O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.04.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI TURKIYA TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogluni qabul qildi.

Ozbekiston — Turkiya munosabatlari 2016 yilning 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida otgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ozaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, toqimachilik, konchilik, kimyo va farmatsevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yonalishlarda, jumladan, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish boyicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mevlut Chavushoglu Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Davlatimiz rahbariga Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizdagi loyihalarini qollab-quvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng kolamli ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: