sogliqni saqlash tizimini olaylik. Tez tibbiy yordam xizmati 1200 ga yaqin jihozlangan maxsus avtotransport bilan taminlanishi belgilab qoyildi. Demak, aholiga sifatli va tez tibbiy yordam korsatish ishlari yanada jonlanadi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini taminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasidadolzarb vazifalar belgilangani takidlandi.

Ozbekiston XDP tizimida «Deputatlik birlashmalarining ishini muvofiqlashtirish sektori» faoliyati tizimini isloh qilish masalasi yuzasidan qatnashchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Qonunlarni xalqqa yetkazishning samarali usullari xususida tinglovchilarga malumot berildi va yosh avlodning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash zarurligi alohida qayd etildi.

Oquv-seminar yakunida ishtirokchilar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mahliyo ALIQULOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: