O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
27.04.2017

TANQIDIY TAHLILLAR

partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari ishini tubdan kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda

Ozbekiston XDP Namangan viloyat kengashining VII plenumi bolib otdi.

Kun tartibiga kora, ishtirokchilar partiya viloyat kengashining raisi, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Dilorom Abdurahimovaning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda viloyat, shahar, tuman partiya tashkilotlari va OzXDP guruhlari faoliyatini yanada kuchaytirish togrisidagi hamda 2016 yildagi faoliyati yuzasidan hisobotini tinglashdi.

— Bugun korib chiqilayotgan masala partiya tashkilotlarimiz va deputatlarimizdan katta masuliyat talab etadi, dedi u. Amalga oshirayotgan ishlarimiz oz emas, albatta. Ammo bugun oz faoliyatimizni tanqidiy baholab, vazifamizga yangicha yondashishimiz zarur. Parlamentdagi vakillarimizning har oyning birinchi on kunligida tumanlarning mehnat jamoalari, talim muassasalarida, mahallalar boylab har bir xonadonda bolib, fuqarolar muammolarini organishmoqda. Ularning takliflarini eshitmoqda, amaliy yordam korsatmoqda. Mahalliy Kengash deputatlari ham ular bilan yonma-yon yurib, oz hududidagi real hayot bilan yaqindan tanishmoqda. Haqiqiy holat faoliyatimiz qamrovini yanada kengroq belgilashimizni talab etmoqda. Ayniqsa, ijro hokimiyati organlari bilan ishlashda «Jamoatchilik nazorati togrisida»gi qonun bergan vakolatlardan samarali foydalana olmayapmiz.

Masalan, Prezidentimizning Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarorini olaylik. Qarorning ijrosini taminlashda yetarli ish olib bormayapmiz. Farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar otkazganimizda, chekka qishloqlardagi dorixonalarning aksariyati dori-darmonlarni belgilangan narxda sotuvga chiqarmayotganiga guvoh bolyapmiz. Ayrim dorixona egalari bunga turli sabablarni korsatmoqda. Deputat sorovi instituti vakolatidan sust foydalanilayotgani ayni shunday vaziyatlarda ham kozga tashlanmoqda...

Plenumda viloyat partiya kengashi ijroiya qomitasining 2016 yilda amalga oshirgan ishlari hamda OzXDP viloyat kengashining otgan yilgi byudjeti ijrosi va 2017 yil byudjetining asosiy korsatkichlari togrisida viloyat partiya kengashi raisi orinbosari Ergashali Abdullayev axborot berdi.

Plenumda, shuningdek, OzXDP Markaziy Kengashi va Ijroiya qomitasi tarkibini qisman yangilash bilan bogliq tashkiliy masala ham korildi.

Asosiy maruzalar yuzasidan muzokaralarda OzXDP Markaziy Kengashi azosi Ziyoviddin Mansurov, xalq deputatlari Norin tuman Kengashi deputati Naima Xolmirzayeva, Istiqbol yoshlar qanoti faoli Abror Sobirov, Chortoq tuman partiya kengashi raisi Zokirjon Vahobov, partiya faoli, stol tennisi boyicha jahon chempioni Sevara Qodirova va boshqalar sozga chiqdi.

Qonun ustuvorligini taminlashning eng muhim omillaridan biri qabul qilinayotgan meyoriy hujjatlarning har birini aholiga oz vaqtida yetkazish va ularning mazmun-mohiyatini targib qilishdir, dedi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan hududiy bolinmasi rahbari orinbosari Nigora Nuraliyeva. Bu borada OzXDPning oziga xos tajribasi bor. Hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlagan holda partiya oz deputatlari faoliyatini monitoring qilib borishi zarur. Oshanda amaliy ishlar korinadi, faoliyati sust deputatlar ham bilinadi.

Deputatlarimiz etiboridan chetda qolib ketayotgan masalalardan biri bu maktabgacha talim muassasalari tarbiyachi xodimlarining tibbiy korikdan otish jarayonidagi kozboyamachiliklardir. Yani belgilangan muddatda bolalar bogchasi xodimlari tibbiy korikdan otish orniga tegishli muassasa xodimiga malum miqdorda pul berishadi va hech qanday tekshiruvsiz risoladagiday toldirib, tasdiqlangan tibbiy korik daftarchasiga ega bolishmoqda. Qonunchilikka zid bolgan bunday holni bartaraf etish uchun partiya xodimlari deputatlar bilan birgalikda nazorat tekshiruv ishlarini yolga qoyishi kerak, deb oylayman.

Bogcha tarbiyachisi yoki boshqa xizmatchilarining oylik maoshi miqdori hammamizga malum. Har holda uncha katta emas. Ammo Davlat sanitariya epidemiologiya markazi tizimidagi muassasalar aynan bogcha xodimlarini tibbiy korikdan otkazish xizmatini pullik xizmat tarzida tashkil etgan. Bu masalani tuman, shahar kesimlarida hal etish mushkul. Yani bu boradagi pullik xizmat respublika DSEN markazi tomonidan joriy etilgan. Masalani deputat sorovi instituti vakolati bilan hal etish va elektorat manfaatlarini himoya qilish OzXDP faollari va deputatlarining kechiktirib bolmaydigan vazifalaridir.

Plenumda partiya elektorati vakillariga bevosita daxldor boshqa masalalar xususida ham fikrlar bildirildi. Barcha taklif-mulohazalarni hisobga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: