O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.04.2017

ASOSIY MAQSAD ODAMLARNING ROZILIGI, YURTIMIZ OBODLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 21 aprel kuni Olmazor tumanida boldi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili mazmun-mohiyati har jabhada namoyon bolmoqda. Davlatimiz rahbari viloyatlar, poytaxtimiz tumanlariga tashrif buyurib, odamlar bilan muloqot qilmoqda, masalalarni joyida organib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga doir ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Olmazor tumanida ham ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy obyektlar bunyod etish, mahalla va turar joylarni obod qilish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur tumanda barpo etiladigan yangi savdo markazi va kop qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi.

Nurafshon va Forobiy kochalari kesishgan joyda uch qavatli «Eski shahar» savdo markazi barpo etiladi. Bu yerda xaridorlarga qulayliklar yaratish maqsadida kafe, galereya, bolalar oyin maydonchalari, avtomobillar toxtash joyi va boshqa obyektlar quriladi. Markaz ishga tushgach, 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari mazkur savdo kompleksi quriladigan joyni kozdan kechirdi. Markazning uchinchi qavatida Kitob olami dokoni va milliy kino sanatimiz xazinasidan orin olgan filmlar namoyish qilinadigan kinozal barpo etish kerakligini takidladi. Poytaxtimizda bunday yirik inshootni barpo etishdan maqsad Eski shahar aholisining turmush farovonligini yanada oshirishdir. Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura talablari asosida qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida etibor qaratish zarur.

Mutasaddi rahbarlarga 2018 yil Navroz bayramigacha mazkur obyektni foydalanishga topshirish boyicha korsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari shu yil 3 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish chogida aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib, poytaxtimizning barcha tumanlarida kop qavatli zamonaviy arzon uylar qurish rejalashtirilayotganini qayd etgan edi. Prezidentimizning 2017 yil 13 martdagi 2017-2021 yillarda Toshkent shahrida kop qavatli arzon uylar qurish kolamini kengaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori bu boradagi ishlarni tizimli yolga qoyishda muhim dasturilamal bolmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq Kichik halqa yoli va Qorasaroy kochasi kesishgan hududda 7 qavatli 12 turar joy barpo etish boyicha loyiha ishlab chiqildi. 800 xonadonga moljallangan ushbu uylar ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni arzon, zamonaviy uy bilan taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Eski shaharda yashovchi uy-joyga muhtoj oilalarni hisobga olish, uylar taqsimotida adolat mezonlariga qatiy rioya qilinishi zarurligini qayd etdi.

Uylarni qurish uchun 5 gektardan ziyod yer ajratiladi. Turar joylarni loyihalashtirishda iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari hamda xalqimizning milliy hayot tarziga xos boshqa jihatlar hisobga olingan.

Davlatimiz rahbari Qichqiriq kanali boyida bunyod etiladigan yangi madaniyat va istirohat bogi loyihasi bilan ham tanishdi. Mazkur bogni aholi farzandlari bilan sayr qiladigan, hordiq chiqaradigan maskanga aylantirish, bunda Toshkentning qadimiy ananalarini hisobga olish lozimligi alohida takidlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Tabassum mahalla fuqarolar yiginida bolib, mahalla hayoti bilan tanishdi, aholi bilan muloqot qildi. Uchrashuvda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha islohotlar, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soz yuritildi.

Mahallalar tom manoda madaniyat va manaviyat maskaniga aylanmogi lozim, buning uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. Kitob insonga bilim beradi, uning manaviy olamini boyitadi, Vatanni sevishga orgatadi.

Tabassum mahallasidagi 27 kop qavatli uyda 5 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla fuqarolar yigini markazi binosida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xizmat xonalari bolishi kozda tutilgan. Sartaroshxona, Gozallik saloni, savdo dokoni, novvoyxona qurish rejalashtirilgan. Bu xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yaqinda mahalla hududida bolalar maydonchasi, mini-futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi.

Har bir rahbar odamlarning dardiga quloq solishi, muammolarini hal qilishi, bir soz bilan aytganda, ularni rozi qilish tashvishi bilan ishlashi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Shunda ularning davlatga, kelajakka ishonchi ortadi. Mahallalarni obod qilish, xalqqa barcha qulay sharoitlarni yaratish bu borada muhim ahamiyatga ega.

Mahalladagi kop qavatli uylar, maktabgacha talim muassasalari atrofini obodonlashtirish, yolaklarni tamirlash boyicha mutasaddilarga korsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasi hududida quriladigan axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda talim tizimi izchil takomillashtirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 apreldagi Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori mazkur tizim sifatini yangi bosqichga kotaradi.

Ushbu qarorda koplab chora-tadbirlar qatori yangi avlod oquv adabiyotlari yaratish, ularni oliy talim muassasalarining talim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy talim muassasalarini zamonaviy oquv, oquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taminlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish boyicha vazifalar belgilangan.

Yangi markaz ana shunday zamonaviy talablarga javob beradi. Majmua elektron-resurslar, davriy adabiyotlar, mutolaa, multimedia va konferensiya zallarini oz ichiga oladi. Bu Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, orta maxsus talim maskanlari oquvchi va talabalari, professor-oqituvchilariga katta qulaylik yaratadi.

Prezidentimiz markaz loyihasi va konsepsiyasini takomillashtirish, uning faoliyati doirasini kengaytirish boyicha korsatmalar berdi. Majmuani Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Ozbekiston talabalarining Milliy ilmiy-marifiy markazi tarzida tashkil etish zarurligini takidladi. Bu yerda barcha fanlar boyicha malumotlar bazasi boladi. Zamonaviy texnologiyalar vositasida undan mamlakatimiz oliy talim muassasalari foydalanadi. Dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik ornatilib, ulardagi maruzalarni onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratiladi. Markaz atrofida bog barpo etiladi, Ozbekiston va jahon mutafakkirlarining byustlari ornatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Oniks Toshkent masuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Korxona Markaziy Osiyoda yagona bolib, bir sutkada 20 tonna natriy-kalsiylik zamonaviy shisha idishlar ishlab chiqaradi. Yevropaning yetakchi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan korxonada 200 kishi mehnat qiladi.

Prezidentimiz korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini kozdan kechirdi.

Shu yerda 2017-2018 yillarda Olmazor tumanining sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish boyicha loyiha taqdimoti boldi. Unda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash, bosh turgan va qurilishi tugallanmagan bino va inshootlardan samarali foydalanish kozda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev bosh turgan binolar bazasida zamonaviy va talab yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yolga qoyish boyicha korsatmalar berdi.

Ozsanoatqurilishbank, Asaka banki, Xalq banki, Milliy bank, Ipoteka-bank, Ipak yoli banklari tomonidan Olmazor tumanida ishga tushirilayotgan yangi loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Art vud grup MChJ tomonidan yogoch mahsulotlaridan LDSP va LMDF ishlab chiqarish loyihasi shulardan biri. Korxona mahsulotlaridan zamonaviy mebel va buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Ijod-ijod xususiy korxonasi sopol buyumlar, Euroasia Alliance Teks MChJ dagal ip gazlama, Stanko Stroitel MChJ metall va yogochga ishlov beradigan dastgohlar ishlab chiqarishni yolga qoyadi.

Inter kapital MChJga qarashli bino va inshootlarda dori vositalari ishlab chiqarish, Galenika MChJda esa yiliga 60 dan ortiq turdagi 225 million dona tabletka, kapsula, sashe va boshqa import ornini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqariladi.

Prezidentimiz mazkur loyihalarni ishga tushirish muddati va yaratiladigan ish orinlari bilan qiziqdi.

Loyihalarda qurilish materiallari, yogoch, metall, polisterolbeton plitalari, oynani qayta ishlash, maxsus ishchi kiyimlari, qandolatchilik mahsulotlari, tibbiyot buyumlari, non va non mahsulotlari, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, tibbiy diagnostika markazi ochish kozda tutilgan.

Prezidentimiz tumandagi Imom Termiziy jome masjidida boldi.

Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning sonmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini organishga qiziqish hamisha yuqori bolgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy shaharlarimiz yubileylari xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ulug allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolarini obod etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Milliy manaviy merosimizni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va talimni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Buyuk bobolarimiz tafakkuri mahsuli bolgan tarix, adabiyot, sanat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, memorlik, din va boshqa sohalarga oid minglab noyob asarlar bizning bebaho boyligimizdir.

Islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qoshgan buyuk ajdodimiz Abu Iso Termiziyning benazir merosini ilmiy asosda chuqur organish boyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli xalqmiz, chunki shunday buyuk allomalarning vorisimiz, dedi Prezidentimiz. Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi yolida qilayotgan ishlarimiz bilan ulug ajdodlarimizga munosib bolishimiz kerak. Bu barchamizdan yuksak masuliyat talab qiladi.

Hazrati Imom (Hastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu yerda buyuk allomalarimizning bebaho merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bolmogi lozim.

Mutasaddilarga masjidni rekonstruksiya qilish boyicha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yigilish bolib otdi. Unda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Yigilishda davlatimiz rahbari asos solgan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqotning muhim tizimiga aylangani, turli masalalarga oz vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani takidlandi. 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kotarishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda aholiga zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: