O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
02.05.2017

OLTI JANG, OLTI GALABA

Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida 30 apreldan 7 mayga qadar boks boyicha Osiyo chempionati bolib otishi haqida xabar bergan edik. Otgan kuni boshlangan katta sport bayramida Osiyo boks Konfederatsiyasi (ASBC)ga a’zo 29 mamlakatdan 179 nafar eng kuchli bokschi goliblik uchun kurash olib bormoqda.

Xalqaro havaskor bokschilar Assotsiatsiyasi (AIBA) qoidalariga kora, janglar 10 ta — 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91 va +91 kg. vazn toifalarida otkazilmoqda.

Vakillarimizning qita birinchiligidagi ishtirokini 52 kilogrammgacha ogirlikdagi bokschimiz Jasurbek Latipov boshlab berdi. U pokistonlik Sayid Asifga qarshi jangda ishonchli galabaga erishdi.

Jasurbek Latipov ikkinchi bosqichda qirgizistonlik Azat Usenaliyevga qarshi jang otkazadi.

Shuningdek, qita birinchiligining kecha bolib otgan bahslarida yana besh nafar bokschimiz ringga kotarildi.

56 kilogrammgacha vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev turkmanistonlik Shodlik Murodovga qarshi bahs olib bordi va raqibini birinchi raundidayoq nokautga uchratdi. Murodjon Ahmadaliyev keyingi bosqichda butanlik raqib bilan kuch sinashadi.

-64kg. vazndagi bokschimiz Iqboljon Xoldorov dastlabki jangda hindistonlik Ashish qarshiligini yengib otdi. Iqboljon Xoldorovning keyingi bosqichdagi raqibi Xitoy Taypey vakili Xung Ming Pan boladi.

Hasanboy Dosmatov (-49kg.) Osiyo chempionatidagi ilk jangini Shri-Lanka vakili Txivanka Pallexaga qarshi otkazdi. Amaldagi Osiyo chempioni bolgan hamyurtimiz yaqqol ustunlik bilan galaba qozondi. Hasanboy Dosmatov keyingi bosqichda Qozogiston terma jamoasi azosi Jumart Yerjanga qarshi ringga kotariladi.

75 kilogrammgacha ogirlikdagi vazn toifasida ringga kotarilgan ozbekistonlik Isroil Madrimov falastinlik Abudabat Qosimni birinchi raundning 35 soniyasidayoq texnik nokaut holatiga tushirdi. Endi u navbatdagi bahsda filippinlik Marsial Eumirga qarshi jang olib boradi.

91 kilogrammdan ogir vaznli bokschilar ortasidagi jangda ozbekistonlik Sanjar Tursunov koreyalik Xeong Kyu Kimdan ustun keldi.

Shunday qilib kecha bahsga kirishgan bokschilarimizning barchasi dastlabki janglarni galaba bilan yakunladi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: