O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
02.05.2017

TARGIBOTCHILAR GURUHI

Harakatlar strategiyasi ijtimoiy ahamiyatini aholiga yetkazishda
munosib o‘rin tutadi

Poytaxtimizda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi «2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijtimoiy ahamiyatini targib qilishga doir dolzarb vazifalar» mavzusida davra suhbati otkazdi.

Unda partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari, Toshkent shahar va Toshkent viloyat kengashi faollari ishtirok etdi.

Takidlandiki, bugun mamlakatimizda davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish, umumetirof etilgan demokratik qoida va talablarni izchil joriy qilish, insonning ustuvor huquq va manfaatlarini taminlash borasida keng kolamli ishlar olib borilmoqda.

Bundan aholining xabardorligi, mazmun-mohiyatini tushunib yetishi islohotlarning yanada samaradorligini taminlashga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Harakatlar strategiyasining beshta yonalishi boyicha partiya tashkilotlari qoshidagi targibot guruhlari tarkibiga malakali mutaxassislar, olimlarni jalb etgan holda takomillashtirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Nazira MATYOQUBOVA, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim boshligi:

— Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan ezgu maqsadlar belgilangan. Shu bilan birga, targibot bilan bogliq bir qator vazifalarga ham etibor qaratilgan.

Otgan uch oy davomida Harakatlar strategiyasiga bagishlangan 140 tadbir otkazilgan. Ularning 2 tasi Markaziy Kengash, 14 tasi mintaqaviy kengashlar, 125 tasi tuman-shaharlar darajasida tashkil etilgan. Tadbirlar samaradorligi eng avvalo, targibotchilar guruhlari faoliyatiga bogliq.

Xosh, bugun ularning tarkibi qanday? Buni chuqur organib chiqqan holda, Harakatlar strategiyasining beshta yonalishi boyicha malakali mutaxassislar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, ijtimoiy soha xodimlari, olimlar va ekspertlarni targibot guruhlariga kiritishimiz lozim boladi.

Nurmuhammad QARSHIYEV, Ozbekiston XDP Bektemir tuman kengashi raisi:

Prezidentimiz 2017 yilni yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilganida, aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etish kerakligini alohida uqtirib otgan edi. Bu barcha darajadagi rahbarlar, deputatlar, xususan, partiya tashkilotlari oldiga ham yangi talablarni qoydi.

Bugun bu borada amalga oshirilayotgan ishlar keng jamoatchilik tomonidan kotarinki ruh, minnatdorlik bilan qabul qilinmoqda. Aholi vakillari bilan otkazgan uchrashuvlarimizda ham bunga yaqqol amin bolayapmiz. Odamlar Harakatlar strategiyasini taraqqiyotimiz kafolati sifatida yuksak baholamoqda.

Bizning oldimizda ham masuliyatli vazifalar turibdi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari azolari bilan hamkorlikda ushbu muhim hujjatning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish boyicha targibot ishlarini izchil yolga qoyishimiz, uning ijrosida har birimiz faol qatnashishimiz talab etiladi.

Muhriddin HAMZAYEV, OzXDP Olmaliq shahar kengashi raisi:

Bugun yurtimizda jamiyat hayotining barcha jabhasini yanada isloh qilish, odamlar turmush darajasini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Harakatlar strategiyasida ham aniq vazifalar belgilangan. Darhaqiqat, har qanday davlat bandlik masalasida barqarorlikka erishishi uchun puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishi talab etiladi. Joriy yilda ishsizlik darajasi eng yuqori bolgan mintaqalarda koplab yangi ish orinlari tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun talim muassasalari bitiruvchilariga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Bu yoshlarning oziga bolgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi, albatta.

Davra suhbatida Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov, OzXDP Markaziy Kengashi bolim boshligi Boymurod Yusupov, Toshkent viloyat partiya kengashi raisi orinbosari Sherali Qutlimurotov, OzXDP Yoshlik talabalar shaharchasi raisi Muhabbat Abdullayeva va boshqalar sozga chiqib, Harakatlar strategiyasi targibotining samarali shakl va usullaridan foydalanish, bu borada yangi goyalar, mavzular va shiorlarni ilgari surish, partiya tashkilotlari tashabbuskorligini oshirish boyicha oz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: