O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.07.2012

Faqat qonuniy yol bilan

mehnat huquqidan foydalanish, munosib ish haqi olish va ishonchli ijtimoiy himoyalanish mumkin. Biroq hali-hamon ayrim fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat daftarchasisiz ishlayotgan kishilar oz emas. Liberallar esa sukut saqlashdan nariga otishmayapti

BOZOR MUNOSABATLARIGA BOSQIChMA-BOSQICh OTISh DAVRIDA AHOLINING TURMUSh DARAJASINI HISOBGA OLISh, FUQAROLARNI IJTIMOIY HIMOYa QILISh BOYIChA TIZIMLI ChORA-TADBIRLARNI AMALGA OShIRISh DOLZARB AHAMIYaTGA EGA.

Shu manoda, pensiya taminoti tizimini yanada rivojlantirish, pensiya va nafaqa oluvchilarning huquq va manfaatlari qonun talabi darajasida himoya qilinishiga erishish goyatda muhim. Buning uchun, albatta, kishilarning tashabbusi va tadbirkorligini qollab-quvvatlash, huquqiy faoliyatini yolga qoyish, ishchi-xizmatchilarning qonuniy ishini tashkil etish lozim.

Gap kishilarning mehnatga oid huquqlari himoyasi, ijtimoiy muhofazasini taminlash haqida borar ekan, OzLiDePga nisbatan qator etirozlarni bildirishimizga togri keladi.

Xususan, OzLiDeP dasturida amalda aholi daromadlarini oshirish, shuningdek, fuqaro va korxonalarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish belgilangan. Mehnatga haq tolashning ragbatlantiruvchi usullarini kengroq joriy etish orqali yollanma ishchilarning mehnat samaradorligini oshirishga bolgan manfaatlarini yanada kuchaytirish kerakligi qayd etilgan.

Biroq togrisini aytish kerak, liberallar faoliyatida mazkur vazifalar doirasida hech qanday amaliy ish kuzatilmayapti.

Ayrim tadbirkorlik subektlarida kishilar mehnat daftarchasisiz ishlab, rasmiy hujjatlarga imzo chekmasdan haq olayotgani, buning natijasida tadbirkor davlatga soliq tolashdan qochayotgan hollar yoq emas. Jumladan, Ohangaron tumanida ayni kunda 400 dan ortiq fermer xojaliklari faoliyat yuritayapti. Mavsumiy ishlar uchun ular har yili 300 nafarga yaqin yollanma ishchini jalb qilishadi. Endi oylab koraylik, har yili shuncha yollanma ishchi jalb etilsa-yu, ular tegishli soliqlarni tolamasa, bu tuman byudjetiga, yani soliq tushumiga salbiy tasir etmaydimi?

Bu ham bevosita partiyamiz ilgari surgan qarashlarga zid. Chunki, OzXDP bozor iqtisodiyoti ijtimoiy tus olishi uchun eng avvalo, uni qonun bilan belgilangan moliyaviy va soliq vositalari orqali tartibga solish talab qilinishi lozimligini etirof etadi.

OzXDP dasturida asosiy daromadni mehnatdan oladigan, ishda va mehnatga haq tolashda talablari ish beruvchilar tomonidan ishonchli himoya qilinishiga muhtoj odamlar manfaatlarini ifoda etishi aniq belgilab qoyilgan. Shu bois partiyamiz mehnatga haq tolash tizimini takomillashtirish, ish beruvchilarning xodimlar oldidagi masuliyatini oshirish, pensiya va nafaqalarning togri taqsimlanishi masalasiga etibor qaratib kelayapti.

Biroq tan olish kerak, hali-hamon joylarda pensiya miqdorini belgilashda meyoriy talablarni buzish hollari mavjud. Shu yilning aprel oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi tomonidan tashkil etilgan yigilishda bunga qishloq xojaligi tizimidagi korxonalar va xususiy tadbirkorlik subektlari pensiya tayinlash bilan bogliq qonun hujjatlarini talab darajasida qollamayotgani, shu bilan birga ularni arxiv idoralariga toliq topshirmayotgani asosiy sabab bolayotgani takidlangan edi.

Bu boradagi kamchiliklarning oldini olish uchun har bir tashkilot va korxonada ishchi-xizmatchilarning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish, shuningdek, pensiya yoki nafaqa tayinlanishini sorab murojaat qilgan fuqarolarga mutasaddilar pishiq-puxta xizmat korsatishlari lozim.

Partiyamiz yoqlayotgan kuchli ijtimoiy siyosat aholining maqsadli ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam va ijtimoiy taminot, shu jumladan, pensiya taminotiga muhtoj bolgan qatlamlarni, ularning hayotiy ehtiyojlarini tolaqonli qoniqtirishni yetarli darajada taminlashni kafolatlaydigan siyosatdir. Shu bois partiyamiz aholining qonuniy mehnatini tashkil etmasdan turib, kuchli ijtimoiy siyosat tizimida kozlangan natijaga erishib bolmaydi, deb hisoblaydi. Kishi mehnat qilayaptimi, demak u davlat tomonidan berilayotgan barcha imtiyozlardan toliq foydalansin, vaqti kelganda pensiya olish huquqiga ega bolsin.

Biroq bu davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni kopaysin, degani emas. Partiyamiz bu qarash bilan kelisha olmaydi. Ishsiz, lekin mehnatga layoqatli, qolida hunari bor kishilar ishlasin, iqtisodiyot rivojida ishtirok etsin. Shu tariqa ular byudjet daromadlarini kopaytirishga hissa qoshadi, vaqti kelganda ijtimoiy tolovlar va pensiya fondi mablaglarini olish imkoniyatiga ega boladi.

OzXDP shunday deb bilgani uchun mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari orqali joylarda pensiya va nafaqa oluvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, nafaqalarning togri taqsimlanishi boyicha nazorat-tahlil ishlarini olib borishayapti.

Masalan, otgan yili Dehqonobod tumanidagi OzXDP deputatlik guruhi tomonidan pensiya va nafaqa tayinlashda uchrayotgan xato va kamchiliklar organilib, sessiya muhokamasiga olib chiqilgan edi. Yaqinda esa Surxondaryo viloyatining Jarqorgon, Muzrabot tumanlarida partiyamiz deputatlari tashabbusi bilan kam taminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqiy muhofazasini taminlash masalalari doimiy komissiya yigilishida korib chiqildi. Hozirda esa mazkur masalani sessiyaga olib chiqish boyicha ish olib borilayapti.

Shuningdek, ayni paytda Samarqand viloyatining Oqdaryo va Pastdargom tumanlari, Navoiy viloyatining Uchquduq, Toshkent viloyatining Piskent tumanida davlat byudjeti tomonidan berilayotgan ijtimoiy nafaqalarni manzilli taqsimlanishining ahvoli, «Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisida»gi Qonunining ijrosini taminlashda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda 2011-2015 yillarda yolgiz keksalar, nafaqaxorlar va nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorning ijrosi boyicha nazorat-tahlil ishlari olib borilayapti.

Aholi daromadini oshirish, fuqaro va korxonalarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishni ustuvor vazifasi sifatida qayd etgan liberallar esa tadbirkorlik subektlarida ishchi-xodimlarning noqonuniy faoliyatini kora-bila turib, unga etiborsiz qarab kelmoqda. Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish uchun kurashishi kerak bolgan libreallar bu ahvolni xotirjam kuzatib turishini qanday tushinish mumkin? Yoki ular bu borada ham davlat tomonidan olib borilgan ishlar panasida turib, katta gapirishni oylashayaptimi?

Yaxshi bilamiz. Liberallar jamiyat barqarorligi uchun tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaydi. Biroq bu partiya dasturida belgilangan boshqa vazifalarni oz holiga tashlab qoyish degani emas. Balandparvoz vadalar va gaplardan voz kechish, odamlarni tashvishlantirayotgan eng muhim hayotiy muammolarni hal qilishga amaliy hissa qoshish uchun esa avvalo, partiyaning asosiy maqsadlari ifoda etilgan dasturning har bir yonalishi ijrosiga etibor qaratilishi lozim.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: