O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VA QOZOGISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zaro kelishuvga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ortasida 24 aprel kuni telefon orqali muloqot bolib otdi.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ozaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

2017 yilning 22-23 mart kunlari Ostona shahrida bolib otgan oliy darajadagi samarali muzokaralar Ozbekiston — Qozogiston ortasidagi strategik sheriklik munosabatlarini amaliy mazmun bilan boyitdi va ozaro hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab berdi.

Tomonlar yaqin yillarda qulay sharoitlar yaratish, biznes subyektlari ortasida bevosita va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini ornatishga komaklashish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini oshirish hisobidan ozaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish haqidagi moljalni tasdiqladilar. Hududlararo, avvalambor, chegaraoldi hududlar ortasida aloqalarni yanada kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni faollashtirish qollab-quvvatlandi.

Ikki tomonlama hamkorlik boyicha hukumatlararo qoshma komissiya ozaro hamkorlikning barcha yonalishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari Ozbekiston va Qozogiston qardosh xalqlarimizning vaqt sinovidan otgan ozaro munosabatlariga amal qilgan holda, bundan buyon ham mamlakatlarimiz barqaror iqtisodiy taraqqiyotini taminlashga qaratilgan qoshma dastur va loyihalarni amalga oshirishni qollab-quvvatlashini qayd etdilar.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbat Ozbekiston Qozogiston munosabatlariga xos samimiy va dostona, ozaro anglashuv va hurmat ruhida otdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: