O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.04.2017

MUAMMO VA YECHIM: ULAR BIR-BIRIGA JUDA YAQIN

Buni bilish uchun odamlar qalbiga quloq solish, joylarda bo‘lib, haqiqiy ahvolni organish kerak

Prezidentimiz virtual qabulxonasiga qilingan murojaat boyicha joylarda otkazilayotgan sayyor qabullar odamlarda tobora katta qiziqish uygotib, ularning ishonchini qozonmoqda. Eshitgan boshqa, korgan boshqa ekan. Bunga ozim guvoh boldim.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Parkent hamda Yuqori Chirchiq tumanlari aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulga kelganlarning hammasini zalga sigdirish qiyin boldi.

Muammosiga yechim, dardiga darmon izlab kelgan odamlarning yuz-kozida dadillik va ishonch kordim. Har bir sohaga mas’ul bolgan tuman, viloyat hamda respublika darajasidagi rahbarlar ham shu yerda hozir. Ularning hayajonlanayotganlari ham tabiiy. Maqsad bitta: aholini oylantirayotgan masalalarni shu yerning ozida hal etish.

Joriy yilning 14 aprel kuniga qadar Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga ikkala tuman aholisidan 4 ming 660 dan ortiq murojaat tushgan. Parkent tumani aholisidan tushgan 1 ming 744 murojaatning 1 ming 603 tasi korib chiqilgan, 141 murojaat korib chiqilish jarayonida.

Murojaatlarning 2 ming 900 dan ortigi Yuqori Chirchiq tumani aholisidan bolib, bugungi kunda ularning 93,7 foizi korib chiqilgan, qolganlari ijroda. Murojaatlar asosan uy-joy, bank-moliya, moddiy yordam, ish haqi va pensiya, sudlarda ishlar korilishi, obodonlashtirish va kommunal xojaligi, mehnat va bandlik, sogliqni saqlash, talim, elektr energiya, tabiiy gaz taminoti kabi yonalishlar bilan bogliq. Sayyor qabulda Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xojalik sudi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va orta maxsus talim, Xalq talimi, Sogliqni saqlash, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, davlat qomitalari vakillari, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq va Parkent tumanlari hokimliklari masul xodimlari ishtirokida mazkur murojaatlar bevosita muhokama qilinishi alohida takidlandi.

Sayyor qabul boshlandi. Oz muammosi bilan kelgan har bir fuqaro murojaatning mohiyatini tushuntiradi. Muammo qaysi idora, korxona yoki tashkilotga tegishli bolsa, uning tuman, viloyat, respublika darajasidagi rahbarlari birgalashib muammoga yechim topadi.

Parkentlik Anzirat Mahmudova moddiy yordam olish va salomatligini tiklash uchun shifoxonaga yollanma berishlarini sorab murojaat qilgan. Ammo tumanda shu paytgacha bu murojaat etiborsiz qoldirilgan.

Shu yerning ozida Sogliqni saqlash vaziri orinbosari Elmira Bositxonova Anzirat Mahmudova bilan uchrashib, shu bugunoq unga davolanish uchun yollanma ajratilishini aytdi. Shuningdek, moddiy yordam masalasida ham tegishli tashkilotlarga korsatma berildi.

— Kordingiz, bugunoq Toshkent shahridagi kasalxonalardan biriga yollanma berishdi, – deydi 77 yoshli Anzirat Mahmudova. Davlatimizning shunday etiboridan konglim yorishib ketdi. Buning uchun shunday savob ishlar boshida turgan kishilardan minnatdorman.

Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga parkentlik Hayitboy Hakimov tuman IIB xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bolib, qonuniy chora korishni sorab murojaat qilgan. Malum bolishicha, shu yilning fevral oyida IIB xodimlari Hayitboy Hakimovning uyida noqonuniy tintuv otkazgan.

Ichki ishlar vaziri orinbosari, viloyat IIBB boshligiga mazkur holatni organish va fuqarolarning huquqlarini poymol qilgan ichki ishlar idorasi xodimiga nisbatan tegishli chora korish boyicha topshiriq berildi.

Parkent tumani hokimi Oktam Alimovning sozlariga kora, tuman aholisi murojaatlarining aksar qismi oilaviy ajrimlar, mehnat va bandlik, ishga joylashish, tibbiy yordam olish singari masalalardan iborat ekan.

Biz ana shu murojaatlar asosida qaysi yonalishga koproq etibor berish kerakligini aniqlab olayapmiz deydi xokim. Tumanimizda uzumchilik yaxshi rivojlangan, biroq, uni togridan-togri chet elga eksport qilishda yaxshi korsatgichlarga erisha olmayapmiz. Ana shu yonalishda koproq ishlasak, aholini ish bilan taminlash borasidagi qator masalalar hal etilgan bolardi. Aholi murojaatlarini hal qilish koproq mahalliy hokimliklarga bogliq ekanini yaxshi tushunamiz. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Yuqori Chirchiq tumanidan ham 100 nafarga yaqin aholi oz muammolariga yechim izlab, sayyor qabulga kelishgan.

Shu tumanning «Bolta» mahalla fuqarolar yiginida yashovchi Turgunboy Pirmatov oz yashash manzili yaqinidan otgan serqatnov yolga svetofor ornatishlarini sorab murojaat qilgan. Bu masala tuman ichki ishlar idorasi mutasaddilari tomonidan qanoatlantirildi.

Baxtiyor Osanovning ishga joylashish masalasida qilgan murojaati ham ijobiy hal etildi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimi Uskenbay Atemov uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish bilan bogliq masalalar murojaatlarning katta qismini tashkil etishini alohida takidladi.

Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlar tuman hokimligi doirasida hali qiladigan ishimiz kopligini korsatadi, deydi u. Mana shu murojaatlardan togri xulosa chiqargan holda, aholining muammo bilan kelishini kutish orniga, joylarga chiqib, ozimiz masalalarni hal qilishimiz zarur.

Ochigi, jarayonni kuzatib, odamlarda dadillik, baland ruh, borligini sezdim. Ular muammosi hal bolishiga ishonishadi, davlat idoralari rahbarlari, masul xodimlari odamlar manfaatini chinakamiga himoya qilishayotganini korib turishibdi. Dadillik ham, ishonch ham aslida shundan. Prezidentimiz tashabbusi bilan yolga qoyilgan xalq bilan muloqot qilishning bu mexanizmi zamirida qanchalik ulugvor maqsadlar, amaliy ishlar yotganini tobora chuqurroq anglay boshladik. Bu tizim xalq bilan davlat ortasidagi barcha tosiqlarni olib tashladi, hokimiyatni xalqqa, xalqni hokimiyatga yaqinlashtirdi. Demak, endi har qanday katta-kichik muammoga yechim topiladi, jamiyatda qonun ustuvor boladi, adolat taminlanadi.

Tahlillarga etibor qaratadigan bolsak, Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga bolayotgan murojaatlarning 70 foizi aslida tuman darajasida hal etiladigan muammolardir. Agar tuman hokimi, katta-kichik idoralar rahbarlari oz vazifasini vaqtida sidqidildan bajarsa, odamlar hayotdan, jamiyatdan rozi bolib yashaydi.

Nurali ORIPOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: