O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.04.2017

ODAMLAR TURMUSH FAROVONLIGINI YANADA YUKSALTIRISHGA XIZMAT QILADIGAN ISTIQBOLLI LOYIHALAR

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatida boldi.

Prezidentimiz viloyatga tashrifining ikkinchi kuni Samarqand shahridagi «Alpomish» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu yerda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar taqdimotlari otkazildi.

Samarqand viloyati ulkan sayyohlik salohiyatiga ega. Turizmni rivojlantirish, sayyohlik xizmati korsatish sifatini oshirish va yonalishlarini kengaytirish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi salohiyatni yanada oshirish va sayyohlar oqimini kopaytirish maqsadida Samarqand shahrida erkin turistik hudud barpo etish boyicha 2017-2019 yillarga moljallangan loyihalar ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalarga kora shaharning Amir Temur kochasida sayyohlik-kongilochar mehmonxona kompleksi, Samarqand eshkak eshish kanali boyida qishki dam olish maskani barpo etish moljallanmoqda.

Davlatimiz rahbariga mazkur yangi sayyohlik markazlarining imkoniyatlari, sayyohlarga korsatiladigan xizmatlar, kongilochar maskanlarda xalqimizning milliy anana va qadriyatlarini namoyish etish boyicha tashkil etiladigan loyihalar haqida malumot berildi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Samarqand viloyatida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tadbirkorlarning erkin faoliyat korsatishini qollab-quvvatlash yuzasidan keng kolamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning shu yil 12 yanvardagi Urgut, Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi farmoni soha uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq Urgut erkin iqtisodiy zonasining Urgut tumanida Urgut-1, Nurobod tumanida Urgut-2 va Pastdargom tumanida Urgut-3 hududlari tashkil etildi. Ushbu hududlar uchun jami 816 gektar yer ajratilib, ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taminlash ishlari boshlab yuborilgan. Bugungi kunda Urgut-1 hududida yengil sanoat, maishiy texnika, tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, charm-poyabzal, kanselariya mollari, qurilish materiallari ishlab chiqarish boyicha loyihalar amalga oshirilmoqda. 2017-2018 yillarga moljallangan 83 loyiha tayyorlangan, ularning 20 tasi joriy yilda ishga tushiriladi. Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi.

Umumiy qiymati 250 million dollarni tashkil etuvchi ushbu loyihalar tijorat banklari krediti va tasischilarning mablaglari hisobidan moliyalashtiriladi. Natijada 5,5 ming yangi ish orni tashkil etiladi.

Prezidentimiz ushbu strategik hududni tashkil etish borasidagi ishlarni tizimli yolga qoyish zarurligini takidladi. Hududga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish, xorijdagi industrial zonalar faoliyatini organish va ilgor tajribalarni amaliyotga tatbiq etish lozimligi, Urgut tumanida muayyan kollejni tanlab, iqtisodiy zonada faoliyat korsatadigan kadrlar tayyorlash, bunday tajribani Qoqon, Gijduvon, Hazorasp erkin iqtisodiy zonalariga ham joriy etish kerakligi qayd etildi.

Tadbirkorlar bilan muloqotda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarni organish va xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Prezidentimiz Samarqand shahrining Dahbed kochasidan Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga olib boruvchi Nurafshon kochasini obodonlashtirish loyihasi bilan tanishdi.

Nurafshon kochasida keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, atrofdagi eski va bugungi kun talablariga javob bermaydigan binolar ornida shaharsozlik talablari asosida zamonaviy turar joylar, ijtimoiy obyektlar quriladi.

Davlatimiz rahbari shaharning Jomiy kochasidagi Yoshlar markazini rekonstruksiya qilish, hayvonot bogi qurish loyihalarini kozdan kechirar ekan, bu boradagi ishlarni aholining fikri va takliflari asosida amalga oshirish, milliy memorlik va zamonaviy arxitektura ananalarini hisobga olish boyicha korsatmalar berdi.

Samarqand shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2017-2018 yillarda sanoat sohasida 125 investitsion loyiha amalga oshiriladi. Oziq-ovqat va yengil sanoat, charm-poyabzal, farmatsevtika, mebel va qogozni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft-kimyo va boshqa sohalarda kozda tutilayotgan loyihalar viloyatni izchil rivojlantirishga, aholining hayot sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Mazkur loyihalarning hayotga tatbiq etilishi 6 ming 300 dan ortiq kishining ishli bolishiga xizmat qiladi.

Viloyatda Ozqurilishmateriallari aksiyadorlik jamiyati tomonidan 163 loyiha amalga oshirilmoqda.

Nurobod tumanida Navoiy metallmash va Xitoyning Gezhouba Group sement Co.LTD korxonalari hamkorligida sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yiliga 2 million tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxonada 530 yangi ish orni yaratiladi.

Pastdargom tumanida quriladigan Samarqand Afrosiyob sement korxonasi foydalanishga topshirilgach, 300 kishi ish bilan taminlanadi. Korxonani 2018 yilda ishga tushirish moljallangan.

Shavkat Mirziyoyev Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududida maishiy texnikalar ishlab chiqarish boyicha loyihalarni kozdan kechirdi.

Ozeltexsanoat aksiyadorlik jamiyati va Ideal Elektro Lyuks masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Turkiyaning Odul kompaniyasi bilan hamkorlikda gaz plitalar, elektr duxovka, kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish boyicha amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati 7 million dollarni tashkil etadi. Tovarlarning malum qismi eksport qilinadi.

Coven Elektro masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yiliga 30 ming dona zamonaviy changyutgich ishlab chiqarish moljallanmoqda.

Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, aholining maishiy texnikalar bilan taminlangani uning turmush darajasining asosiy korsatkichlaridan biri ekanini takidladi. Mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish, Ozbekistonda ishlab chiqarilgan brendini yanada keng ommalashtirish boyicha zarur korsatmalar berildi.

Milliy bank tomonidan farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ham otkazildi. Optima Sobirjon, Perfect Pharma Group masuliyati cheklangan jamiyatlari va Samarkand England eko medical qoshma korxonasida 200 dan ortiq ish orni yaratish moljallangan.

Shu yerda viloyatda sogliqni saqlash tizimini rivojlantirish, sportni yanada ommalashtirish, aholiga maishiy xizmat korsatish borasidagi loyihalar taqdimoti ham otkazildi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib kordi.

Samarqand shahri, Dahbed kochasi, 32-uyda joylashgan ushbu qabulxonada fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni korib chiqish va hal etish uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Prezidentimiz Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqot uchun erkinlik va qulaylik yaratgani, endi asosiy etiborni odamlarni rozi qilishga qaratish zarurligini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chogida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida etibor qaratdi va tramvay liniyalarini barpo etish zarurligini takidladi. Otgan qisqa vaqtda bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shahar kochalarida polat izlar yotqizildi.

Prezidentimiz 15 aprel kuni Samarqand shahrida Temir yol vokzali — Sartepa yonalishi boyicha tramvay qatnovi yolga qoyilishiga bagishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari bir guruh samarqandliklar bilan Tarix muzeyi bekatidan Temir yol vokzali bekatigacha tramvayda birga keldi. Samimiy muloqot chogida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan alohida etibor haqida soz bordi.

Ikki tomonlama qatnovga moljallangan yolda elektr bilan taminlovchi tortta podstansiya va bitta depo qurildi. Temir yol vokzali bilan Sartepa oraligidagi 7,2 kilometrlik yonalishda 8 tramvay harakatlanadi. Samarqand shahrida tortta yonalish boyicha 20 tramvay qatnovi yolga qoyilishi belgilangan.

Shuning bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi. Ushbu tashrif 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturidagi maqsad-vazifalar ijrosining amaliy ifodasi boldi. Tashrif davomida belgilab berilgan keng kolamli vazifalar, muhokama qilingan yirik loyihalar viloyat taraqqiyotini yangi bosqichga kotaradi. Odamlar bilan samimiy muloqotlar viloyat ahliga kuch-quvvat, katta xursandchilik bagishladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: