O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
29.04.2017

ELEKTORAT MUAMMOLARIGA YECHIM TOPILMOQDA

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori tomonidan «Har bir insonga mehr-muruvvat ko‘rsatish — burchimiz!» loyihasi doirasida chekka hududlarda yashovchi xotin-qizlar holidan xabar olinib, ularning dardu tashvishi, muammolari o‘rganilmoqda.

Suhbatlar davomida ko‘pchilikning qo‘lida hunari borligi, ammo tikish-bichish, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sharoit yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. O‘z ishini boshlash istagida bo‘lganlarga xonadonida issiqxona tashkil etish, parrandachilik bilan shug‘ullanishdan keladigan daromad haqida tushunchalar berildi. Imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘maklashib, huquqiy maslahatlar berilayapti.

Partiya faollari va deputatlar Konimex tumanidagi «Birlik» mahallasida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand ayollarning muammolarini o‘rganishdi. Ularga amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Misol uchun, Ulbusin Primbetova bilan muloqot chog‘ida 8 yildan buyon bemorligi, tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tolmasligi, tibbiyot xodimlari uning holidan xabar olmasligini kuyunib gapirdi. Shuningdek, nogironlar aravachasiga ehtiyoji borligini aytdi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Janar Juzmaxanova salomatligini tiklash uchun tegishli tashkilotlarga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilganini aytdi. Deputatlarimiz tashabbusi bilan homiylar ko‘magida unga sanatoriyga yo‘llanma berildi.

Mazkur mahallada yashovchi yana bir fuqaro Raisa Birkitbayeva 2-guruh nogironi. Asab kasalligi bilan ro‘yxatda turadi. Farzandining ko‘zi ko‘rmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, ular yashab turgan uyning tom qismi ta’mirtalab holga kelib qolgan. Yog‘ingarchilik mavsumida turli noqulayliklar tug‘ilyapti. Muammo tuman hokimligi mutasaddilariga yetkazilgach, uyni ta’mirlash uchun homiy biriktirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, loyiha doirasida partiyamiz elektoratga yanada yaqinlashmoqda, muammolar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.

Mazkur loyiha viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

Muborak MAHMUDOVA,

O‘zXDP Navoiy viloyat kengashi sektor mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: