O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.04.2017

OZBEKISTONLIK MUSIQACHILAR AFINANI LOL QOLDIRISHDI

«Nihol» mukofoti sovrindori Bolalar simfonik orkestri V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining faxri hisoblanadi. Mazkur jamoa Rossiya, Germaniya, Koreya, Xitoy, Fransiya, Shveytsariya, AQSh singari bir qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarda sovrinli orinlarni qolga kiritgan.

Otgan davr mobaynida litsey oquvchilari uch yuzdan ziyod xalqaro tanlovlar, festivallar, san’at bayramlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 2014 yilda bir guruh oquvchilar Italiyaning Derutti, Perujio va Rim shahrida konsert qoyishib, Assiomi Xalqaro tanlovida birinchi orinni olishga muyassar boldi. 2015-2016 oquv yilida yosh istedodlar Fransiya, Italiya, Germaniya, Ruminiya, Bolgariya, Xitoy kabi davlatlarda otkazilgan xalqaro tanlovlarda qatnashdi.

Shahzoda Saidova, Latifa Gafurova, Yulduz Xojayeva, Shahboz Turgunov, Anna Dostmurodova, Aziza Botirova, Inoyatxon Abdullayeva singari oquvchilarning istedodi va ijro mahorati xorijlik hakamlar hayati, tomoshabinlar tomonidan yuksak etirof etildi. 72 nafar oquvchi bir necha xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, goliblik shohsupalaridan orin oldi.

Litseyni bitirib ketgan iqtidorli qizlardan Nodira Dadamuhamedova 2009 yilda, Tamila Sarimsoqova 2010 yilda, Aziza Botirova 2016 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bolgan.

Dunyo sanat shohsupalarida oz istedodini namoyish qilib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotgan pianinochi Behzod Abduraimov ham shu litseyning bitiruvchisi hisoblanadi.

Litseyda bir necha loyihalar boyicha xayriya konsertlari uyushtirilib turiladi. Ulardan biri Bolalar — bolalarga deb nomlanadi va har oyning 15-sanasida otkaziladi. Konsertdan tushgan mablagga oquvchilar hamda ota-onalar Vasiylik kengashi tomonidan dori-darmon olinib, shifoxonalarda davolanayotgan imkoniyati cheklangan va nogiron bolalarga tarqatiladi.

Hozirgacha ana shu maqsadlar uchun 26 million somdan ziyodroq mablag sarflandi. Bu aksiyada nainki bolalar musiqa va sanat maktablari, kollej va litseylarning yosh istedodlari, taniqli estrada va sanat yulduzlari, balki aynan ana shu loyihada qatnashish maqsadida xorijiy davlatlardan kelgan ustoz sanatkorlar, oquvchilar bajonidil ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, Bolalar bolalarga dasturi doirasida Germaniya, Turkiya, AQSh, Fransiyadan kelgan sanatkorlar, Koreyaning Pushkin House yoshlar ansamblining 36 nafar istedodli oquvchilari, rossiyalik taniqli musiqachi, xalq artisti, rejissyor va kinoaktyor Yuriy Bashmet Ozbekiston sanat arbobi Botir Rasulov rahbarligidagi Osmirlar simfonik orkestri bilan birgalikda ustoz-shogird saboqlari va konsertlar uyushtirdi.

2015 yilda bir guruh oquvchilarimiz Gretsiyada otkazilgan Ozbekiston madaniyati kunlari doirasida qator shaharlarda milliy sanatimizni namoyish qilishdi, deydi V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori, Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi Dildora Jamolova. Shunda Ozbekiston konsulligidan nufuzli yiginda konsert qoyib berishni iltimos qilib qolishdi. Afinaning katta konsert zalida Ozbekiston sanatini namoyish qildik. Yigilganlar musiqaning sehrli ohanglaridan bir-bir oyoqqa turishdi, boshdan oxirgacha konsertimizni olqishlar bilan tomosha qilishdi. Gretsiyada aholi yashaydigan orolchalar kop, shundan keyin 36 orol aholisidan konsert qoyishni iltimos qilib, takliflar tushdi...

Bir qizimiz bor, ikki yoshligida falokat tufayli kozi ojiz bolib qolgan. Uning pianino chalishdagi istedodini korib, litseyga istisno sifatida qabul qilganmiz. Bunday qarorga kelishimizga qizchaning cheksiz shijoati, noyob istedodi undadi. U mashhur kompozitorlar Betxoven, Bax, Vivaldi, Chaykovskiy, Motsart, Mendelson asarlarini ijro etayotganida, tinglovchi musiqaning ohanglar yogdusiga garq boladi.

Shu qizimiz Rossiyada nogironlar ortasida otkazilgan Xalqaro tanlovda qatnashib, 2-orinni olishga muyassar boldi. Biz uchun uning qolga kiritgan yutugi Gran pridan ham yuqori. Oylanib qolaman, oshanda bizda kozi ojizlar uchun alohida dastur yoq, u maxsus internatda oqishi kerak, deb litseyga qabul qilmaganimizda, uning iqtidoridan, sanatidan kopchilik bebahra qolarmidi... Balki, bunday imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar uchun alohida guruhlar tashkil qilish kerakdir...

Yaqinda litsey qoshida faoliyat yuritayotgan Meros bolalar ansambli Bolalar bolalarga loyihasi doirasida konsert dasturlarini namoyish qilishdi. Undan tushgan mablagga Germaniyada davolanayotgan ozbekistonlik kichkintoylar uchun kerakli tibbiy ashyolar, dori-darmonlar olib berildi. Yosh istedodlar tomonidan xalqaro miqyosda otkazilayotgan bunday xayriya tadbirlari ularni birlashtirish bilan birga, davolanishga muhtoj bolalarning shifo topishiga komak berishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: