O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.04.2017

Mevlut CHAVUSHOGLU: HAMKORLIKNING YANGI SAHIFALARI

O‘zbek va turk xalqlari kop asrlik tarix, mushtarak qadriyatlar va oxshash urf-odatlarga ega. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 26 aprel kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogluni qabul qildi. Samimiy otgan uchrashuv tafsilotlari, ikki mamlakat ortasidagi hamkorlik aloqalarining istiqbollari haqida Mevlut CHAVUSHOGLU OzA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

— Avvalo, samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildiraman. Turkiya Ozbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va uzoq muddatli hamkori sifatida biladi, ortadagi dostlik rishtalarini mustahkamlash, hamkorlikni ozaro ishonch tamoyillari asosida rivojlantirish tarafdori.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Erdogonning 2016 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bolib otgan uchrashuvida bugungi hamkorlik munosabatlari Ozbekiston va Turkiyaning imkoniyat va salohiyatiga mos emasligi ta’kidlanib, davlatlarimiz ortasidagi ozaro ishonch muhitini mustahkamlash masalasi muhokama qilingan, tashqi siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlashuvlarini tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qollab-quvvatlash, hamkorlikning yangi sahifalarini ochish borasida samarali kelishuvlarga erishilgan edi.

Mamlakatlarimiz hamkorligini rivojlantirishda yangi loyihalarni amalga oshirish kozda tutilgan. Ushbu rejalarni hayotga tatbiq etishda Samarqand viloyatida barpo etilayotgan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi muhim qadam boldi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida orin tutadi. Bu boradagi sheriklikni rivojlantirish masalalariga ham alohida etibor qaratilmoqda.

Turkiyaning yetakchi turistik kompaniyalarini jalb etgan holda Ozbekistonda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos zamonaviy sayyohlik majmualari barpo etish imkoniyatlari korib chiqilmoqda.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzuridagi qabulda muhokama qilingan masalalar, davlatlarimiz rahbarlari ortasida erishilgan kelishuvlar munosabatlarimizni yangi bosqichga kotarib, ozaro manfaatli hamkorlikning yangi sahifalarini ochishga xizmat qilishiga ishonamiz.

OzA muxbiri

A.OROZOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: