O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
27.04.2017

BITIRUVCHILAR BANDLIGI TAMINLANADI

O‘zXDP Shorchi tuman kengashi, tuman hokimligi, prokuratura, Bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan Maishiy xizmat korsatish kasb-hunar kollejida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Uch kun davom etgan yarmarkada hududdagi 100 yaqin korxona va tashkilot 310 dan ortiq bosh ish orni bilan qatnashdi.

— Bu yil tumanimizdagi 9 ta kasb-hunar kollejini 3 ming 774 nafar oquvchi bitiradi, deydi Shorchi tuman partiya kengashi raisi Botir Rajabov. Mehnat yarmarkasida 655 nafar ogil-qiz tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirdi. Ulardan 136 nafar moliya muassasalari tomonidan turli miqdorda imtiyozli kredit olish huquqini beradigan sertifikatlar topshirildi.

Eng muhim vazifalarimizdan biri bitiruvchilar bandligini ta’minlashdir, deydi Shorchi maishiy xizmat korsatish kasb-hunar kolleji direktori, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Rayhona Rahimova. Buning uchun barcha chora-tadbirlarni korayapmiz. Kollejimiz tuman markazidan qariyb 15 kilometr olisda joylashgan. Bu yerda 700 nafardan ortiq ogil-qizga talim-tarbiya beriladi. 2016-2017 oquv yilida ularning 211 nafari kollejni tugatadi. Bugungacha 110 nafar bitiruvchi bilan uch tomonlama shartnoma tuzishga erishildi.

Yurtimizda tibbiyotni yanada rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlashga katta etibor qaratilmoqda, deydi Shorchi tibbiyot kolleji bitiruvchisi Jangil Bobonazarova. Men ham ana shu xayrli ishlarga hissa qoshish maqsadida hamshiralik mutaxassisligi boyicha tahsil olyapman. «Shaldiroq» qishloq vrachlik punktiga ishga joylashishga yollanma olganimdan xursandman.

Yarmarkaning tashkil qilingani ayni muddao boldi, deydi Shorchi qurilish uy-joy kommunal xojalik kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Iroda Kiromiddinova. Men ham mutaxassisligim boyicha Shorchitumangaz filialiga ishga yollanma oldim.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: