O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.05.2017

OZBEKISTON VA QOZOGISTON PREZIDENTLARINING UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni Janubiy Qozogiston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan amaliy uchrashuv otkazdi.

Ozbekiston va Qozogiston ortasidagi hamkorlik yaxshi qoshnichilik, qardoshlik va ozaro hurmat ruhida izchil rivojlanmoqda. Ozaro aloqalar barcha sohalarda faollashmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 22-23 mart kunlari Qozogistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarda yangi sahifalar ochdi. Ushbu tashrif chogida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

Janubiy Qozogiston viloyatidagi uchrashuvda Prezidentimizning shu yil mart oyida Qozogistonga davlat tashrifi davomida mamlakatlarimiz ortasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ozaro uchrashuvlar muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bolayotganini ta’kidladi.

— Joriy yil mart oyidagi Qozogistonga tashrifimizdan song ozaro hamkorligimizning barcha yonalishlari boyicha «Yol xaritasi»ni ishlab chiqdik. Vazirlar va hududlar rahbarlarining uchrashuvlari faollashdi, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Nursulton Nazarboyev oldingi uchrashuvdan keyin mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalar yanada faollashganini qayd etdi.

Shu yilning birinchi choragida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar sezilarli darajada oshdi. Transport-logistika, avtosanoat sohalaridagi va hududlararo hamkorlikni alohida takidlash joiz. 2017 yilning dastlabki uch oyida ozaro tovar ayirboshlash 37 foizga kopaydi, dedi Qozogiston Prezidenti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Nursulton Nazarboyevga ushbu uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Davlat rahbarlari Ozbekiston Qozogiston hamkorligidagi ijobiy suratlar barqaror saqlanishi va yanada rivojlanishiga ishonch bildirdilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: