O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
18.04.2017

TANQIDIY-TAHLILIY YONDOSHUV

kamchiliklarni bartaraf etadi, amaliy ishlarni ko‘paytiradi

OzXDP Toshkent viloyat kengashi plenumiga borayotib, yol-yolakay viloyat partiya tashkiloti raisi Mehrojiddin Darxonov bilan xalq ortasida otkazilayotgan muloqotlar ahamiyati haqida suhbatlashib ketdik.

— Bugun siyosiy partiyalarga talab har qachongidanda oshib borayapti. Eng avvalo, odamlar dardidan, hududlardagi muammolardan xabardor bolish, ularning yechimi boyicha takliflar bildirish soralmoqda, dedi viloyat partiya tashkiloti yetakchisi. Prezidentimiz ozining har bir chiqishida xalq manfaati himoya etilishida rahbarlarning mas’uliyatini oshirishga jiddiy etibor qaratyapti. Shundan kelib chiqib, biz ham oz ishimizga tanqidiy baho berib, kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etib, elektorat manfaatlarini himoya qilishda yangi mexanizmlar yaratish ustida oylashimiz kerak boladi.

Viloyat partiya tashkiloti yetakchisi aholi vakillari bilan otkazilayotgan uchrashuvlar tafsilotlari haqida gapirar ekan, odamlarning siyosiy ongi osib borayotgani, murojaat va muloqot madaniyati yuksalayotganini etirof etdi...

Shu kabi fikr-mulohazalar plenum kun tartibining asosini tashkil qildi. Unda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taminlashda viloyat partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari oldida turgan dolzarb vazifalar tahliliy-tanqidiy muhokama etildi.

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar har birimizdan, avvalo, yuksak siyosiy bilim va katta masuliyat talab etadi, dedi Mehrojiddin Darxonov. Bugun kechagi kayfiyat bilan ishlashga haqimiz yoq. Hayot bizdan ikki-uch barobar gayrat-shijoat, tashabbuskorlik bilan ishlashni taqazo etmoqda.

Asosiy vazifamiz elektorat manfaatini himoya qilish ekan, biz Jamoatchilik qabulxonalari fuqarolar murojaatlarini hal etishning nihoyatda zamonaviy va tezkor vositasi ekanini hisobga olib, ularni tubdan takomillashtirish choralarini koryapmiz. Qabulxonalarga bolayotgan murojaatlarni tizimli ravishda organish va tahlil etish, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar sabablarini muhokama qilib, qarorlar tayyorlashimiz kerak. Bunda ayniqsa, partiyamizdan saylangan mahalliy Kengashlar deputatlarining masuliyatini va partiya tashkilotlarining ijro hokimiyati organlari hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini kuchaytirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Plenumda takidlanganidek, bugun uzundan-uzoq maruzalar, quruq raqamlar bilan saylovchilar ishonchini oqlab bolmaydi. Ular bugun tinglovchi emas. Shaxsiy fikri, fuqarolik pozitsiyasi, islohotlarga nisbatan hayotiy takliflariga ega. Partiya yetakchisi Harakatlar strategiyasining targiboti boyicha olib boriladigan chora-tadbirlarda sodda, tasirchan usullardan foydalanish, koproq odamlarni tinglash zarurligiga etibor qaratdi.

Joriy yilda partiyamiz Harakat dasturidan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish yuzasidan 76, talim tizimini rivojlantirish, maktabgacha talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilgan 58, kommunal xizmat, yol-transport, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda boshqa sohalarga oid 745 masalani partiya guruhlari, doimiy komissiya va sessiyalarda muhokama qilish belgilangan, dedi OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi orinbosari Alisher Yusupov. Ularning ijrosini taminlashda deputatlik birlashmalari faoliyati deputatlik sorovi hamda deputatlik nazorati institutlaridan samarali foydalanish zarur. Har bir masala yuzasidan tegishli mutaxassislarni togri jalb qilish, qarorlar ijrosini monitoringini olib borish talab etiladi. Asosiysi, muammoning asl sababi, ildizini organish zarur.

Chindan ham, bugungi rahbarlik tushunchasi kechagidan tubdan farq qiladi. Xonada otirib, buyruq berish, hujjatlarga qol qoyish zamoni otdi. Rahbarlik imtiyoz emas, avvalo, masuliyat va burch. Bu haqiqatni deputatlar hamda partiya faollari ham chuqur anglab olishlari lozim.

Kun tartibidagi masalalar boyicha senat azolari, partiya faollari, deputatlar oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Bugun ham doimgidek, qolimizda hisobotlar bilan yigilishga kelganmiz, dedi Oliy Majlis Senati azosi, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Maqsuda Vorisova. Togri, otgan yilda amalga oshirilgan ishlar boyicha korsatkichlarimiz yomon emas. Lekin afsuski, raqamlar real hayotdan farq qiladi. Biz kechagi holatlar bilan bugungi ozgarishlarni qiyoslab, fikr yuritaylik. Huquq hamda vakolatlarimizdan samarali foydalanmay kelganimiz, afsuski, haqiqat. Buning oqibatida, togrisi, ayrim rahbarlar, huquq tartibot idoralarining eshiklari biz deputatlar uchun ham osonlik bilan ochilmasdi. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil siyosat natijasida bu kabi muammolar bartaraf etilmoqda.

Demak, hisobot uchun ishlab, nomigagina tadbir otkazib obro olaman degan har qanday deputat, partiya faoli qattiq yanglishadi. Joylardagi biror bir masalani hal etish uchun odamlarning murojaatini kutib turish shart emas. Bugun chinakamiga odamlar orasiga kirib borishimiz kerak. Chunki odamlarga xizmat qilish bizning vazifamiz, burchimiz.

Hududimiz aholisi vakillari bilan uchrashib, haqiqiy ahvolning guvohi bolyapmiz, deydi Ozbekiston Qahramoni, viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Olim Toychiyev. Yil boshidan buyon 70 dan ortiq murojaat boldi. Ularning aksariyati birgina deputatlik sorovi bilan hal boladigan masalalar edi.

Xalq demokratik partiyasi bizning eng katta ijtimoiy hamkorimiz hisoblanadi. Yil boshidan buyon bandlikka komaklashish boyicha bir qancha amaliy tadbirlar otkazdik, deydi Tadbirkor ayol uyushmasi Toshkent viloyat bolimi rahbari, OzXDP faoli Malika Qodirxonova. Bekobod tumanida otkazilgan seminar-treningda kollejlardan kelgan har bir qatnashchiga grant asosida ishlab chiqilgan amaliy qollanma hamda oquv qurollari tarqatildi. Ohangaron tumanida ham bunday tadbirlar otkazildi. Asosiysi, yoshlar tashabbuskor, intiluvchan. Biz esa ularni qollab-quvvatlashimiz kerak.

Kun tartibidagi masalalar takliflar va mulohazalar asosida atroflicha korib chiqildi. Hududiy partiya tashkilotlari va partiya guruhlari oldida turgan vazifalar belgilab olindi, bu borada tegishli qarorlar qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: