O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.04.2017

JAHON KUBOGI BOSQICHI YAKUNLANDI

Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha bolalar-osmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida badiiy gimnastika boyicha Jahon kubogi bosqichi bolib otdi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qomitasi, Milliy olimpiya qomitasi, Ozbekiston Gimnastika federatsiyasi hamda Xalqaro gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 20 dan ziyod davlatdan kelgan yuzga yaqin gimnastikachi yakkalik va guruhlar ortasida kopkurash hamda alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish boyicha bahslashdi.

Nufuzli turnirda mamlakatimiz sharafini Sabina Toshkenboyeva va Anastasiya Serdyukova himoya qildi. Guruh bahslarida Kseniya Aleksandrova, Safiya Bozorova, Alina Qosimova, Dinora Ravshanbekova, Komilabonu Rustamova, Gozal Raymanovadan iborat guruh ishtirok etdi.

Jahon kubogi bosqichi yakunida hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova tasmada mashq bajarishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medal bilan taqdirlandi.

— Jahon kubogi bosqichida ishtirok etib, unda sovrindorlar safidan joy olganimdan juda ham baxtiyorman, deydi gimnastikachi. Xalqaro musobaqada bor imkoniyatimni ishga solib golib bolish uchun harakat qildim. Bunda albatta murabbiylarimning yordami katta boldi. Togri, ayrim kamchiliklarga yol qoyildi, lekin kelgusida oz ustimda ishlab, yuqori natijalarni qolga kiritishda davom etaman.

Shahboz SAIDOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: